Omon Narimanovich Ruzimov
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi
omonruzimov89@gmail.com
Ushbu maqolada Axborot xavfsizligida ma‟lumotlarga qaratilgan hujumlarni himoya qilish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, Ma‟lumotni himoya qilish jismoniy shaxslar, korxonalar va barcha o„lchamdagi tashkilotlar uchun muhim masaladir. Shu sababli ma‟lumotlarni himoya qilish hozirgi kunda dolzarb masala bo„lib hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: Axborot
xavfsizligi, kiberxavfsizlik, tarmoq xavfsizligi,
jismoniy xavfsizlik, shifrlash, zaxiralash va tiklash,
kirish nazorati, internet jihozlarni xavfsizligi. ma‟lumotlarni himoyalash.
KIRISH
Hozirgi kunda raqamli ma‟lumotlarni himoyalash juda dolzarb masalalardan biri bo„lib, ma‟lumotlarni ishonchli saqlash va ulardan to„g„ri foydalanish juda zarur deb maqsad qilingan. Shuningdek, ma‟lumotni himoya qilish jismoniy shaxslar, korxonalar va barcha o„lchamdagi tashkilotlar uchun muhim masaladir. Muhim bo„lgan ma‟lumotlarni saqlash va ularni havfsiz uzatish texnologiyasiga bo„lgan ishonch
ortib borayotganligi sababli, ma‟lumotlarning buzilishi va o„g„irlanishi tahdidi asosiy muammoga aylandi. 2023-yilda tahminan 4000 dan ortiq ochiq maʼlumotlar buzilishi sodir boʻldi, ularning 60% xakerlik natijasida sodir boʻldi. Ta‟sir qilingan kompaniyalar va jismoniy shaxslar moliyaviy va obro„-e‟tiborini yo„qotish, ma‟lumotlarning buzilishi va ba‟zan qonuniy javobgarlik xavfi ostida qolgan edi.
Ushbu xavflarni kamaytirish uchun ma‟lumotlarni ruxsatsiz kirish va manipulyatsiyadan himoya qilishning bir qancha usullari ishlab chiqilgan. Ma‟lumotlarni himoya qilishning eng asosiy usullarini batafsil yoritib berilgan.
Shifrlash
Shifrlash shaxsiy ma‟lumotlarni himoya qilishning asosiy komponentidir. Bu shaxsiy ma‟lumotlarni kodlangan shaklga aylantirishni o„z ichiga
oladi, bu esa tegishli shifrni ochish kaliti bo„lmasa, uni hech kim o„qib bilmaydi. Faqat shifrni ochish kalitiga ega bo„lgan vakolatli