• Aym.Ms= Ms/Aym.
  • Mehnat salohiyatining natijaviyligi
  • Ms.n=Q/Ms. Buni boshqacha so‘z bilan mehnat unumdorligi deb ham atash mumkin.. Mehnat salohiyatining rentabelligi
  • Ms.r=F/Ms. Mehnat salohiyatining daromadliligi
  • kasbiy
  • Aylanma mablag‘larning mehnat salohiyati bilan ta’minlanganligi




    Download 1,26 Mb.
    bet68/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Aylanma mablag‘larning mehnat salohiyati bilan ta’minlanganligi (Aym.Ms) ham mehnat salohiyatini tahlil qilishda va boshqa ko‘rsatkichlar o‘zganishiga shu bilan bog‘liq omillarning ta’sirini aniqlashda qo‘llaniladi. Buni aniqlash uchun mehnat salohiyati miqdorini (Ms) aylanma mablag‘lar hajmiga (Aym) bo‘lish lozim:
    Aym.Ms= Ms/Aym.
    Mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:

    • mehnat salohiyatining natijaviyligi;

    • mehnat salohiyatining rentabelligi;

    • mehnat salohiyatining daromadliligi.

    Ushbu ko‘rsatkichlarning har birini aniqlash yo‘llarini alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
    Mehnat salohiyatining natijaviyligi (Ms.n) natijaning mehnat salohiyatiga nisbati bilan aniqlanadi.
    Agar natijani «Q» deb belgilasak, uning mehnat salohiyatiga (Ms) nisbati, ya’ni mehnat salohiyatining natijaviyligi quyidagicha aniqlanadi:
    Ms.n=Q/Ms.
    Buni boshqacha so‘z bilan mehnat unumdorligi deb ham atash mumkin..
    Mehnat salohiyatining rentabelligi (Ms.r) har bir mehnat salohiyati birligiga to‘g‘ri keladigan foyda (F) miqdorini ifodalaydi. Uni aniqlash uchun foyda summasining mehnat salohiyatiga (Ms) nisbati olinadi:
    Ms.r=F/Ms.
    Mehnat salohiyatining daromadliligi (Ms.d) ham uning samaradorligini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Uni aniqlash uchun yalpi daromad summasini (D) mehnat salohiyati miqdoriga (Ms) bo‘linadi:
    Ms.d=D/Ms.

      1. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish

    Kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, ulardan oqilona foydalanish va tarbiyalash masalasi kadrlar siyosatining, umumiy iqtisodiyotning, shu jumladan, makro va mikroiqtisodiyotning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
    Kadrlarni tanlashda, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalashda, ulardan foydalanish quyidagi tamoyillarga alohida e’tibor berish kerak:

    • aql-idrok, did va farosat;

    • qat’iylik, matonatlilik, prinsipiallik, o‘z vazifasiga puxtalik;

    • rahbarlik sohasini juda yaxshi bilish;

    • o‘z eliga, yurtiga, Vataniga sadoqatli bo‘lish.

    Kadrlar siyosatining eng muhim masalalaridan biri ularni attestatsiya qilish masalasidir.
    Kadrlar attestatsiyasi bu, xodimlarning malakasini bilim va ko‘nikmalari darajasini, faoliyatining samaradorligini, ishdagi, xizmatdagi va boshqa sohalardagi fazilatlari, egallab turgan lavozimiga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini aniqlab olish bo‘yicha bajariladigan jarayon va ish tartibidir.
    Kadrlar attestatsiyasi xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash, ularni oqilona joy- joyiga qo‘yish, xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarligini kuchaytirishga qaratiladi. Attestatsiya xodimlar egallab tutgan lavozimlariga qanchalik munosib ekanligini aniqlaishing asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi.
    Respublikada bozor iqtisodiyoti davrida kadrlar tayyorlash borasida bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari quyidagilardir:

    • ijtimoiy-psixologik diagnostika;

    • kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash;

    • bandlikni boshqarish;

    • zaruriy bo‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlash;

    • kadrlar salohiyati va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni taxlil etish;

    • kadrlar marketingini belgilash;

    • xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat kilish;

    • xodimlarning kasbiy va psixologik moslashuvi, ko‘nikishi:

    -mehnat-huquqiy munosabatlar masalalari;

    • mehnat etikasi va estetikasi.

    Boshqaruvning barcha darajalarida inson rolining ortib borishi, iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda keng qamrovli tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi va raqobat darajasining o‘sishi kadrlarni boshqarishga yondashuvni o‘zgartirishni taqozo etadi. Bunday yondashuvlar quyidagilardan iborat:

    • xodimlarning samarali ishlashlarini, faoliyat ko‘rsatishlarini tashkil etish;

    • lavozimlar darajasini optimallashtirish, zaruriy mahorat va malakalar tizimini yaratish;

    • ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;

    • instituksional maqsadlarga erishish;

    • o‘z jamoasi va xodimlarining manfaat va ehtiyojlarini to’laroq qondirish.


      1. Download 1,26 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aylanma mablag‘larning mehnat salohiyati bilan ta’minlanganligi

    Download 1,26 Mb.