Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot




Download 1,26 Mb.
bet67/123
Sana13.05.2024
Hajmi1,26 Mb.
#229021
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

Korxona va







O’rtacha




tashkilotlar

Xodimlar soni,

Ish haqi fondi,

oylik ish




ъоп i.







haqi,




biriik

ming kishi

mlrd. so m

ming so’m




Respublika bo’yicha - jami

55 294

2 580,8

45 005,4

1 453,2

stiu jumladan:

Sanoat

61 9

479,6

1 2 038,4

2 091 ,7

Qurilish

31 О

59,6

1 294,2

1 808,4

Savdo

476

59,0

1 168,0

1 650,7

Tashishva saqlash

21 5

1 14,4

2 670,7

1 945,8

Yashash va ovqatlanish bo’yicha

161

7,4

91,5

1 035,3

xizm atlar













Axborot va aloqa

234

28,5

855,5

2 498,5

Moliyaviy va sug’urta faoliyati

139

64,9

2 097,7

2 694,1

Ta’li m

1 9 034

982,1

13 671,6

1 160,1

Sog’liqni saqlash va ijtimoiy

1 420

420,4

4 948,2

980,8

xizm atlar ко rsatish













San’at ko’ngil ochish
















2 111

27,3

448,6

1 367,0

va dam olish













Boshqa faoliyat turlari

30 575

337,6

5 021,6

1 239,4

Xodimlar soni deganda korxonada band bo'lgan barcha ishchi va xizmatchilarning umumiy soni tushuniladi2. Bu ikki ko'rinishda bo'ladi:

  1. Ro'yxatdagi xodimlar soni.

  2. Ishga kelgan xodimlar soni.

Ro'yxatdagi xodimlar soni deganda korxona ro‘yxatiga kiritilgan doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlaydigan hamda shu korxonadan maosh oladigan barcha xodimlar tushuniladi.
Amaliyotda, ayniqsa, taxlil qilishda o'rtacha ruyxatdagi xodimlar soni degan ko‘rsatkich ham ishlatiladi. Bu bir oyga, bir chorakka, yarim yilga, to‘qqiz oyga va bir yilga hisoblanishi mumkin.
Ishga kelgan xodimlar soni bir taqvim kunida faqat ishga kelgan xodimlardan iboratdir.
Mutaxassislik insonda ma’lum bir turdagi ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar majmuasining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Masalan, iqtisodchi, buxgalter, moliyachi yoki texnik tilda - mexanik, quruvchi, energetik, geolog va boshqalar. Ishchilarning bilim va qobiliyatlariga bo‘lgan talab Yagona tarif-malakaviy ma’lumotnomasida (YATMM) va xizmatchilarga esa lavozimlar malakasi ma’lumotnomada aks ettirilgan. Bu hujjatlar asosida korxonalar ishchi va xizmatchilar tariflariga o‘zgartirishlar kiritadilar.
Kasb - faoliyatning maxsus va tor ko‘rinishdagi turi bo‘lib, mutaxassislik kabi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talab qilsada, mutaxssislikdan farqli ravishda
1 Manba: O'zbekiston Respublikasining statistika qo'mitasi / www.stat.uz
2Abdukarimov I.T. va boshqalar. Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili. - T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2015, - 256 b.
ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha ko‘nikmalarni ham talab qiladi.
Malaka deganda biron-bir kasb yoki mutaxassilik bo‘yicha murakkab ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat ko‘nikmalari va bilimlar darajasi tushuniladi. Ishchilar malakasi darajasini baholashda o‘rtacha tarif koeffitsienti va o‘rtacha tarif razryadi hisoblanadi. Tarif razryadlari va koeffitsientlari bir vaqtning o‘zida bajarilayotgan ishlar murakkabligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.

    1. Mehnat salohiyatidan foydalanish ko‘rsatkichlari tizimi
      va aniqlash yo‘llari


Mehnat salohiyatini baholash va tahlil qilish uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiy jihatdan turli guruhlarga mansub, chunki mehnat salohiyatining u yoki bu jihatlarini ifodalaydi.
Sanoat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo'yicha amalga oshirilgan choralar natijasida sanoatda band bo'lgan 1 kishiga mehnat unumdorligi 2017 yil yanvar-dekabr oylarida o'tgan yilga nisbatan 5,6foiz ga ko'payishi ta’minladi. shu bilan birga, respublikada o'rtacha ko’rsatkichidan (68690,2 ming so'm) mehnat unumdorligi ko’proq ekanligi Toshkent shahrida (122498,6 ming so'm), Sirdaryo (100165,8 ming so'm), Qashqadaryo (99299,1 ming so'm), Navoiy (94884,4 ming so'm) viloyatlarida va Qoraqalpog'iston Respublikasida (81524,6 ming so'm) kuzatildi.

8.2-rasm. 2017 yil yanvar-dekabr oylarida sanoatda mehnat unumdorligi (sanoatda band bo'lgan 1 kishiga ming so'm)1
Mehnat salohiyatini ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlar iqtisodiy mazmunga qarab uch guruhga bo‘linadi:
mehnat salohiyati holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar.


  1. Manba: O'zbekiston Respublikasining statistika qo'mitasi / www.stat.uz

128

  • mehnat salohiyati bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar.

  • mehnat salohiyati samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar.

Mehnat salohiyati holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga quydagilarni kiritish mumkin:

  1. Mehnat salohiyatining o‘rtacha soni.

  2. mehnat salohiyatining tarkibi.

  3. mehnat salohiyatiing oboroti.

  4. mehnat salohiyatining qo‘nimsizligi.

  5. mehnat salohiyatining turg‘unligi.

Mehnat salohiyatining o‘rtacha soni tahlil qilinayotgan hisobot davrida aniqlanadi. Buni hisoblash uchun mehnat salohiyatining davr boshidagi (Ms.db) va oxiridagi (Ms.do) soni qo‘shilib, ikkiga bo‘linadi:
Ms= (Ms.db + Ms.do)/2
Mehnat salohiyati tarkibini tahlil qilganda xodimlarni alohida kategoriyalari bo‘yicha aniqlash lozim. Masalan, umumiy mehnat salohiyatida oliy ma’lumotli xodimlar (Omx) ulushini yoki o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlar (O‘mx) ulushi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Ms.t = O‘mx/ Ms
Ms.t = Omx / Ms
Bulardan tashqari, umumiy mehnat salohiyatida boshqaruv xodimlari ulushi, muhandis-texnik xodimlar ulushi kabi ko‘rsatkichlarni ham aniqlash mumkin.
Ms.t = Msi/Ms
bunda:Msi- mehnat salohiyatining alohida guruhlari.
Mehnat salohiyati oborotini tahlil qilish ham hozirgi davrda katta ahamiyatga ega. ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun barcha ishga qabul qilingan xodimlarga (Ms.q) ishdan bo‘shatilgan xodimlarni (Ms.b) qo‘shib, umumiy mehnat salohiyati soniga bo‘lamiz.
Ms.ob = (Ms.q+Ms.b) / Ms.
Ushbu ko‘rsatkichni alohida ishga qabul qilingan va ishdan bo‘shatilgan xodimlar bo‘yicha ham aniqlash mumkin:
Ms.obk = Ms.q / Ms ; Ms.ob.b = Ms.b / Ms
Mehnat salohiyatining ko‘nimsizligi umumiy mehnat salohiyatida salbiy oqibatlar natijasida ishdan bo‘shatilgan xodimlarning ulushini ifodalaydi. Salbiy sabablar bilan ishdan bo‘shaganlar tarkibiga o‘z arizasi bilan bo‘shaganlar ham kiradi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Ms.kun = Ms.salb / Ms.
Mehnat salohiyatining turg‘unligi ham uning holatini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Buni shu korxonada (firmada, kompaniyada) uch yildan ortiq ishlagan xodimlar sonini ((Ms 3 yildan ko‘p ishlaganlar) mehnat salohiyatining umumiy miqoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin:
Ms.tur = Ms 3 yildan ortik ishlaganlar / Ms.
Mehnat salohiyati bilan ta’minlanganlikni ifodalash uchun quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:

  • Mehnat salohiyati bilan shtat jadvalining ta’minlanganligi.

  • mehnat salohiyati sig'imi.

  • mehnat salohiyatining qurollanganligi.

  • aylanma mablag‘larning mehnat salohiyati bilan ta’minlanganligi.

Mehnat salohiyati bilan shtat jadvalining ta’minlanganligini (Ms.shj.t) aniqlash uchun bir qancha hisob- kitoblar qilish mumkin. Eng avvalo bu bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichni aniqlash lozim. Buning uchun mehnat salohiyatiining haqiqiy miqdori (Ms.x) uning shtat jadvalidagi miqdoriga (Ms.shj) bo‘linadi:
Ms.shj.t= Ms.x/Ms.shj.
Mehnat salohiyatining sig‘imi (Ms.sg‘) ham ushbu guruhga kiruvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri. Uning aniqlash uchun mehnat salohiyati miqdorini (Ms) yaratilgan (sotilgan) mahsulot (ish, xizmat) hajmining (Q) miqdoriga bo‘linadi:
Ms.sg‘= Ms/Q
Mehnat salohiyatining qurollanganligi yoki asosiy vositalar faol qismining mehnat salohiyati bilan ta’minlanganligi ni aniqlash uchun asosiy vositalarning faol qismi (Av.f) mehnat salohiyati miqdoriga (Ms) bo‘linadi yoki teskarisi:
Ms.qur= Av.f/Ms yoki Ms.t= Ms/Av.f.

Download 1,26 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123




Download 1,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot

Download 1,26 Mb.