Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot




Download 1,26 Mb.
bet73/123
Sana13.05.2024
Hajmi1,26 Mb.
#229021
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

qiymat bo‘yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo‘lib, asosiy vositalar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan-ularni keltirish, o‘rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang’ich qiymati - bu, korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma’lum bir sanada sotib olgan va bu haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir.
Haq evaziga sotib olingan asosiy vositalar ob’ektining boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:

  1. aktivlarni yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to‘lanadigan summalar;

  2. asosiy vositalar ob’ektiga doir huquqni sotib olish (olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;

v) bojxona bojlari va yig‘imlari;

  1. asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);

  2. asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo qilish) bilan bog‘liq axboriy va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar;

  3. asosiy vositalar ob’ektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;

j) asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to‘lanadigan haqlar;
z) asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
i) aktivdan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarzga olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi.
Korxonaning o‘zida tayyorlangan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb asosiy vositalarning mazkur ob’ektlarini tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo‘yicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi.
Tiklanish qiymati bo’yicha - asosiy vositalar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli ob’ektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko‘rsatadi. Korxona asosiy vositalarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizatsiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy vositalarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar qiymatini qayta baholash har yili 1 yanvar holati bo‘yicha qayta baholashni o‘tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o‘tkaziladi.
Qayta baholash chog‘ida asosiy vositalarning to‘liq tiklanish qiymati, ya’ni ular xuddi shunday yangi ob’ektlarga to‘liq almashtirilgan taqdirda tashkilot amalga oshirishi kerak bo‘lgan xarajatlarning to‘liq qiymati qayta baholash sanasida mavjud bo‘lgan bozor narxlari (tariflari) bo‘yicha aniqlanadi, bunga ob’ektlarni xarid qilish (qurilish), tashish, o‘rnatish (montaj qilish) xarajatlari, import qilinadigan ob’ektlar uchun esa. Shuningdek. bojxona to‘lovlari va hokazolar kiritiladi.
Ma’nan eskirgan ob’ektlarning to‘liq tiklanish qiymati shuningdek, ob’ektlarning ma’nan eskirishi tegishli narxlar (tariflar)ning o‘zgarish darajalari va sur’atlarida aks etishidan kelib chiqib, qayta hisoblash sanasida mavjud bo‘lgan narxlar (tariflar) bo‘yicha ularni tayyorlashga doir mavjud xarajatlar asosida aniqlanadi.
Tashkilotlar mulkida, ularning xo‘jalik yuritishida, tezkor boshqaruvida va uzoq muddatli ijarada (lizingda) bo‘lgan, ularning texnik holatidan qat’i nazar, ishlab turgan va foydalanilmaydigan, konservatsiyada bo‘lgan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin belgilangan tartibda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan barcha asosiy vositalar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlari va o‘rnatish uchun mo‘ljallangan uskunalar qayta baholanishi kerak.
1 yanvar holati bo‘yicha asosiy vositalarni har yili qayta baholash oldingi qayta baholash natijasida olingan ob’ektlarning boshlang‘ich (tiklanish) qiymatidan, yil davomida kelib tushgan asosiy vositalar bo‘yicha esa - xarid qilish qiymatidan amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarning to‘liq tiklanish qiymati tashkilotning xohishiga qarab qayta baholashni o‘tkazish davrida 1 yanvarga shakllangan, baholanayotganlariga aynan o‘xshash bo‘lgan yangi ob’ektlarga hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha alohida ob’ektlar qiymatini bevosita hisoblash yo‘li (“bevosita qayta baholash usuli”) bilan yoki asosiy vositalar turlari bo‘yicha va ularni xarid qilish davrlariga bog‘liqlikda tabaqalangan asosiy vositalar qiymatini o‘zgartirish indekslarini qo‘llagan holda ayrim ob’ektlarning boshlang‘ich (tiklanish) qiymatini indekslash yo‘li (“indeks usuli”) bilan aniqlanadi.
Bunda asosiy vositalarning bir turdagi ob’ektlari (markalari, xillari va hokazo) bo‘yicha yagona usul qo‘llaniladi.
Qayta baholashni tashkilot mustaqil ravishda yoki baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan mutaxassislar - ekspertlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Bevosita qayta baholash usuli qo‘llanilganda ob’ektlarning to‘liq tiklanish qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun tashkilotning xohishiga ko‘ra 142
quyidagilardan foydalanilishi mumkin:

  1. tayyorlovchi tashkilotlar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-xom ashyo birjalari, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  2. qayta baholashni o‘tkazish sanasiga va asosiy vositalarni xarid qilish sanasiga MB kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda xarid qilish sanasiga EAVda asosiy vositalarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  1. tegishli davlat organlarida mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

g) qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) asosiy vositalar qiymati to‘g‘risida baholovchining hisoboti.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan asosiy vositalarni qayta baholash chog‘ida indeks usulini qo‘llash uchun 31 dekabrga qadar navbatdagi qayta baholash bo‘yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va rasmiy ravishda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Qoldiq qiymati bo‘yicha - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy vositalarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o‘tkazilmagan qismidir. Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki sotib yuborish mo‘ljallangan asosiy vositalar ham, ko‘pincha qoldiq qiymati bo‘yicha, mazkur xo‘jalik yilidagi narxlarda baholanadi.
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan asosiy vositaning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi;
Foydali xizmat muddati - korxona asosiy vositadan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona undan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori;
Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya’ni, boshlang‘ich, belgilangan tartibda o‘tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash yordamida topish mumkinligi anglashaladi.
Qabul qilingan baholash usuli va korxona balansida aks ettiriluvchi buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida, korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati (Fsr) belgilanib, u quyidagi formula asosida aniqlanadi:

Download 1,26 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123




Download 1,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot

Download 1,26 Mb.