• Alvohi intiboh” dostoni haqida
  • Alvohi intiboh” (“Ozodlik lavhalari”)
  • Muhammad Hodiyning adabiy merosi




    Download 0.52 Mb.
    bet29/30
    Sana13.04.2022
    Hajmi0.52 Mb.
    #19677
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
    Bog'liq
    1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob”

    Muhammad Hodiyning adabiy merosi: “Nag‘mayi ahbobona”, “Ishqi muhtasham”, “Toza hayot”, “Sado”, “Haqiqat”, “Ittifoq”, “Taraqqiy”, “Saodati zoila”, “Olami musovotdan maktublar”, “Ishqi muhtasham yoki Aflotun sevgisi”, “Shukufayi hikmat”, “Alvohi intiboh yoxud insonlarning tarixiy fojialari” klassik dostoni va boshqalar.
    Alvohi intiboh” dostoni haqida
    Ozarbayjon adabiyotining nodir namunasi hisoblangan bu falsafiy-lirik dostonda bashariyatning qabohati va saodati, ilm rivoji va madaniyatning axloqqa ta’siri, moddiy ne’matlar istifodasi kabi masalalar haqida so‘z yuritilgan. U 1918-1919-yillarda Bokuda yozib tamomlanib, to‘rt kitobcha holida chop etilgan.
    Alvohi intiboh” (“Ozodlik lavhalari”) asari o‘zbek tiliga mashhur shoir Rauf Parfi tomonidan 1997-yilda “Hayot sadolari” nomi bilan ag‘darilgan.
    46 qismdan iborat bu asar dunyoning qora bo‘yoqlaridagi tasviri bilan boshlanadi.Shoir jahonni “qonli ovloq”, insonni esa g‘addor ovchi, jallod deb biladi:
    Hayotning saslari qoshimda ko‘p faryod shaklinda,
    Bu insonlarki qardoshdir va lekin yot shaklinda,
    Bu tuproq qonli ovloqdir, bashar sayyod shaklinda,
    Adovat doimo border muhabbat ot shaklinda,
    Bu dunyo eskidandir sahnayi bedod shaklinda.
    Shoir nazdida tarix qon ila yozilgan kitobdir. Hodiy dostonda tarixga murojaat etadi: Qobilning o‘z inisi Hobilni o‘ldirgani, Odam Ato doim g‘amgin, Momo havo hamisha ma’yus yashagani, Yoqub o‘g‘li Yusuf hasratida adoqsiz ko‘z yosh to‘kkani, Misrda fir’avnlar fitna uyushtirishganini eslaydi.
    Muhammad Hodiyning tuyg‘ulari shu qadar samimy va yoqimliki, u she’r yozayotgan shoirga emas, balki dardini aytib, yuragini bo‘shatayotgan dardmanga o‘xshaydi. Buning mohiyatini tushunish uchun kishi muallif ruhiga kirishi, o‘sha ruhiyatni ko‘nglidan kechira olishi kerak bo‘ladi. Kitobxon shoir nima demoqchi ekanini shundagina anglaydi.

    Download 0.52 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




    Download 0.52 Mb.