• Harakatlanuvchan transport
  • Sanoat korxonalari asosiy vositalarining xolati va ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari
  • V Harakatlanuvchan transport




    Download 1,26 Mb.
    bet78/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    V

    Harakatlanuvchan transport: Temir yo’lning harakatdagi tarkibi; Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari; Havo transporti;

    4




    Harakatlanuvchan transport: Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti; Yyengil avtomobillar; Sanoat traktorlari.

    20




    Harakatlanuvchan transport: Kommunal transport; Maxsus vaxta vagonlari.

    10




    Harakatlanuvchan transport: Boshqa transport vositalari

    20

    VI

    Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari

    20

    VII

    Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar







    Ko‘p yillik dov-daraxtlar

    10




    Boshqalar

    15


    Binolar va inshootlarni kapital ta’mirlash - bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
    Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi muddat ta’mirlash sikli deb
    149
    ataladi. Mashina va uskunalar, qoidaga ko‘ra, maxsus zavodlarda ta’mirlanadi.
    O‘rtacha ta’mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish hajmi va davriyligiga ko‘ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi mablag‘, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab etadi. Joriy ta’mirlash kabi u ham mashina yoki uskunadan foydalanuvchi korxonaning o‘zida amalga oshirilishi mumkin. O‘rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
    Joriy ta’mirlash - asosiy vositalar ob’ektini ishchi holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.
    Joriy ta’mirlashda asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya’ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi.
    Asosiy vositalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish majmuasi rejali-oldini oluvchi ta’mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o‘tkazilishini qayd qilish jurnallari mavjud bo‘lib, ularda profilaktika va ta’mirlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi va grafigi belgilab qo‘yiladi.
    Ta’mirlash ishlari tufayli korxona asosiy vositalarning joriy ekspluatatsiyaga tayyorligini ta’minlaydi. Biroq shu bilan bir qatorda korxona asosiy vositalarni yaratish, foydalanish, amortizatsiya, qayta tiklash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi takror ishlab chiqarish amallarini doimiy ravishda bajarishga intilishi lozim.
    Takror ishlab chiqarish siklida asosiy vositalarni yaratish jarayoni korxonadan tashqarida amalga oshiriladi hamda asosan qurilish sohasi, mashinasozlik, asbobsozlik hamda asosiy vositalarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi boshqa sohalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Asosiy vositalarni takror ishlab chiqarishning qolgan bosqichlari korxona hududida amalga oshiriladi. Biroq barcha hollarda ham asosiy vositalarni takror ishlab chiqarish tufayli korxonalar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy va texnik barqarorlikka erishishlarini ta’minlaydi.

      1. Sanoat korxonalari asosiy vositalarining xolati
        va ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari


    Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar iqtisodiy salohiyat ko‘rsatkichlari ichida ma’lum darajada o‘z o‘rniga ega. Ushbu vositalarga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ancha mablag‘i jalb qilingan bo‘ladi. Mazkur mablag‘larning qaytimi asosiy vositalardan samarali foydalanish evaziga amalga oshiriladi44.
    Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni uch guruhga bo‘linadi: asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi
    ko‘rsatkichlar. Ularni aniqlash yo‘llari quyida jadvalda keltirilgan ( 8-jadval)

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   123




    Download 1,26 Mb.