• KOSTYUM DIZAYNI LOYIHASINI YARATISHDA IJODIY MANBADAN FOYDALANISH
  • ABSTRACT
  • KIRISH
  • Academic Research in Educational Sciences volume




    Download 280,61 Kb.
    bet1/7
    Sana12.01.2024
    Hajmi280,61 Kb.
    #136025
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kostyum-dizayni-loyihasini-yaratishda-ijodiy-manbadan-foydalanish


    Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385
    Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
    DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-950-958


    KOSTYUM DIZAYNI LOYIHASINI YARATISHDA IJODIY MANBADAN FOYDALANISH




    Firdavsxon Qodiriy


    Toshkent to„qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi fkadiriy1822@mail.ru


    ANNOTATSIYA


    Maqolada kostyum dizayni loyihasini yaratish usullari batafsil yoritilgan va ijodiy manbani o„rganish orqali undan samarali foydalanish, ijodiy izlanishlar olib borish to„g„risida ma‟lumotlar berilgan. Ijodiy manba namunalari – dizaynerlar ijodiy ishlari keltirilgan va sharhlangan. O„zbek milliy naqshlari haqida qisqacha bayon etilgan.
    Kalit so‘zlar: ijodiy manba, loyihalash, evristika, assotsiatsiya, analogiya, bionika, antropotexnika, islimiy naqsh, girixlar.


    ABSTRACT


    The article describes in detail the methods of creating a costume design project and provides information on its effective use and creative research through the study of creative resources. Creative Source Examples - Designers ‟creative work is quoted and commented on. A brief description of the Uzbek national patterns.
    Keywords: creative source, project, heuristic, assotsatsion, analogy, bionic, antropotechnique, “islimiy” brief, girih.


    KIRISH


    Dizayner ijodiy faoliyati uchun ko„p bilim sohalaridan ma‟lumotlarga ega bo„lishi lozim. Ijobiy natijaga erishish uchun dizayner san‟at sohasi va fan yo'nalishiga taalluqli bilimlarini o„zlashtirishi lozim. San‟atni har bir turida g„oyaviy-ijodiy asosi – kompozitsiyadir. Boshqacha aytganda, kompozitsiya orqali dizayner qiziqtirgan g„oyani ifodalaydi. Ijodiy manbadan foydalanishni o„rganish kostyum loyihasi kompozitsiyasini tuzishda zaruriy qonuniyatlarga amal qilish, ijodiy yondashuv va tasavvur qilish qobiliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Ijodiy manba – kostyum dizayni loyihasini yaratishda asosiy g„oya qilib olingan va dizaynerni ilhomlantirgan vosita. Dizayner kostyum kolleksiyasini yaratishda ijodiy

    manba sifatida har qanday tabiiy hodisalar, buyumlar, muhitning turli elementlari, dunyoda sodir bo„layotgan voqealar, musiqa, rangtasvir, adabiyot, balet, teatr, sirk, kino, tomosha tadbirlari, etnik mavzular, me‟morchilik, muhandislik inshoatlari, mashina detallari, turli mexanizmlar, maishiy buyumlar, amaliy san‟at asarlari (shisha, tosh, yog„och, metall, keramika va b.), musiqa asboblari, yer fakturasi, yulduzli osmon, origami oʻyini, ekologiya, tarixiy, xalq va klassik kostyumlar, eklektika usuli, parodiya usuli, stilizatsiyalash usuli va h.k. bo„lishi mumkin.



    Download 280,61 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 280,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Academic Research in Educational Sciences volume

    Download 280,61 Kb.