|
Acl ro`yxatini sozlash (standart, extended) Ishdan maqsad
|
bet | 1/5 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #267135 |
ACL RO`YXATINI SOZLASH (STANDART, EXTENDED)
Ishdan maqsad
Ma’lumot uzatish tarmoqlarida qo‘llaniluvchi ACL-ro`yxati tuzish, sozlash va tekshirish qoidalarini tadqiq qilish.
Topshiriq
Standart ACL bo`yicha tarmoq yarating va qoidalar ro`yxati bo`yicha konfiguratsiya sozlamalarini kiriting.
Extended ACL bo`yicha tarmoq yarating va qoidalar ro`yxati bo`yicha konfiguratsiya sozlamalarini kiriting.
Ikkala usul bo`yicha marshrutizator kiritilgan qoidalar ro`yxatini tahlil qiling
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Tarmoq trafigini filtrlash uchun ACL marshrutizatorning infterfeysida uzatilayotgan paketni o‘tkazishni yoki blokka tushirishni tekshiradi. Marshrutizator har bir paketni tekshiradi va ACL da o‘rnatilgan mezonlarga asosan paketni nima qilish: uzatish yoki tashlab yuborish kerakligini aniqlaydi.
ACL ni mezonlari quyidagilar:
IP ACL – bu IP paketga qo‘llaniladigan rad etish va ruxsat berish xolatlarining ketma – ket buyruqlar to‘plami. Marshrutizator ACL ni shartlariga mos ravishda bittalab paketni tekshiradi.IP ACL ni quyidagi turlari sozlanishi mumkin:
standart ACL;
kengaytirilgan ACL;
dinamik ACL (qulf va kalit);
nomlangan ACL IP – ro‘yxatlar;
refleksif ACL;
proksi – autentifikatsiya;
Turbo ACL.
Standart ACL buyrug‘ini ko‘rinishi quyidagicha:
Standart ACL (faqat ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar uchun) IP paketlarni uzatuvchi manzili bilan ro‘yxatga kiritilgan manzillarni solishtirish orqali trafikni boshqaradi.
Standart ACL ro‘yxatini qabul qiluvchi manziliga yaqinroq joylashtirilishi maqbul hisoblanadi, chunki ushbu trafikning ACL qo‘llaniladigan interfeysidagi boshqa tarmoqlarga yetib borishini oldini oladi. Kirish ro‘yxatlari ramziy nomlar yoki nomerlar bilan belgilanadi:
standart: 1 dan 99 gacha;
kengaytirilgan: 100 dan 199 gacha.
|
| |