Academic Research in Educational Sciences VOLUME




Download 280,61 Kb.
bet6/7
Sana12.01.2024
Hajmi280,61 Kb.
#136025
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kostyum-dizayni-loyihasini-yaratishda-ijodiy-manbadan-foydalanish

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-950-958


Dizayner Robert Atkinsning ijodiy manba sifatida arxitektura va uning detallarga qiziqishini qoralama eskiz va setka tuzilishdagi eskizlar orqali ko„rsatadi. Erkaklar kiyimining for eskizi va printlari yangi g„oyalar o„ylab topishda katta yordam beradi.

Sara Koningam gullagan daraxt tasvirini


ijodiy manba sifatida olib, ranglar palitrasi
va rangli to„qima iplar, kashta iplarida
aks ettirgan. Mato dag„al bo„lgani bilan gul
tasviridagi siymo o„zgacha
ko„rinishga ega. Kashta iplari ranglarni aniq tasvirlashda to„g„ri tanlov bo„ladi.


Ushbu namuna Brayton Universiteti talabasining ijodiy ishi bo„lib, bunda oddiy rasmlardan foydalanilgan. Stakandagi sharbat
tasviri o„z ifori va ranglarni o„zida aks etadi. To„qima ipning ingichka va notekis shakli, o„lchami spontalikni hosil qilib, qo„l mehnatidagi namuna sifatini aks ettiradi.

O‘zbekistonda ijodiy manba — milliy naqshlar


O„zbekiston dunyoda o„zining yuksak madaniyati, ko„hna tarixi va go'zal me'morchilik namunalari bilan nom qozongan davlatdir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo„qon va boshqa shaharlardagi me‟morchilik va xalq amaliy san‟ati yodgorliklari o„tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho san‟at asarlarining namunalari hisoblanib, xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining durdonalaridan bo„lgan badiiy va madaniy me‟rosini tashkil
etadi. Xalq amaliy bezak san‟ati kishilaming ma‟naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o„zbek xalq amaliy san'ati kishilarni badiiy, axloqiy, umuminsoniy qarashlarini tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi. O„tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo„qotmay kelmoqda.
Ko„pchilik maqbaralarda boy va xilma-xilligi bilan farq qiladigan geometrik naqshlardan, ko„p hollarda shakl berilgan g„ishtlardan, loydan yasab naqsh o‟yilgan, so„ng pechda pishirilgan terrakota plitalardan foydalanilgan. Binolarning tashqi qismiga esa quyma ganch ishlari bajarilgan. Movarounnahrda ganchkorlik san‟ati, ayniqsa ravnaq topgan, me‟morchilikning asosiy bezagi darajasiga ko‟tarilgan. Ayniqsa, maqbaralarning peshtoqlari devor va ravoqlar ganch-naqshlar bilan juda nafis bezatilgan. Naqshlar murakkablashib bordi. Ularning yangi nusxalarida ramzlari, timsoliy tasvirlar, va hattotlik san'ati namunalari naqadar mo„lligini ko'ramiz. Har bir chizilgan naqshda o„ziga hos ma'no bo'lgan. O„simliksimon "islimiy" naqsh boylik va farovonlikni, novda va yaproqlar esa to'kinchilik va bahor chog'ida uyg„onishni bildiradi. Ozbekiston territoriyasida arxeologik qazishmalar shuni ko„rsatadiki, naqshlar ichida geometrik naqsh ko'p ishlatilgan. Girihlar (Xandasiy naqsh)- forscha “chigal, tugun” degan ma‟noni beradi. Girihlar -to„rtburchak, uchburchak va boshqa elementlardan tashkil topgan geometrik murakkab naqsh turi. Milliy naqshlarimiz g„oyatda boy mazmunga ega. Turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi. Bu go„zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo„lib, asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi, me‟morchilik hamda tasviriy san‟at rivoji bilan bog„langan holda takomillashib bordi.
Ayollar liboslar to„plamini yaratishda ijodiy manbaa sifatida milliy me‟morchilikdagi naqqoshlik elementlari namuna qilib olib kelinadi. XV asrda qurilgan Ulug'bek madrasasining peshtoqisiga marmardan o„yib ishlangan bezak va koshinlar ijodiy manbaa sifatida qo„llaniladi. Milliy me‟morlik amaliy bezak san'ati namunalari o„rganilib, ulardan naqsh elementlaridan olinib dizaynerlar tononidan uslublashtirilgan holda yangi zamonaviy naqsh kompozitsiyalari, shakli yaratilib libos eskizlariga tadbiq etiladi. Milliy me‟moriy binolardan olingan naqsh elementlari liboslarga transformatsiya yo„li bilan ko„chirilgan.



Download 280,61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 280,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Academic Research in Educational Sciences VOLUME

Download 280,61 Kb.