|
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
|
bet | 3/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 225,64 Kb. | | #255622 |
Bog'liq ARIMS0715 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash, biron-bir shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari amalga oshirilishini nazorat qilish choralarini kuchaytirish ishlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligigiga yuklatildi.
2021-yil 8-mayda bo’lib o’tgan “Oʼzbekistonda mehnat qonunchiligining bajarilishi toʼgʼrisida shaffof hisobot” mavzusidagi xalqaro onlayn tadbirda davlat mehnat inspektsiyasi boshligʼi, bosh davlat mehnat inspektori Qudratilla Odinayev shunday dedi:
“2020-yilda Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan jami 26 mingdan koʼproq fuqaroning murojaati koʼrib chiqildi. Shundan 18 mingdan koʼprogʼi qanoatlantirildi. 9 mingga yaqin fuqaroga tushuntirishlar berildi. 2020-yilda 2019-yilga nisbatan majburiy mehnat holatlariga barham berish boʼyicha yaxshi natijalarga erishdik. Misol uchun, 2019-yilda davlat mehnat inspektorlari tomonidan olib borilgan tekshirishlar natijasida joylarda jami 259 ta majburiy mehnat holati aniqlangan boʼlsa, 2020-yilda bu holat 106 tani tashkil qiladi”.
Bundan ko’rinib turibdiki, Oʼzbekistonda 2020-yilda majburiy mehnat holatlariga barham berish boʼyicha 2019-yilga nisbatan yaxshi natijalarga erishildi.
Mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha rivojlangan davlatlarining aksariyati inson mehnat faoliyati va uning ijtimoiy ximoyasiga alohida e’tibor qaratadi. Jumladan; Germaniya, Italiya, Fransiya, AQSh, Yaponiya kabi davlatlarda insonning salomatligi uning mehnat faoliyati bilan bog‘liq ekanligini inobatga olinib, nafaqat hodimlar balki insonlarni sog‘ligini muhofaza qilish uchun sug‘urta kompaniyalarining roli ham muhim o‘rin tutadi.
Munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash dasturi XMTning uchta asosiy yo‘nalishlari, ya’ni: ishdagi xavfsizlik va ishchilarning salomatligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaning minimal talablari va munosib maosh komponentlarini o‘z ichiga oladi. Ishdagi xavfsizlik va ishchilarning salomatligini ta’minlash komponenti doirasida XMT O‘zbekiston Hukumati va ijtimoiy hamkorlariga mamlakatning mazkur sohadagi huquqiy-me’yoriy bazasini tahlil qilishga yordam berib, tegishli islohotlar borasidagi tavsiyalarini beradi. Ijtimoiy tizimni kengaytirish va takomillashtirish borasida XMT o‘zining uch tomonlama hamkorlariga XMTning Ijtimoiy himoyaning minimal talablari borasidagi tavsiyasini amalga oshirish bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda
63
|
| |