• Mehnatga haq to‘lashning funksiyalari va tamoyillari
  • Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash




    Download 1,26 Mb.
    bet69/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

    Sanoatda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning bilim va ilm darajasini ko‘tarish, kasb mahorati va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoq va korxonalarda bu borada olib borilgan faoliyat natijalariga ko‘ra, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.
    Sanoatda kadrlar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

    • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;

    • yuqori malakali o‘kituvchi - mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to‘ldirib borishni ta’minlash;

    • kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitini shakllantirish va samarali faoliyat olib borishni ta’minlovchi normativ bazasini yaratish;

    • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditakiyasidan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

    • iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-extiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni ildam kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashish;

    • professional treningning ilg‘or texnologiya va uskunalarini, shuningdek, murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o‘zlashtirib olish.

    Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida halqaro hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi.

      1. Mehnatga haq to‘lashning funksiyalari va tamoyillari

    Mehnat har bir shaxs va umuman, jamiyat ehtiyojlarini kondirish uchun zarur bo‘ladigan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish sohasidagi maqsadga muvofiq faoliyatdir.
    Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2017 yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasida o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 453,2 ming so’mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to’lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig’i, ijtimoiy sug’urta va kasaba uyushmasiga to’lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 12,3 foiz ga o’sgan.


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

    Download 1,26 Mb.