Academic Research in Educational Sciences
Volume 4 | Issue 1 | 2023
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
479
January, 2023
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Issiqlik tashuvchilarni qo„llash texnologiyasi suyuqlikni maxsus qizdirgichlar-
harakatlanadigan qozonxona uskunalarida qizdirish va uni to„g„ri yoki teskari yuvish
usulida quduqqa haydashni ko„zda tutadi.
Fizikaviy usullar. Fizikaviy usullar elektrik, magnitli, elektromagnitli
maydonlar, mexanik va ultratovushli tebranishlarni qo„llashga asoslangan. Bu
usullardan nisbatan samaradorligi yuqorisiga parafinli neftga o„zgaruvchan
elektromagnin maydonlarni ta‟sirini kiritish mumkin. Laboratoriya va kon
tadqiqotlari natijasida aniqlanganki, neftga elektromagnit maydoni bilan ishlov
berilganda quvilarning parafinlanishi ahamiyatli darajada kamayadi. Maydonning
to„plamlar hosil bo„lish jadalligiga ta‟sir qilish darajasi neftning fizik-kimyoviy
xossalari, tarkibi, maydonning jadalligi va neft oqimiga maydon bilan ishlov berish
rejimiga bog„liq.