|
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti magistratura bo
|
bet | 1/3 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 70,5 Kb. | | #148363 |
Bog'liq Asosnoma Quraqov S.A.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX
DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BOʻLIMI
Quraqov Sardor Abdurahmon o’g’li
Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishda “Google clasroom” platformasidagi virtual sinf imkoniyatlaridan foydalanish (Veb dizayn fani misolida)
70110602- Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi
Magistr darajasini olish uchun yoziladigan dissertatsiya
A S O S N O M A S I
Ilmiy rahbar:
Phd. Abdug’aniyev Bekzod Burxon o’g’li
Jizzax-2023
Magistrlik dissertatsiya ishi mavzusini tanlash boʼyicha
АSOSNOMА
Tadqiqotchining F.I.Sh.: Quraqov Sardor Abdurahmon o’g’li
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi: Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishda “Google clasroom” platformasidagi virtual sinf imkoniyatlaridan foydalanish (Veb dizayn fani misolida)
Ixtisoslik shifri va nomi: 70110602- Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmogʼi: professional ta’lim, ta’limda axborot texnologiyalari, informatika oʻqitish metodikasi
Ilmiy maslahatchining familiyasi, ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Phd. Abdug’aniyev Bekzod Burxon o’g’li
Mavzuning dolzarbligi: Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning koʻpgina chiqishlarida va boʻlajak kadrlar salohiyati haqida gapiranlarida alohida urg‘u berib: "Bugun O‘zbekiston barcha sohalarda o‘zini namoyon qilmoqda. Axborot texnologiyalariga o‘z vaqtida e’tibor qaratilayotganimiz yaxshi samaralar bermoqda. Bitta dasturiy mahsulot allaqachon davlatga, korrupsiya, byurokratiyaga barham berish, odamlarga qulayliklar yaratishga katta yordam bo‘lmoqda. Sizning ishingiz juda muhim ekanligini unutmang" - degan da'vatlari boʻlajak IT-mutaxassislari oldiga aniq vazifalar qo`yadi.
Axbort-kommunikatsiyalari sohasining yetuk mutaxassislari hozirgi paytda dunyoda tan olingan eng kerakli kasb vakillari boʻlib kelishmoqda.
Aynan axborot-texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanib kelajakda nafaqat yetuk IT-soha vakillarini balki boshqa kasblarga moyilligi mavjud yosh avlod vakillariga qiziqislari va qobiliyatlaridan kelib chiqib oʻz sohalarini adashmasdan tanlashda yordam berishdir.
|
| |