• Silikagellar
  • Absorbsiya Umumiy tushunchalar




    Download 1,12 Mb.
    bet10/11
    Sana17.11.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #100456
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Absorbsiya Umumiy tushunchalar

    Faollangan ko‘mirlar, odatda, tarkibida uglerod bo‘lgan yog‘och, torf, hayvonlar suyagi, toshko‘mir kabi mahsulotlarni quruq haydash yo‘li bilan olinadi. Ko‘mir faolligini oshirish
    uchun unga 900°C dan ortiq haroratda havosiz termik ishlov beriladi. Bunda material g‘ovaklaridagi smolalar ekstragent yordamida ekstraksiya qilib olinadi.
    Faollangan ko‘mirlarning solishtirma yuzasi – 600ј1750 m2/ g. Тo‘kma zichligi – 250ј450 kg/m3, mikrog‘ovaklar hajmi –0,23...0,7sm3/g. Bundan tashqari ular tarkibida juda kam miqdorda (<8%) kul bo‘ladi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, havoda 300°C haroratda faollangan ko‘mir yonadi.
    Faollangan ko‘mirning mayda kukunlari 200°C ga yaqin haroratda yonadi va konsentratsiyasi 17ј24 g/sm3 bo‘lganda havo tarkibidagi kislorod bilan portlovchi birikma hosil qiladi.
    Adsorbsiya jarayonida tozalashning samaradorligi adsorbentning g‘ovaksimon tuzilishiga bog‘liq bo‘lib, bunda mikrog‘ovak asosiy rol o‘ynaydi. Faollangan ko‘mirlar adsorbsion bo‘shlig‘ining chegaraviy hajmi 0,3 sm3/g ligi tozalash jarayonida qo‘llash tavsiya
    etiladi. Ma’lumki, mikrog‘ovaklar o‘lchami katalitik reaksiyalar tezligini belgilaydi. Mikrog‘ovak o‘lchami 0,8ј1,0 mkm bo‘lgan faollangan ko‘mirlar optimal deb hisoblanadi.
    Silikagellar – bu kremniy kislota gelining suvsizlantirilgan mahsulotidir. Ushbu adsorbentlar natriy silikat eritmalariga kislota yoki ular tuzlarining eritmalarini ta’siri natijasida olinadi.
    Silikagellarning solishtirma yuzasi 400ј780 m2/g, to‘kma zichligi esa 100ј800 kg/m3. Silikagel granulalari 7mm gacha bo‘lishi mumkin. Silikagellar asosan suv bug‘ini yutish, gazlarni quritish va tozalash uchun qo‘llaniladi. Bu adsorbent boshqa adsorbentlarga
    qaraganda yonmaydi, mexanik jihatdan mustahkam bo‘ladi.
    Seolitlar – tabiiy va sun’iy mineral holatida bo‘lib,alyumosilikatning suvli birikmasi. Ushbu adsorbent suvda va organic eritmalarda erimaydi. Sun’iy seolit g‘ovaklar o‘lchami adsorb-
    siyalanayotgan molekula o‘lchamiga yaqin bo‘lgani uchun g‘ovaklarga kirayotgan molekulalarni adsorbsiya qila oladi. Bu turdagi seolitlar «molekulyar elaklar» deb nomlanadi.
    Seolitlar yuqori yutish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun gazlar va suyuqliklarni qisman quritish yoki suvsizlantirish uchun ham qo‘llaniladi. Seolitlar, ko‘рincha 2ј5 mm diametrli granula
    ko‘rinishida ishlab chiqariladi.

    Download 1,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,12 Mb.