• Kalit sozlar
  • ADABIYOTLAR
  • Abdusattorova ruxshona alisher qizi




    Download 24,05 Kb.
    Sana14.05.2024
    Hajmi24,05 Kb.
    #232411
    Bog'liq
    falsafa


    Rahbar shaxsida professional qobiliyatlarni shakllantirishning ijtimoiy tizimi

    ABDUSATTOROVA RUXSHONA ALISHER qizi


    104-FT-23 GURUHI TALABASI

    Annotatsiya:Ushbu maqolada rahbar shaxsi va unga qo'yiladigan talablar haqida yoritilgan. Rahbar faol boʻlmasa, jamiyatda ijtimoiy faollik shakllanmaydi. Kattami, kichikmi, qanday mansabda boʻlishidan qatʼi nazar, har bir rahbar oldida “oʻz ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim, qanday fazilatlarga ega boʻlishim kerak?”degan savol hamisha koʻndalang turadi.
    Abstract: This article describes the leader and the requirements for him. If the leader is not active, social activity will not be formed in the society. Regardless of whether he is senior, junior, or in any position, the question "what should I know and what qualities should I have in order to approach my work at the required level?" is always in front of every manager.
    Аннотация: В данной статье описывается руководитель и требования к нему. Если лидер неактивен, в обществе не будет формироваться социальная активность. Независимо от того, старший он, младший или занимает какую-либо должность, вопрос «что я должен знать и какими качествами должен обладать, чтобы подходить к своей работе на должном уровне?» всегда стоит перед каждым руководителем.
    Kalit so'zlar:Faol rahbar,psixologik xususiyatlar, pirovard maqsad, individual, zamonaviy rahbar.
    Key words: active leader, psychological characteristics, ultimate goal, individual, modern leader.
    Ключевые слова: активный лидер, психологические характеристики, конечная цель, личность, современный лидер.
    Kirish. Bugungi kun yoshlari o’ziga xos bo’lgan dunyo qarashini ham ajratib ko’rsatish lozim. Bu dunyoqarash ularni atrof -muhitga, tabiatdagi va jamiyatdagi hodisalarga qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bu esa kasb tanlovchining olayotgan bilimlaridan, malakalaridan, psixofiziologik imkoniyatlaridan, psixologik xususiyatlari, individual -psixologik tomonlaridan kelib chiqadi.O’z imkoniyatlarini to’g’ri baholay olgan insongina to’g’ri yo’lni tanlay oladi. Bu yoshlardagi tirishqoqlik, uddaburonlik, bilimga chanqoqlik, kuzatuvchanlik, o’zini sinab ko’rishga intilishi kabilarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Yoshlarda o’ziga xos ravishda ayrim kasblarga qiziqishlar shu kasb bilan bog’liq ayrim psixologik xususiyatlarda ko’zga tashlanadi. Masalan, hozirda qaysi boladan so’rasang ko’proq men tadbirkor bo’laman, o’zimni ishimni yo’lga qo’yaman deb javob beradi. Tadbirkor bu savdo sotiq, ishnitashkil etish, о’zini mehnati bilan kapital ishlash hisoblanadi. Lekin bolalarda ko’proq mashinaga ega bo’lish, puldor bo’lish, hamma narsani bemalol sotib olish kabi tomonlar ko’zga tashlanadi. Buning ko’zga tashlanmas qiyinchiliklarini ular ko’ra olmaydilar.Yoshlami shunday tomonlarga qiziqib borishi ular orasida tadbirkor bo’lishga havas uyg’otadi. Xuddi shuningdek, tikuvchilik kasbi yoki paxtani qayta ishlash, dizayner bo’lish kabi tomonlar ham yoshlami qiziqishlaridan kelib chiqadi. Har bir kasbni o’ziga xos bo’lgan psixologik tomonlari borki, bu yoshlami doim o’ziga tortib turadi. Qiziqishini anglay olgan bolagina o„zi uchun kasbni to„g„ri tanlay oladi. Yoshlardagi havas, qiziqish ulami shu kasbni egallashga intiltirib turadi. Zukko yoshlar shu kasbgategishli bo„lgan bilimlami eng awalo kuzatishlar, so„rab bilishlar, kitoblardan o„qish orqali, hozirda esa internet orqali bilishga harakat qiladilar. 0’zlari qiziqqan kasblari haqida ko’plab ma’lumotlar to’playdilar. Yoshlarni biror bir narsani yaratuvchanlik qiziqishi injenerlik yoki uning biror bir yo’nalishiga etaklaydi. Hozirda dunyoda ko’plab yangiliklar yaratilmoqdaki yoshlar va ularning diqqatlari doimo qiziqishlaridan kelib chiqqan holda shu obyektlarga qaratilmoqda. Har bir sohaning o’ziga xos bo’lgan qiziqarli tomonlari mavjuddir. Pedagog ham bolalarga yetkazib berishi kerak boigan bilimlami sifatli, qiziqarli, yetib boradigan qilib darslami o’tkazishga va о’sib kelayotgan yoshlar o„rtasidan yaxshi kadrlar yaratishni orzu qiladi. Pedagog tarbiyalagan bolalar o„z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda jamiyatga ko’plab yangiliklar kiritishi mumkin bo„ladi. Pedagog esa shunday kadr yaratib bera olganidan faxrlanadi. Demak, ko’rinib turibdiki, yoshlami kasbga yetaklovchi ehtiyojlardan biri lining qiziqishlari hisoblanadi. Bu esa insonni biror bir narsaga yetilib kelgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bolalar o„sib borgan sari ma’lum bir taraqqiyot yo„lini bosib o„tadilar. Pedagogik sotsiologiyada aytilganidek bola tarbiyasiga o’z ta‟sirini o’tkazayotgan omillar uni o’ylashga, o’z manfaatlari yo’lida mehnat qilishga majburlaydi. Yetilib kelayotgan yoshlardagi o’zgarish ularda ijtimoiy jarayonlarga va bu jarayonlardagi o’z o’rnini bilishga chorlaydi. Katta bo„layotgan, aql -26 farosatga ega farzand kelajagi haqida bosh qotiradi, hayol suradi, kelajagini rejalashtiradi. Bular esa unda ko„plab ehtiyojlami paydo qiladiRahbar masʼuliyati –rahbar madaniyatining asosiy belgilaridan biri boʻlib, uning maʼlum sohaga javobgarligini ifoda etadi. U alohida shaxs, xodim masʼuliyatidan farq qilib, koʻlami kengligi bilan ajralib turadi. Shu bois, rahbar masʼuliyati hamisha muhim sanalgan. Masʼuliyat, avvalo, har bir kishining vijdoni, iymoni, qolaversa, jamoa, jamiyat, Vatan, millat oldidagi burchini teran anglashdir. Umuman, masʼuliyat rahbarning zimmasidagi vazifasiga nisbatan javobgarlik tuygʻusidir. Masʼuliyatli rahbar, eng avvalo, oʻziga, oʻzgalarga nisbatan talabchan boʻladi. Rahbar faoliyatidagi barcha salbiy hodisalar masʼuliyat hissining sustligidan kelib chiqadi. Masʼuliyatsizlikning eng salbiy koʻrinishi siyosiy masʼuliyatsizlikdir. Siyosiy masʼuliyatsizlik –siyosiy kaltabinlik, safsatabozlik, nayrangbozlik, qalloblik kabi salbiy illatlarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Binobarin, rahbarlik lavozimidagi kishidan yuksak ong va tafakkur, hushyor idrok talab etiladi. Tarixiy tafakkur va siyosiy ongning qay darajada shakllanishi esa, avvalo, jamiyat taraqqiyoti, undagi ichki va tashqi shart-sharoitlarga bogʻliq holda kechadi.
    Muhokama. Bugungi kunda rahbar kadrlar oldiga qoʻyilayotgan, qolaversa, hayot taqozo etayotgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
    1. Rahbar koʻngli ochiq, qalbi va koʻngli toza, aql-zakovat sohibi, maʼnaviy shakllangan boʻlishi kerak.
    2. Rahbar oʻzini tarbiya qilgan, ishonch bildirib, yuksak martabaga munosib koʻrgan el-yurtiga halol xizmat qilishi, zimmasidagi masʼuliyatni his etib yashamogʻi lozim.
    3. Rahbar aqlli, tajribali, oʻz ishining bilimdoni boʻlgan mutaxassislarga tayanmogʻi, ularning fikriga quloq solmogʻi, shunga asoslanib xulosa chiqarmogʻi kerak. Uning quyi pogʻonadagi rahbar kadrlarni toʻgʻri tanlash va tarbiyalashi juda muhim.
    4. Rahbarning barcha ishlari xalq hayotiga ijobiy taʼsir koʻrsatmogʻi shart. Kimlargadir yaxshi koʻrinish, maqtanish uchun qilingan ish rahbarning kelgusidagi faoliyatida salbiy iz qoldirishi mumkin.
    5. Rahbarda xalqi va Vataniga fidoyilik, tashabbuskorlik, qatʼiyat va talabchanlik boʻlmogʻi shart. Talabchanlikni zoʻravonlikka, qatʼiyatni manmanlikka aylantirish oʻta kaltabinlikdir. Manmanlik, zoʻravonlik, oʻzgalar fikriga quloq solmaslik rahbar kadrlarni yaxshi mutaxassislar, mehnatkash, sodda va samimiy odamlardan uzoqlashtiribqoʻyadi. Rahbarning qoʻl ostidagi xodim va mutaxassislarni koʻpchilik oldida shaxsiga tegib, haqoratlashi uning ojizligi, oʻz vazifasiga noloyiqligi alomatidir.
    6. Rahbar hech qachon mayda gaplar, fisqu fasod, maishatbozlikka berilmasligi kerak.
    7. Katta rahbarlarning kichik rahbarlarni mahalliychilik, oshna-ogʻaynichilik, shaxsiy sadoqatiga qarab tanlashi oʻta kaltabinlik. Ayniqsa, yangi rahbar oʻzidan oldin faoliyat koʻrsatgan rahbar davrida ishlagan yaxshi mutaxassislarni ishdan boʻshatishi, oʻziga raqib bilishi achinarli hol boʻlib, bu umumdavlat manfaatiga jiddiy zarar yetkazadi.
    8. Rahbar maqtovdan boshi aylanib, “dohiy”lik kasaliga chalinib qolmasligi kerak. Bunday rahbarlar atrofida faqat oʻz manfaatini oʻylovchi “maslahatgoʻylar”, amalparast, laganbardor, poraxoʻr, oddiy odamlarga zugʻum oʻtkazuvchi kimsalar toʻplanib qoladi. Buning oqibatida esa xalq va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetadi.
    9. Rahbar nafs balosiga qarshi turmogʻi, oʻzidan kichik rahbarlarni ham bu balodan asramogʻi kerak.
    10. Rahbar adolatsizlikka aslo yoʻl qoʻymasligi lozim.
    11. Rahbar oʻz shaxsiy hayoti, turmush kechirishida ham boshqalarga oʻrnak boʻlmogʻi kerak.
    12. Rahbarning barcha ishlari ochiq va oshkora boʻlishi lozim. Vaqti-vaqti bilan xalq oldida hisobot berib turishiularga obroʻkeltiradi.
    13. Rahbar oʻz gʻoyasi, fikri, harakat dasturiga ega boʻlishi bilan birga, `barchani yurt taraqqiyoti, xalq tinch-totuvligi, farovonligi yoʻlida yagona gʻoya atrofida jipslashtirishi shart.
    Rahbarlik aql-farosat, kuch-gʻayrat, izlanish va topqirlikni, oʻz ustida tinmay ishlashni, tadbirkorlikni talab qiladi. “Rahbar”tushunchasining quyidagi jihatlari ahamiyatlidir:
    1) rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxs;
    2) rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini belgilaydi;
    3) rahbar oʻz sohasiga yangi gʻoya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi;
    4) rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablagʻbaʼzan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, bunda jamoa foyda oʻrniga zarar ham koʻrishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan koʻra olishi va bunga tayyor turishi, zarur boʻlganda, faoliyatini qayta boshlashi, oʻzida bunga kuch-gʻayrat topa bilishi lozim.
    Ushbu jihatlar rahbarlik faoliyatining maʼlum jihatlarini namoyon etadi. Masalaning ikkinchi tomoni rahbarlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi kishining shaxsi bilan bogʻliq yuksak insoniy fazilatlardan iborat. Rahbar halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqqoʻl, diyonatli, mehr-shafqatli boʻlishi kerak. Rahbarlikka egri yoʻl, egri qoʻl, egri maqsad bilan erishib boʻlmaydi. Feʼl-atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. Rahbar mustaqil boʻlishi, ijtimoiy faoliyatning qonuniy taqiqlanmagan hamma sohasi bilan shugʻullana olishi lozim. Shu bilan birga, u oʻzi boshqarayotgan jamoa orasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi zarur. Rahbar faol boʻlmasa, jamiyatda ijtimoiy faollik shakllanmaydi. Kattami, kichikmi, qanday mansabda boʻlishidan qatʼi nazar, har bir rahbar oldida “oʻz ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim, qanday fazilatlarga ega boʻlishim kerak?”degan savol hamisha koʻndalang turadi. Boshqaruvda tajriba, koʻnikma, mahorat, bilim, aql va idrokning roli katta. Ammo, eng avvalo, boshqaruv –sanʼat, aniqroq aytganda, ijoddir. Rahbarlikka ham, sanʼatkor uchun zarur boʻlganidek, iqtidor va isteʼdod lozim. Koʻrinadiki, har kimdan sanʼatkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi. Rahbar oʻz qobiliyati, isteʼdodini ishgasolib izlanadi, shu maqsadda hayotni, odamlarni chuqur oʻrganadi. Natijada toʻplagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, oʻzining rahbarlik usulini yaratadi. U oʻz boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin shaxsdir, ammo uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak.Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shaxsning tafakkuri, aql-idrokiga ham bevosita bogʻliq. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish imkonini beradi. Bu –hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. Agar rahbarda mazkur xislatlar shakllangan boʻlsa, bunday rahbar boshqaruvning sir-asrorlarini mukammal egallab oladi, oʻz jamoasi oʻrtasidaobroʻva ishonch qozonadi. Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon va uddaburon, harakatchan va shijoatli boʻlishi ham kerak. Shuning uchun rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin. Rahbardagi oʻziga xos talabchanlik, mehribonlik hamda masʼuliyat jamoa aʼzolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab boʻladi. Malakali rahbar kadrlar tizimini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun ijtimoiy psixologiya, rahbar psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi kabi fanlarni yaxshi oʻzlashtirishi kerak. Rahbarlik lavozimini egallaydigan har bir rahbar maʼnaviy barkamol boʻlmogʻi, oʻz yurti va millati bilan gʻururlanmogʻi, yuksak axloqiylik, maʼnaviy yetuklik bilan uygʻunlashmogʻi darkor. Ana shunday rahbar jamiyat, Vatan oldidagi masʼuliyatini, burchini teran his qiladi, ijtimoiy hayotda inson manfaatlarining ustuvorligini hayotiy ehtiyoj sifatida qabul qiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi ko„p jihatdan rahbarlarga, ularning boshqaruv sohasidagi professional mahoratiga bog„liq. Bu borada birinchi navbatda rahbar kadrlarning, davlat xizmatchilarining fuqarolik jamiyatlari institutlari hamda odamlar bilan ishlay olish qobiliyatini shakllantirishga alohida e’tibor berish zarur. Bunday qobiliyat va malakani esa maxsus ta’lim tadbirlari orqaligina rivojlantirish mumkin. Shu munosabat bilan, bugungi kunda boshqaruv sohasi, rahbar kadrlarni tayyorlash sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish o„ta muhim masala sifatida o„z natijasini kutmoqda. Ushbu sohadagi konkret natijalarga yo„nalgan tadbirlar esa aynan pedagogika va psixologiya fani oldiga dolzarb vazifalarni qo„ymoqda. Masalan, turli boshqaruv sohalarida lavozimlarga rahbar kadrlarni tayinlashda munosib nomzodlarni tanlash, ularning boshqaruv salohiyati va qobiliyatini adolatli baholash zarurati doimo dolzarb masala bo„lib kelgan. Aniqlangan qobiliyat va shaxs imkoniyatlarini rivojlantirish esa, yana bir muhim pedagogik va psixologik tadbir sifatida o’z ahamiyatiga ko’ra avvalgisidan qolishmaydi.
    Boshqaruv subyekti –rahbar. Boshqaruv obyekti –xodim. Boshqaruv subyekti va ob’ekti o’rtasidagi munosabatlar. Boshqaruvga oid psixologik hodisalarning bunday guruhlanishi shartli bo„lib, ularning har birini tadqiq etish muqarrar tarzda qolgan ikkitasini ham o’z ichiga qamrab oladi. Xususan, rahbar shaxsi boshqaruv sub‟ekti sifatida ko„pchilik tadqiqotlarning asosiy mavzusiga aylanar ekan, uning har bir harakatida xodim nazarda tutiladi, va albatta, muayyan munosabatdoirasida talqin etiladi. Hatto rahbarning o’z shaxsini mukammalashtirishi yo„lidagi faolligi ham ichki psixologik munosabat, o’z –o’ziga bo„lgan munosabat sifatida ta‟riflanadi. Boshqaruv mavzusini bunday cheklash, bir tomondan, psixologiya fani uchun o’z predmetini aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, boshqaruv ilmiga tamoman yangi qarashlarning shakllanishi bilan ifodalanadi. Xususan, boshqaruv va rahbar faoliyatiga fenomenologik yondashuv tarafdorlari taklif etgan g’oya va fikrlar, darhaqiqat, psixologiya fanining nafaqat izlanish sohasi va yo’nalishi, balki “nuqtasini” ifodalab bera oldi desak mubolag„a bo„lmaydi. Zamonaviy rahbar hayotiga bunday texnik vositalarning kirib kelishi boshqaruv professionalizmini takomillashtirishni texnologizatsiyalash masalasiga yangicha mazmun bag’ishlaydi. Nazarimizda, har qanday soha kabi boshqaruvni professonallashtirish va rahbarlar professionalizmini yuksaltirish masalasi bundan keyin ham turli ilmiy yo’nalishlar integratsiyasi va faolligi asosidagina hal etilishi mumkin bo’lgan masaladir.

    Xulosa qilib aytganda ,birinchidan boshqaruv muammosi psixologiya sohasidasida juda keng o’rganilgan bo’lib, ularda turlicha nazariyalar, konsepsiyalar, yondashishlar, pozitsiyalar, yo’nalishlarga asoslangan holda tadqiq qilingan. Ikkinchidan, oliy ta’lim tizimi rahbar va lider bir shaxsda ifodalanishi ayni muddao hisoblanadi hamda rasmiy rahbar iloji boricha tashkilot maqsadlarini xodimlar manfaati bilan uyg’unlashtirgan holda boshqaruv jarayonini tashkil etishi lozim. Aynan shu omil, ayniqsa, kasb sohasidagi yuqori malaka rahbarni liderlik darajasiga ko’tarilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.




    ADABIYOTLAR:
    1.Zubov N. O'qituvchilarni qanday boshqarish kerak.
    2-nashr. M.: ARKTI, 2013. 144 b. 2.Klimov E.A. Kasbiy o'zini o'zi belgilash psixologiyasi. 4-nashr. M.: "Akademiya" nashriyot markazi, 2010. 304 b.
    3.Lusenko L.I. Ta'lim muassasasini boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari // Tula davlat universiteti yangiliklari. Gumanitar fanlar. 2012. No 1-2. 313-319-betlar.
    4.Lvova T.V. Boshqaruv faoliyatining psixologik jihatlari. 2016. 24-b.
    5.Morozov A.V. Biznes psixologiyasi. Moskva: Akademik loyiha, 2015.
    Download 24,05 Kb.




    Download 24,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdusattorova ruxshona alisher qizi

    Download 24,05 Kb.