|
Bu Adobe photoshpning birinchi logotipi
|
bet | 4/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 381,37 Kb. | | #228158 |
Bog'liq Adobe Photoshop dasturida rasmlar bilan ishlash jarayonida filtrlar va effektlardan foydalanishning axamiyatiBu Adobe photoshpning birinchi logotipi.
Adobe Creative Suite paketi tarkibida.
2003-yilning oktabrida ishlab chiqilgan Photoshop 8.0 Photoshop CS deb nomlana boshladi, negaki endi u Adobening yangi Creative Suite tarmogʻi mahsulotlariga tegishli edi. 2007-yilgi Photoshop 10.0 dasturi Photoshop CS3 deb nomlandi. CS3 — dastur Adobe Creative Suite dasturlar paketining uchinchi versiyasiga moslashganini bildiradi. Eski CS va CS2 versiyalari dasturning yangi tarmoqqa mansubligini bildirish va oldingi versiyalaridan farqlantirish maqsadida dasturning bosh ramzida 3 dan 7 versiyasigacha mavjud boʻlgan koʻz chiroyli patlar bilan oʻzgartirildi. Yangi versiya yangi imkoniyatlarga ham ega boʻldi. Photoshop CS3 ramzida esa koʻk chegarali toʻrtburchak ichidagi PS yozuvi aks etadi.
Adobe Creative Cloud paketi tarkibida.
2013-yil iyunida ishlab chiqilgan Photoshop 14 Photoshop CC nomiga ega. CC qisqartmasi dastur Adobe Creative Cloud dasturlar paketi tarmogʻiga moslashtirilganini bildiradi. 2014-yildan boshlab mahsulot versiyalari yangi nomlanishga ega boʻldi: endi uning nomida qachon ishlab chiqilgani ham yoziladi (Photoshop 2014.0.0). Yangi versiyaga Adobe Camera RAW plagini ham oʻrnatildi, endilikda dastur koʻplab fotokameralardan suratlarni toʻgʻridan toʻgʻri ola oladi.
Muqobillari
Photoshop mukammal surat muharriri boʻlsada va shu sohadagi bozorda monopolashgan boʻlsada, juda qimmatligi unga nisbatan arzon yoki bepul dasturlarning yaratilishiga olib keldi. Misol uchun, GIMP dasturi mutlaqo bepul. Shu sababli ham Adobe firmasi ommaga oʻz mahsulotining arzon va bepul koʻrinishlarini taqdim etdi. Ular Photoshop Elements va bepul targʻib etiladigan Photoshop Albumdir. Bu dasturlarda funksiyalar juda qisqartirilgan va maʼlum bir ishlar uchun asqotadi. Adobe Photoshop Lightroom dasturi fotosuratlarni shunchaki kichik tahrirlash uchun xizmat qiladi.
Adobe Photoshop dasturini qo’llash.
Yangi hujjat yaratish Photoshop dasturida hujjat yaratishda bo‘sh xolst o‘rniga Adobe Stock ning keng ko‘lamdagi andozalaridan foydalanish mumkin. Andozalar loyiha uchun tayyor tasvir va boshqa elementlardan tashkil topadi. Photoshop dasturida andozalar bilan ishlash odatiy hujjatlar bilan ishlagandek amalga oshiriladi. Bundan tashqari yangi hujjat yaratishda tayyor hujjat o‘lcham andozalaridan ham foydalanish yoki hujjat o‘lchamini mustaqil berish ham mumkin. Keyin foydalanish uchun foydalanuvchi hujjat o‘lchamini saqlab olish imkoniyati mavjud. Andozalar va o‘lcham andozalari Andozalar hujjat uchun andoza va qayta ishlanadigan elementlarni taqdim etadi. Sifatli tasvirlar va grafiklardan tashkil topgan andozalarni Photoshop dasturi ichidan Adobe Stock dan yuklab olish mumkin. Ushbu andozalar asosida belgilangan xususiyat va dizayn elementlariga ega hujjat yaratib olish mumkin. Andozalar .psd kengaytmasiga ega. Bo‘sh hujjat o‘lcham andozalari - oldindan belgilangan o‘lcham va xususiyatga ega bo‘sh hujjat. O‘lcham andozalari ma’lum qurilmalar uchun hujjat yaratishni osonlashtiradi. Bo‘sh hujjat o‘lcham andozasi oldindan belgilangan o‘lcham, rang rejimi, o‘lchov birligi, yo‘nalishi, joylashishi va nuqtalar zichligi kabi xususiyatlariga ega. Andozalar va o‘lcham andozalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: - tasvir; - chop etiluvchi; - grafik; - veb; - mobil; - video. Yangi hujjat yaratish dialog oynasi Yangi hujjat yaratish dialog oynasini ochish uchun Photoshop dasturini ishga tushirib quyidagilardan birini amalga oshirish kerak: 5 - Ctrl+N tugmalar kombinatsiyasini bosish; - File menyusidan New qatorini tanlash; - Start ishchi sohasida New yoki Start New tugmalarini bosish; - Ochiq hujjatning sarlavha qismi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylab o‘ng tugmasini bosish va ochilgan kontekst menyusidan New Document qatorini tanlash: Dialog oynasining elementlari Yangi hujjat yaratish dialog oynasi quyidagi imkoniyatlarni beradi: - Adobe Stockning bir nechta kategoriyalari (tasvir, chop etiluvchi, grafik, veb, mobil, video)dan tanlangan andozalaridan foydalanib yangi hujjat yaratish; - Boshqa andozalarni izlash va ular asosida hujjat yaratish; 6 - Fayllar, andozalar va oxirgi ishlangan elementlarga tez murojaat qilish; - Qayta foydalanish uchun foydalanuvchining hujjat o‘lcham andozalarini saqlash va keyinchalik ularga tez murojaat qilish; - Bo‘sh hujjat o‘lcham andozasi yordamida hujjat yaratish. O‘lcham andozasidan foydalanib hujjat yaratish O‘lcham andozasidan foydalanib hujjat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Yangi hujjat yaratish dialog oynasida kerakli kategoriya bo‘limi tanlanadi; 2. O‘lcham andozasi tanlanadi; 3. Zarur hollarda o‘lcham andozasi qiymatlariga o‘zgartirishlar kiritiladi; 4. Dialog oynasining Create tugmasi bosiladi va dastur o‘lcham andozasi asosida yangi hujjat yaratadi. O‘lcham andozasi qiymatlarini o‘zgartirish O‘lcham andozasi asosida yangi hijjat yaratishdan oldin yangi hujjat yaratish dialog oynasining o‘ng qismida joylashgan O‘lcham andozasi xususiyatlari panelidan andozaning quyidagi qiymatlarini o‘zgartirib olish mumkin: 7 1. Yangi hujjatning nomini belgilash; 2. Width va Height: hujjatning o‘lchamlarini belgilash; ochiluvchi menyudan o‘lchov birligini belgilash; 3. Orientation: hujjat varog‘ining yo‘nalishini belgilash; 4. Artboards: hujjatga artboard elementlarini qo‘shish; 5. Resolution: hujjatning nuqtalar zichligini belgilash; 6. Color Mode: hujjatning ranglar rejimini belgilash; 7. Background Contents: hujjatning orqa fon rangini belgilash mumkin. Foydalanuvchi o‘lcham andozasini saqlash Mavjud o‘lcham andozasini yangi qiymatlar bilan saqlash yoki yangi o‘lcham andozasi sifatida saqlash mumkin. Yangi o‘lcham andozasini yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. O‘lcham andozasining qiymatlarini belgilagandan keying o‘lcham andozasi xususiyatlari panelida tugmasi bosiladi; 2. Yangi o‘lcham andozasi uchun nom beriladi; 3. Saqlash tugmasi bosiladi. Yaratilgan o‘lcham andozasiga Yangi hujjat yaratish dialog oynasining Saved bo‘limidan murojaat qilish mumkin. Stock andozalari yordamida yangi hujjat yaratish Photoshop dasturida Adobe Stockdan turli hujjat andozalari mavjud. Andoza yordamida hujjat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Yangi hujjat yaratish dialog oynasida tasvir, chop etiluvchi, grafik, veb, mobil, video bo‘limi tanlanadi; 2. Bo‘limdan kerakli andoza tanlanadi; 3. Hujjat andozasini ko‘rib olish uchun dialog oynasining o‘ng qismidan See Preview tugmasi bosiladi; 4. Andoza Download tugmasi yordamida yuklab olinadi; 5. Hujjat andozasi yuklab olinganidan so‘ng Open tugmasi bosiladi. 8 Adobe Stockdan hujjat andozalarini izlash Adobe Stockdan oldindan tanlangan hujjat andozalaridan tashqari Yangi hujjat yaratish dialog oynasidan boshqa hujjat andozalarini izlash va yuklab olish mumkin. Yangi hujjat yaratish dialog oynasida Adobe Stockdan hujjat andozalarini qidirish uchun matn kiritib Go tugmasi bosiladi. Photoshop dasturi Adobe Stock vebsahifasini brauzer yordamida ochib beradi. Kiritilgan matn asosida topilgan hujjat andozalarini ko‘rib kerakligini yuklab olish mumkin.
|
| |