|
Elaksimon tarelkali absorber
|
bet | 6/11 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #100456 |
Bog'liq Absorbsiya Umumiy tushunchalarElaksimon tarelkali absorber. 23- rasmda bu turdagi jihoz tasvirlangan.
Bu kolonna gorizontal tarelka quyilishi va ostonalardan tarkib topgan bo‘ladi.
Odatda, bu turdagi tarelka yuzasi 1ј5 mm li teshiklardan iborat bo‘lib, tarelkadan tushayotgan ko‘рikni parchalash uchun ostona tarelkadagi suyuqlik sathini bir xil balandlikda ushlab turish uchun esa ostona (3) xizmat qiladi. Suyuq faza tepadagi tarelkaga
uzatiladi va quyilish moslamasi
(2) dan o‘tib, qurilmaning
pastki qismidan chiqib ketadi.
Gaz faza har doim qurilmaning
pastki qismiga kiritiladi va tarel-
kalardan pufakcha shaklida
o‘tib, yuqori qismidagi shch-
tuserdan chiqadi.
Qalpoqcha tarelkali absor-
ber. Bu turdagi qurilma kapsula
qalpoqcha va segment quyilish
moslamasidan tarkib topgan
(24- rasm). Тarelka ko‘plab disk-
23- rasm. Elaksimon tarelkali
kolonna:
1 – tarelka; 2 – quyilish
moslamasi; 3, 4 – ostonalar.
lardan iborat bo‘lib, tayanch
halqaga qistirma yordamida bolt-
lar bilan mahkamlanadi.
24- rasm. Qalpoqchali
tarelka:
1 – tarelka;
2 – qistirma;
3 – rostlovchi quyilish
ostonasi;
4 – quyilish patrubkasi;
5 – bolt;
6 – rostlovchi bolt;
7 – halqa;
8 – quyilish ostonasi;
9 – qalpoqcha.
Suyuq faza yuqorida joylashgan tarelkadagi ostona (3) dan o‘tib, quyida o‘rnatilgan tarelkaga tushadi. Тarelka yuzasidan suyuqlikni bir me’yorda taqsimlash uchun ostona (8) xizmat qiladi. Suyuqlikni tarelka yuzasida bir xil balandlikda ushlab turish uchun rostlovchi ostona (3) dan foydalaniladi. Gaz tarelkalarga patrubka (6) orqali kirib, bir necha oqimchalar holida qalpoqchalar teshigidan chiqa boshlaydi.
Qalpoqchadagi havo teshiklari tishli bo‘lib, to‘g‘ri uchburchak shaklida yasaladi. Suyuqlik qatlami orqali o‘tayotgan gaz yoki bug‘ oqimi alohida-alohida pufakchalarga bo‘linib ketadi. Тarelkalardan suyuqlik quyilish patrubkasi (4) orqali to‘kiladi. Bu turdagi tarelkalarda gaz ko‘рiklari va pufakchalarning hosil bo‘lish intensivligi bug‘ (yoki gaz) tezligi va tarelkadagi suyuqlik qatlami balandligiga bog‘liq.
Тarelkada katta massa almashinish yuzasini barpo qilish uchun o‘rnatiladigan qalpoqchalar soni ko‘paytiriladi. 25- rasmda kapsulali qalpoqchaning bo‘ylama qirqimi keltirilgan. Тarelka va qalpoqchaning pastki qismi orasidagi masofa vtulka (4) va gayka (2) yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi tarelkalar sanoatda keng ko‘lamda ishlatiladi. Elaksimon tarelkali absorberlarga qaraganda qopqoqchali qurilmalar gaz aralashmalari iflos bo‘lganda
25- rasm. Kapsulali
qalpoqcha:
1 – shayba;
2 – gayka; 3 –bolt;
4 – vtulka;
5 – qalpoqcha;
ham uzoq muddatda barqaror ishlay oladi.
Bundan tashqari gaz yoki suyuq fazalar
bo‘yicha yuklama katta miqdorda o‘zgarsa ham,
qalpoqchali tarelka bir tekisda yaxshi ishlaydi.
Ushbu tarelka kamchiliklari: konstruksiyasi
murakkab, qimmat va gidravlik qarshiligi
yuqori. Undan tashqari gaz faza sarfi kam
bo‘lganda, qurilma samaradorligi keskin
ravishda kamayib ketadi.
|
| |