Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish




Download 0.82 Mb.
bet2/2
Sana20.12.2022
Hajmi0.82 Mb.
#36260
1   2
Bog'liq
Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish
Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja
1-misol.
18 oylik ma’lumotlar asosida korxonaning daromadi (y, mlrd. so’m)ni hom ashyo bahosi (x1, mln. so’m/1 tonna) va mehnat unumdorligi (x2, mahsulot birligi/bir ishchiga)ga bog’liqligini ifodalovchi regressiya tenglamasi tuzilgan:


Qoldiq miqdorni tahlil qilganda quyidagi jadvalda keltirilgan qiymatlardan foydalanilgan:
4.1-jadval

Oylar

y

x1

x2

1

210

800

300

2

720

1000

500

3

300

1500

600











Topshiriq:

  • Birinchi uch oy uchun larni hisoblang.

  • kriteriysini hisoblang.

  • Olingan natijani 5%li ahamiyatlilik darajasi bilan baholang.

  • Tuzilgan tenglama prognoz uchun yaroqliligini aniqlang.



Yechish
1. ning qiymatini x1 va x2 larning haqiqiy qiymatlarini regressiya tenglamasiga qo’yib topiladi:


Qoldiq quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:


Bundan,
ning qiymatlari ning qiymatlarini bir oyga surilganiga teng.
Hisoblashlar natijalarini quyidagi jadval ko’rinishida yozamiz.

Oylar



















1

200

10










100

2

700

20

10

10

100

400

3

350

-50

20

-70

4900

2500






























40000

10500



2. Darbin-Uotson kriteriysi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:


3. Olingan natijani 5%li ahamiyatlilik darajasi bilan baholash uchun d ning haqiqiy qiymatlarini Darbin-Uotson kriteriysi jadval ma’lumotlari bilan solishtiramiz. n=18 oy va m=2 (omillar soni) bo’lganda ning quyi chegarasi 1,05ga teng, yuqori chegarasi esa 1,53. d ning haqiqiy qiymati 4ga yaqin bo’lganligi sababli qoldiqda avtokorrelyatsiyaning manfiy qiymati bilan tavsiflanadi. Avtokorrelyatsiyani manfiylik qiymatini tekshirish uchun quyidagi kattalikni topamiz:
4- d =4-3,81=0,19,
ushbu kattalik dan ancha kichik. Bu esa qoldiqda avtokorrelyatsiya mavjudligini bildiradi.


4. Qoldiqda avtokorrelyatsiya mavjudligi sababli regressiya tenglamasini prognozlash uchun qo’llash mumkin emas. Qoldiqdagi avtokorrelyatsiya tenglamaga qandaydir muhim omil kiritilmaganligini yoki bog’lanishning shakli noto’g’ri tanlanganligini bildiradi.


2misol.
Jadvalda oilaning bir a’zosiga daromad va A mahsulotga harajatlar miqdori haqida ma’lumotlar berilgan:
4.2-jadval

Ko’rsatkichlar

2010 y.

2011 y

2012 y.

2013 y.

2014 y.

2015 y.

A mahsulotga harajatlar, ming so’m.

30

35

39

44

50

53

Oilaning bir a’zosiga daromad,
2010 yilga nisbatan,%

100

103

105

109

115

118



Topshiriq:

  • Daromad va harajatlarni yillik mutloq o’sishini aniqlang va har bir qatorni rivojlanish tendentsiyalari haqida xulosa qiling.

  • A mahsulotga talabni daromadga bog’liqligi modelini tuzish uchun tendentsiyani yo’qotishning asosiy yo’llarini ko’rsating.

  • Dinamik qatorning berilgan darajalarini birinchi tartibli ayirmalaridan foydalanib talabning chiziqli modelini tuzing.

  • Regressiya koeffitsientining iqtisodiy ma’nosini tushuntiring.

  • Vaqt omilini kiritib A mahsulotga talabning chiziqli modelini tuzing. Olingan parametrlarni izohlab bering.

Yechish

  • A mahsulotga harajatni y deb, oilaning bir a’zosiga daromadni x deb belgilaymiz Yillar bo’yicha mutloq o’sish quyidagi formula orqali aniqlaymiz:



Hisoblashlarni jadval ko’rinishda ifodalaymiz:













30

-

100

-

35

5

103

3

39

4

105

2

44

5

109

4

50

6

115

6

53

3

118

3



Δy ning qiymati aniq ifodalangan tendentsiyaga ega emas, ular o’rtacha daraja atrofida o’zgaradi, bu dinamik qatorda chiziqli trend borligini bildiradi.
Huddi shunday xulosani x bo’yicha qatorga ham chiqarish mumkin: mutloq o’sishlar aniq yo’nalishga ega emas, ular taxminan turg’un holatda, demak qator chiziqli tendentsiya bilan tavsiflanadi.



  • Dinamik qator umumiy o’sish tendentsiyasiga ega bo’lganligi sababli A mahsulotga talabni daromadga bog’liqligining regressiya modelini tuzish uchun tendentsiyani yo’qotish kerak. Buning uchun model birinchi tartibli ayirma bo’yicha tuziladi, ya’ni agar dinamik qator chiziqli tendentsiya bilan tavsiflansa Δy=fx) ko’rinishda bo’ladi.

Modelni tuzishda tendentsiyani hisobga olishning yana bir yo’li –har bir qator uchun trendlarni aniqlashdan iborat:


va undan chetlanish:
=
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, endi model trenddan chetlanish bo’yicha tuziladi, ya’ni:
dy = f(dx).
Ekonometrik modellarni tuzishda asosan tendentsiyani hisobga oluvchi boshqa yo’l –modelga vaqt omilini kiritish yo’li qo’llaniladi. Boshqacha aytganda model berilgan ma’lumotlar asosida tuzilib, unga bog’liq bo’lmagan omil sifatida vaqt kiritiladi, ya’ni:

  • Model quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:



a va b parametrlarning qiymatlarini aniqlash uchun EKKUni qo’llab, normal tenglamalar sistemasini hosil qilamiz:


Misol.imiz ma’lumotlaridan foydalanib quyidagi sistemani olamiz:


Bu sistemani echib a = 2,565 va b = 0,565 ekanligini topamiz va bundan foydalanib quyidagi modelni hosil qilamiz:

  • Regressiya koeffitsienti b = 0,565 ming so’mga teng. U jon boshiga daromad 1%ga o’sganda A mahsulotga harajatlar 0,565 ming so’mga teng bo’lgan o’rtacha tezlanish bilan o’sib borishini ko’rsatadi.




  • A mahsulotga talabning chiziqli modeliga vaqt omilini kiritiganda u quyidagi ko’rinishni oladi:


unga EKKUni qo’llab quyidagi normal tenglamalar sistemasini olamiz:


Hisoblashlar natijalarini quyidagi jadval ko’rinishida ifodalaymiz:

t

y

x

yx

yt

xt

x2

t2

1

30

100

3000

30

100

10000

1

2

35

103

3605

70

206

10609

4

3

39

105

4095

117

315

11025

9

4

44

109

4796

176

436

11881

16

5

50

115

5750

250

575

13225

25

6

53

118

6254

318

708

13924

36

=21

251

650

27500

961

2340

70664

91



O’zgaruvchilarning qiymatlarini normal tenglamalar sistemasiga qo’ysak u quyidagi ko’rinishni oladi:


sistemani echib, parametrlarning a = 5,42; b = 0,322; c=3,516 qiymatlarini topamiz va natijada quyidagi regressiya tenglamasini olamiz:


Parametr b = 0,322 y va x lar orasidagi bog’lanish kuchini ko’rsatadi. Uning qiymati bir oila a’zosiga daromadning 1foizga o’sishi bilan tendentsiya o’zgarmagan holda A mahsulotga harajatlar o’rtacha 0,322 ming so’mga oshishini bildiradi.


3-misol.
Oxirgi uch yilda hududdagi nikohlar soni haqidagi oylar bo’yicha ma’lumotlar asosida dinamik qatorning additiv modeli tuzilgan. Mos oylar uchun mavsumiy komponentalarning tuzatilgan qiymatlari jadvalda keltiriladi. 4.3-jadval

Oylar

Mavsumiy komponentalarning tuzatilgan qiymatlari

Oylar

Mavsumiy komponentalarning tuzatilgan qiymatlari

Yanvar

-1,0

Iyul

3,0

Fevral

2,0

Avgust

1,0

Mart

-0,5

Sentyabr

2,5

Aprel

0,3

Oktyabr

1,0

May

-2,0

Noyabr

-3,0

Iyun

-1,1

Dekabr

?



Trend tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega:
.
Trend parametrlarini hisoblashda haqiqiy vaqt hisobga olingan, ya’ni t=1,2,….,36.


Topshiriq:

  • Dekabr oyi uchun mavsumiy komponenta qiymatini toping.

  • Tuzilgan model asosida keyingi yilning birinchi choragi davomida qayd etilgan nikohlarning umumiy sonini prognozlang.



Yechish
1. Mavsumiy komponentalarning bir davr ichidagi qiymatlarini yig’indisi (dinamik qatorlar additiv modelini tuzish metodikasiga asosan) nolga teng bo’lishi kerak. Bundan kelib chiqib dekabr oyi uchun mavsumiy komponentaning qiymati quyidagiga teng:


2. Additiv modelda Ft dinamik qator darajasining prognoz qiymati Tt trend qiymati va St mavsumiy komponentaning mos qiymatlari yig’indisiga teng.
Keyingi yilning birinchi choragida qayd etilgan nikohlar soni yanvar –F37 , fevral F38 va mart F39 oylaridagi nikohlar soni yig’indisidan iborat.
Trend qiymatlarini hisoblash uchun masala. shartida ko’rsatilgan trend tenglamasidan foydalanamiz:
.
.


.
Mavsumiy komponentalarning mos qiymatlari:
S1 = -1 – yanvar
S2 = 2 – fevral
S3 = -0,5 – mart.


Shunday qilib:


Keyingi yilning birinchi choragida qayd etilgan nikohlar soni :
2,61+5,64+3,17=11,42 ming kishini tashkil etadi.
Download 0.82 Mb.
1   2




Download 0.82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish

Download 0.82 Mb.