|
Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot
|
bet | 77/123 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #229021 |
Bog'liq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa00012 000
|
8 000
|
2-yil oxirida
|
10 000
|
30 000
|
3 000
|
5 000
|
5 000
|
3 -yil oxirida
|
10 000
|
10 000
|
1 000
|
6 000
|
4 000
|
4 -yil oxirida
|
10 000
|
20 000
|
2 000
|
8 000
|
2 000
|
5 -yil oxirida
|
10 000
|
10 000
|
1 000
|
9 000
|
1 000
|
Jadallashtirilgan usulda amortizatsiya hisoblash. Asosiy vositalardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida asosiy vositalar amortizatsiyasi quyidagi usullarda hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo‘li bilan ifodalanadi:
ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli amortizatsiyani hisoblash davrida amortizatsiyalanadigan aktiv qiymatining kamayishini anglatadi.
Mazkur usulga ko‘ra teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi asosiy vositalar ob’ektining qoldiq qiymatidan va mazkur ob’ektni foydali ishlatish muddatiga bog‘liq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Misol. Yuk avtomobilining foydali xizmat muddati 5 yil.
Qiymatni bir tekisda taqsimlash (to‘g‘ri chiziqli) usulda hisoblangan
amortizatsiya me’yori 20foiz (100foiz / 5).
Ikki baravar stavka bilan qoldiqni kamaytirish usulida amortizatsiya normasi 40foizga teng bo‘ladi (2 x20foiz).
So‘ngra bu stavka har yilning oxirida ob’ektning balans qiymatiga ko‘paytirilib amortizatsiya summasi topiladi. Bu usulda amortizatsiya hisoblashda ob’ektning qoldiq qiymati hisoblashda e’tiborga olinmaydi. Ammo, oxirgi yilda uning balans qiymatini qoldiq qiymatigacha yetkazish davrida hisobga olinadi.
9.2-jadval
Amortizatsiya hisoblashning qoldiqni kamaytirish usuli (ming so’mda).
|
Boshlang‘ic h qiymat
|
Yillik amortizatsiya summasi
|
Amortizatsiya summasi
|
Balans
qiymati
|
Sotib olish sanasi
|
10 000
|
-
|
-
|
10 000
|
1-yil oxirida
|
10 000
|
(40foiz x 10 000) = 4 000
|
4 000
|
6 000
|
2-yil oxirida
|
10 000
|
(40foiz x 6 000) = 2 400
|
6 400
|
3 600
|
3 -yil oxirida
|
10 000
|
(40foiz x 3 600) = 1 440
|
7 840
|
2 160
|
4 -yil oxirida
|
10 000
|
(40foiz x 2 160) = 864
|
8 704
|
1 296
|
5 -yil oxirida
|
10 000
|
296
|
9 000
|
1 000
|
yillar summasi usuli (kumulyativ usul).
Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) ko‘ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar ob’ektining tugatish qiymati ayirilgan holda boshlang‘ich
(tiklash) qiymatidan hamda suratida ob’ektni foydali ishlatish muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa - ob’ektni foydali ishlatish muddati yillari soni summasining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Masalan, yuk avtomobilining kutilayotgan xizmat ko‘rsatish muddati 5 yilga teng. Ekspluatatsiya muddatida yil sonlari yig‘indisi - 15 ga teng (kumulyativ son):
+ 2 + 3 + 4 + 5 = 15
So‘ngra teskari tartibda har bir xizmat yilini kumulyativ songa bo‘lish orqali hisoblash koeffitsentlari topiladi:
5/15, 4/15, 3/15, 2/15, 1/15.
Bu koeffitsentlarni ob’ektning har yillik qoldiq qiymatiga bo‘lish orqali amortizatsiya summasi topiladi: 9 000 000 (10 000 000 - 1 000 000).
9.3-jadval
Amortizatsiya hisoblashning sonlar yig‘indisi-kumulyativ usul, (ming so’mda)
|
Boshlang’ic h qiymat
|
Yillik amortizatsiya summasi
|
Amortizatsiya summasi
|
Balans qiymati
|
Sotib olish sanasi
|
10 000
|
-
|
-
|
10 000
|
1-yil oxirida
|
10 000
|
(5/15 x 9 000) = 3 000
|
3 000
|
7 000
|
2-yil oxirida
|
10 000
|
(4/15 x 9 000) = 2 400
|
5 400
|
4 600
|
3 -yil oxirida
|
10 000
|
(3/15 x 9 000) = 1 800
|
7 200
|
2 800
|
4 -yil oxirida
|
10 000
|
(2/15 x 9 000) = 1 200
|
8 400
|
1 600
|
5 -yil oxirida
|
10 000
|
(1/15 x 9 000) = 600
|
9 000
|
1 000
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, birinchi yilda amortizatsiya summasining eng katta qismi hisoblanadi va keyingi yillarda bu miqdor kamayib borish xususiyatiga ega.
Soliq solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida (144- modda) har yillik amortizatsiya me’yorlari xarajatlarga teng maromda hisobdan chiqariladigan asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda belgilangan (9.4-jadval).
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar asta-sekinlik bilan eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta’mirlash orqali tiklash zaruriyati tug‘iladi. O‘z vaqtida ta’mirlash asosiy vositalar muddatidan oldin ishdan chiqishining oldini oladi hamda ularning xizmat qilish muddati va unumdorligini oshiradi. Asosiy vositalarni ta’mirlash kapital, o‘rta va joriy turlarga bo‘linadi. Bino va inshootlarni ta’mirlash o‘z mazmuni, talab qilinuvchi muddat va mablag‘larga ko‘ra, mashina va uskunalarni ta’mirlashdan farq qiladi.
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash - agregatni to‘liq ajratib yig‘ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinab ko‘rishdir.
9.4-jadval
Asosiy vositalarning amortizatsiya me’yorlari
Guruhlar tartib raqami
|
Asosiy vositalarning nomi
|
Amortizatsiyaning yillik eng yuqori normasi, foizlarda
|
I
|
Binolar, imoratlar va inshootlar
|
|
|
Binolar, imoratlar
|
3
|
|
Neft va gaz quduqlari; Neft-gaz omborlari; Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari; Dambalar, to’g’onlar; Daryo va dengiz prichal inshootlari; Korxonalarning temir yo’llari; Qirg’oqni mustahkamlovchi, qirg’oqni himoyalovchi inshootlar; Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sig’imlar; Yopiq kollektor-drenaj tarmog’i; Havo kemalarining uchish-qo’nish yo’llari, yo’laklari, to’xtash joylari; Bog’larning va hayvonot bog’larining inshootlari; Sport-sog’lomlashtirish inshootlari; Issiqxonalar va parniklar; Boshqa inshootlar.
|
5
|
II
|
Uzatish qurilmalari: Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari; Ichki gaz quvurlari va quvurlar; Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari; Magistral quvurlar; Boshqalar.
|
8
|
III
|
Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar: Issiqlik texnika uskunalari; Turbina uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari; Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar; Kompleks qurilmalar; Boshqa kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari).
|
8
|
IV
|
Faoliyat turlari bo’yicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
|
15
|
|
|
| |