|
Abiotik omillar (yunoncha – «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» – hayot) – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari. Agroekosistema
|
bet | 1/5 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 39,95 Kb. | | #259720 |
Bog'liq atamalar
Abiotik omillar (yunoncha – «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» – hayot) – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari.
Agroekosistema (yunoncha – «agros» – dala) inson tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yaratilgan sun’iy ekosistemalar.
Adaptatsiya (lot. «adaptatio» – moslanish) – tirik organizmlarning muayyan yashash muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi.
Allogenez (yunoncha – «allos» – o‘zgacha, boshqa, «genesis» – rivojlanish) organizmlarda tashqi muhit sharoitiga moslanish jarayonida yangi belgi-xususiyatlar asosida xususiy moslanish (idioadaptatsiya)ni vujudga keltiradigan evolutsion yo‘nalish.
Antropogen omillar – odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi.
Arogenez (yunoncha – «airo» yuksalish, «genesis» – rivojlanish) organizmlarning tuzilishida yirik o‘zgarishlar – aromorfozlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq evolutsion yo‘nalish. Aerenxima (yunoncha – «аeg» – havo, «knchyma» – to‘qima) – suv va botqoqlikda o‘suvchi o‘simliklarning hujayralari orasida havo to‘playdigan to‘qima.
Amensalizm – o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi.
Bentos (yunoncha – «benthos» – chuqurlik) suv havzalarining tubida yoki suv tubining qatlamlarida hayot kechiradigan organizm.
Biogeotsenoz (yunoncha – «bios» hayot, «geo» – yer, «kaynos» – umumiy) tarixiy davrda tarkib topgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi tabiiy uyushma, biotsenoz va anorganik tabiat komponentlari bilan chambarchas bog‘langan mustahkam ekologik sistema. Biologik evolutsiya – tirik organizmlar va ular jamoalarining yo‘naltirilgan tarixiy rivojlanish jarayoni.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Abiotik omillar (yunoncha – «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» – hayot) – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari. Agroekosistema
|