ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri) hamda boshqa qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Tadbirlarda aholiga munosib mehnat sharoitlari yaratish, xodimlar ruhiyatiga salbiy ta`sir etuvchi omillar, ularni boshqarish usullari hamda bartaraf etish mexanizmlari, ishchi-xodimlarning ish jarayonida samarali faoliyat yuritishini ta`minlash borasidagi sa`y-harakatlarni takomillashtirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Shuningdek, mehnat muhofazasi madaniyatini rivojlantirish, korxona va tashkilotlarda ushbu yo`nalishda olib borilayotgan ishlar sifati hamda samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olishda ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari keng muhokama qilinmoqda.
Mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish usulidan qati nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar o‘z xodimlari uchun sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini ko‘rishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart. Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi.
Shu o‘rinda xalqaro xamjamiyat tomonidan mehnatni muhofaza qilishda muhim bo‘lgan bir qator xalqaro hujjat va konvensiyalar qabul qilingan bo‘lib, unda ko‘rsatilgan talablar inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. O‘zbekiston ayni vaqtda Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) 16 ta konvensiyasini ratifikatsiya qilgan, jumladan, ularning sakkiztasi asosiy hisoblanadi. (2021-yil)
Majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha O‘zbekistonda ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 10 may kuni 349-son “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qilingan.
Ushbu qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi konistitutsiyasi va boshqa normativ huquqiy hujjatlarda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlanganligini inobatga olib, majburiy mehnatni ta’qiqlovchi bir qator vazifalar davlat boshqaruv organlari rahbarlariga belgilab berildi. Ulardan
62
|