|
Abiotik omillar (yunoncha – «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» – hayot) – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari. Agroekosistema
|
bet | 5/5 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 39,95 Kb. | | #259720 |
Bog'liq atamalarRedutsentlar (lotincha – «reduco» – qaytaraman, tiklayman)
destruktorlar (lotincha «destruo» – parchalayman) – geterotrof organizmlar qoldiq organik birikmalarni anorganik moddalargacha parchalaydi. 236
Simbioz (yunoncha – «sym» – birga, «bios» – hayot) birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi ushbu munosabatdan o‘ziga foyda oladi.
Sklerofitlar (yunoncha – «scleros» – qattiq) – tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan sharoitda o‘sadigan, tuproqdagi namni zo‘r berib shimadigan o‘simliklar.
Stenobiontlar (yunoncha – «stenos» – tor, cheklangan, «biontos» – yashovchi) nisbatan doimiy muhit sharoitida yashashga moslashgan, harorat, namlik, atmosfera bosimi kabi omillarning tor ko‘lamda o‘zgarishigagina bardosh bera oladigan o‘simlik va hayvonlar.
Sukkulentlar (lotincha – «succulentus» – sersuv) – o‘z to‘qimalari va organlarida suvni zaxirada saqlaydigan o‘simliklar.
Suksessiya (lotincha – «successio» – o‘rin almashish) – ma’lum hududdagi ekosistemalarni izchillik bilan inson va tabiat omillari ta’sirida boshqa ekosistemalarga aylanishi.
Taksis (yunoncha – «taxis» – joylashuv) – bakteriyalar, bir hujayrali hayvonlar, bir hujayrali suvo‘tlari va yuksak o‘simliklarning jinsiy hujayralarining tashqi omillar (yorug‘lik, kimyoviy moddalar, kislorod) ta’sirida harakati.
Trofik daraja – ekologik piramidani tashkil qiluvchi organizmlar yig‘indisi.
Fitosenoz (yunoncha – «phyton» – o‘simlik, «koidos» – umumiy) – muayyan hududdagi o‘simliklar jamoasi.
Fotoperiod – yil fasllari bilan belgilanadigan kun uzunligi.
Fotoperiodizm (yunoncha – «photos» – yorug‘lik va davr) – kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari.
Fototropizm (yunoncha – «trope» – burilish) – yorug‘lik ta’sirida o‘simliklarning harakatlanishi, bunda harakat yo‘nalishi yorug‘lik yo‘nalishiga bog‘liq.
Evribiontlar (yunoncha – «eurys» – uzun, «bios» – hayot) – keng tolerantlik chegaralariga va ekologik sharoitda sezilarli o‘zgarishlarga ega bo‘lgan, katta hududlarni egallay oladigan organizm turlari.
Ekologik nisha – turning biotizim sifatida mavjudligi, yashashini belgilab beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yig‘indisi.
Gigrofitlar (yunoncha – «hygros» – nam, «phyton» – o‘simlik) – nam tuproq va yuqori namlikka ega havoda o‘sadigan o‘simliklar.
Gidrobiontlar (yunoncha – «hydor» – suv, «bios» – hayot) – suv muhitida yashovchi organizmlar.
Gidrosfera – yerning suvli qobig‘i.
Gomologik (yunoncha – «gomonos» – o‘xshash) – kelib chiqishi va tuzilishi o‘xshash organlar yoki ularning qismlari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Abiotik omillar (yunoncha – «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» – hayot) – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari. Agroekosistema
|