Academic Research in Educational Sciences VOLUME




Download 280,61 Kb.
bet3/7
Sana12.01.2024
Hajmi280,61 Kb.
#136025
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kostyum-dizayni-loyihasini-yaratishda-ijodiy-manbadan-foydalanish

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-950-958

chunki bu o„qiyotgan ijodiy shaxsni muhim vazifalaridan biri. U tevarak atrof muhitiga tez ta‟sirlanishi va u yerdan assosiatsiyani olishi kerak. Undan tashqari, zamonaviy dizaynda siymoli fikrlash loyihalashda prinsipial yangi uslub deb hisoblandi.


Dizaynerni assosiativ fikrlashi buyumli, abstrakt va psixologik assosiatsiyalarni obyekt yechimini grafik qidiruvga o„zlashtirishdi. Ijodiy jarayonda assosiativ fikrlash juda muhim. Shunday fikrlashga dizaynerning qobiliyat ijodining asosi bo„ladi, chunki har qanday san‟at asari - bu xotirada tiklangan real dunyoni va buyumlarni assosiativ tasavvurlash natijasidir.
Kostyum dizayneri real borliqni qandaydir transformatsiya va o„zlashtirish natijasida kiyimda qo„llashi mumkin va barcha narsalarni olishi mumkin: mavzuli fragment yoki butunlay manbani. Kostyum loyihalashda ijodiy manba sifatida tabiat, voqealar, buyumlar bo„lishi mumkin. Libos dizaynerni shakl, hajmlar birikmasi, har xil tuzilishlarning birikmalari doimo qiziqtiradi.
Assotsiatsiyalar har xil bo„lishi mumkin: buyumli, abstrakt, psixologik va noreal. Asfaltda ko„lmaklar, muzni yaltiraganligi, yo„lda yoki daladagi loyning fakturasi, yomg„ir tomchisi, derazada ayozning rasmlari va boshqalar – bular barchasi ixtiro qilish uchun ozuqa berishi mumkin. Darhaqiqat, dizaynerning fikri muayyan yo„nalishda bo„lishi uchun u doimiy professional mashqlar qilishi lozim.
Analogiya (o„xshash) usuli – qo„yilgan vazifani yechish usuli. Bu usulda tarixiy, xalq va milliy kostyumdan, muhandislik yechimlardan, me‟moriy inshoatlardan olingan o„xshash yechimlar yaratiladi. Dizayner ijodiy manbani sharhlash bilan uchrashadi va transformatsiya yordamida uni loyiha yechimiga aylantiradi. Bu usul keng va ko„pincha qo„llanadi, ayniqsa loyihalashda obyektning siymo yechimi qidirilganda yangi qiziqarli yechimlar ijodiy manbani ko„rinish alomatlaridagina emas, balki buyumni yaratish usulidan ham hosil bo„ladi: “bichilmagan va tikilmagan libos” usulini kostyum tarixidan o„zlashtirish mumkin (rimliklarning togasi, yopinchiqlar, hind ayollarning sarisi, indoneziya ayollarning sarong yubkasi va b.); “upakovka” usuli-tara va upakovka dizayni; “to„qish” usuli - amaliy-dekorativ san‟at buyumlari va xalq kostyumi g„oya beradi; “hajmiy fakturani yaratish” usuli – o„simlik shakllar, gullar, barglar, ildizlar, po„stloqlardan va boshqa g„oyani olish mumkin; “katta shakllarni qismlarga bo„lish” usulini o„rta asr yarog„-aslahalari va modul loyihalashdan g„oyani olish mumkin.
Analoglardan o„zlashtirilgan dastlabki g„oya amalga oshiriladi. Shunday loyihalash usuli funksional loyihalashga mansub, ya'ni buyumni loyihalashni emas, balki usulni.
Masalan, loyihalash: choynakni emas, suvni qaynatadigan usulni; kalishni emas, suv o„tkazmaydigan poyabzalni.
Bionik usuli bionika konkret obyektlarni tahlilidan iborat. Masalan, hasharotlar qanotlarini tahlil etib, yangi o„ralish shakllarni, ustki kiyimlarni qavatlanishini, detallar transformatsiyasini yaratish mumkin. Ba„zi hasharotlarni nurlanishi ichiga yoritgich o„rnatilgan poyabzalni yaratish g„oyasini tug„diradi. Dizaynda bionik yondashish o'zgacha konstruktiv buyumlarni, yangi xususiyatli fakturalarni hosil qilishga imkon beradi. Undan tashqari, bu usul dizayner e‟tiborini tabiat obyektlarini diqqat bilan o„rganishga; odatda qiziqarli g„oya, prinsip va usulni ko„rishga imkon beradi. Bunda ijodiy shaxsni tashqi dunyo, odamni yashash muhit bilan bog„langanligi ayonidir.
Antropotexnika usuli - odamni fizik imkoniyatlariga mos yangi buyumlarni loyihalash usulidir. Hattoki, avangard modellarida ham odam tana proporsiyalari, buyumning qulayligi inobatga olinishi kerak. Masalan, cho„ntaklarni joylanishi foydalanishga qulay bo„lishi kerak, sumkaning taqilmasi bir qo„l bilan ochilishi kerak.
O„yin usuli modada o„yin fursatini nazarda tutadi, o„yin esa doimo innovatsion faoliyat bilan bog„liq. O„yin moda namunalari va siymolarini o„zgarishiga olib boradi va qidirishni rag„batlantiradi. O„yin uchun jarayonni o„zi muhim, qayerda buyumni transformatsiya va yakuniga yetkazmaslik asosi qo„yiladi. Erkin ruh, teatrallik, tavvakkal va ermak - bular barchasi zamonaviy dizayn elementlari. XXI asr libos kolleksiyalarida o„yin usuli ko„pincha qo„llanadi: dekonstruksiya, eklektika va boshqalarda.

Download 280,61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 280,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Academic Research in Educational Sciences VOLUME

Download 280,61 Kb.