• Piksellarni o’rnatish rejimi.
  • Adobe Photoshop va Paint
  • RGB (qizil, zangori, ko’k)
  • Fayl (File), Pravka (Edit), Risunok (Image), Sloy (Layer), Vыdelenie (Select), Filtr (Filter), Vid (View), Okno (Window) va Pomoщ (Help)
  • (Panel Instrumentov-Toolbox)
  • Adobe Photoshop dasturning ish qurollari. Sohani tanlash




    Download 279 Kb.
    bet3/14
    Sana23.12.2023
    Hajmi279 Kb.
    #127382
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    maruza

    Qo’shimcha kanal, yoki alfa-kanal, ranglar kanaliga bog’liq bo’lmasdan, xaqiqiy ajratish shaklidir (aniqrogi, uni ko’rsatish va saqlash), unda ajratilgan piksellar oq rangda, qora rangda esa – ajratilmagan, qo’lrangda – qisman ajratilgan piksellar ko’rsatiladi. Ammo dastur darajasida barcha belgilanishlar alfa –kanal hisoblanadi.

  • Piksellarni o’rnatish rejimi. Barcha uskuna bilan ishlash amali – bu mavjud piksellar ustiga yangilarini o’rnatish funktciyasini bildiradi. Oddiy rejimda mavjud piksel yangisi bilan o’zgartiriladi. Biroq boshqa variantlar xam mavjud bo’lishi mumkin.

    Kompyuter grafikasi 2 xil bo’ladi: vektorli va rastrli (nuqtali). Vektorli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flash dasturlarni aytish mumkin. Ushbu dasturlarda rasmlar har xil chiziqlar va qiyshiq vektorlardan iborat bo’ladi.


    Vektorli grafikada yaratilgan rasmlar logotip, illyustratciyalar va zastavkalar yaratishda foydalaniladi. Rastrli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni aytish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat-piksellardan iborat bo’lib mozaika holatida rasmni hosil qiladi. Rastrli grafikadan rakamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. Kompyuter grafikada dyuymdagi piksellar soni (ppi) asosiy shart bo’ladi. Piksellar soni qancha ko’prok bo’lsa, tasvir shuncha sifatliroq bo’ladi. Masalan, agar ppi=72 bo’lsa, u holda 1 kvadrat dyuymga 5184 piskel joylashadi va uning hajmi 6 Kb bo’ladi, agar esa ppi=144 bo’lsa u holda 1 kvadrat dyuymga 20736 piskel joylashadi va endi uning hajmi 21 Kb ga teng bo’ladi. Shu bilan birga monitorning ko’rsatish va printerning chiqarish sifati-dyuymga piskellar soni (dpi) (72 yoki 96 dpi) va dyuymga chiziqlar soni (Ipi) (300-2400 dpi lazerli, sepuvchi printerlar uchun va 75-200 lpi matritcali printerlar uchun), hamda kompyuter ranglar sifati (2, 16, 256, 32 000, 16 000 000 ranglar soni) ham katta ahamiyatga ega bo’ladi. Rang holatlari-ranglarni chiqarish va ko’rsatish yo’li. Rang holatlari 2 xil bo’ladi: RGB (qizil, zangori, ko’k) monitorlarda tasvir ko’rsatishda foydalaniladi, CMYK (havorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. RGB holatidagi ranglar soni CMYK holatiga qaraganda ko’proq.
    Adobe PhotoShop dasturni ishga tushirish uchun Windows ning asosiy menyu tugmasini bosamiz, uning ichidan Programmы bo’limini tanlaymiz va Adobe nomli guruhdan Adobe PhotoShop nomli buyruqni tanlaymiz. Natijada quyidagi oyna hosil qilinadi:

    U shbu oynaning yuqorisida menyu satri joylashgan. U quyidagi qismlardan iborat: Fayl (File), Pravka (Edit), Risunok (Image), Sloy (Layer), Vыdelenie (Select), Filtr (Filter), Vid (View), Okno (Window) va Pomoщ (Help).


    U ning tagida ish qurollarning xususiyatlari sohasi (Panel Svoystv -Options bar) joylashgan. Agar ushbu soha ekranda yo’q bo’lsa uni Okno (Window) menyusidagi Svoystva (Options) buyrug’i yordamida ekranga chiqarishimiz mumkin.


    Xususiyatlar sohasi pastida ish sohasi joylashgan bo’lib, uning chap tomonida ish qurollar sohasini (Panel Instrumentov-Toolbox) ko’rishimiz mumkin. Ish sohasining o’ng tomonida har xil yordamchi sohalar joylanishi mumkin: Sloi-Layers, Istoriya-History, Kanalы-Channel, Tcveta-Color, Stili-Style, Svoystva kisti-Brushes, Svoystva shrifta-Character va hokazo. Ushbu sohalarni ham Okno(Window) menyusidagi buyruqlar yordamida ekranga chiqarishimiz va ekrandan olib tashlashimiz mumkin.

    Yordamchi sohalarni kichiklashtirishimiz ham mumkin. Buning uchun sohaning yuqorisidagi kichkinalashtirish (svernut) tugmasidan foydalanamiz. Yordamchi sohalarda bizga eng kerakligi bu ish qurollar (Panel Instrumentov-Toolbox) va qatlamlar sohasidir (Sloi-Layers). Yangi PhotoShop faylini yaratish yoki eski faylni qayta ochish uchun menyu Fayldagi Sozdat va Otkrыt buyrug’laridan foydalanamiz. Fayl yaratganimizda ekranda quyidagi oyna hosil qilinadi

    Bu oynada uning nomini Name, turini Preset, enini Width, buyini Height, sifatini Resolution, ranglar holatini, orqa (fon) rangini tanlashimiz kerak bo’ladi. Hammasini tanlagach OK tugmasini bosamiz va natijada ekranda yangi bo’sh ish soha hosil qilinadi.





    Download 279 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 279 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adobe Photoshop dasturning ish qurollari. Sohani tanlash

    Download 279 Kb.