• Corel Draw dasturi yuklanganidan keyin quyidagi oyna hosil boladi
  • Paint grafik muharrirda ishlash
  • - Pusk (Boshla) menyusidan Programmi (Dasturlar) bandini, keyin Standartnie (Standart) dasturlar guruhidan "Paint" ni tanlash kerak.
  • Paint dasturining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
  • 4. Tasvirni tahrirlash; 5. Tasvirni chop etish;
  • Power Point dasturi Power Point dasturini ishga tushirish
  • Yuqorida ko`rsatilgan joyda Microsoft Power Point qismi bo`lmasi C:Program Files/microsoft Office/Office
  • Amaliy dasturiy mahsulotlar. Kompyuter grafikasi turlari




    Download 206.82 Kb.
    Sana13.11.2023
    Hajmi206.82 Kb.
    #97949
    Bog'liq
    Amaliy dasturiy mahsulotlar
    Boshlang\'ich matematika kursi nazariyasi.B.S.Abdullaeva

    Amaliy dasturiy mahsulotlar. Kompyuter grafikasi turlari

    Bajardi: Maxammatova Maftuna

    Tekshirdi: Raimova Marfuga

    Reja:

    1.Rastrli grafika

    2.Vektorli grafika

    3.Corel Draw dasturi

    4.Paint grafik muharrir

    5.Power Point dasturi

    Rastrli grafika

    Rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - piksellardan tashkil topgan bo'ladi. Har bir piksel alohida rangga ega bo'ladi. Ular majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi. Foydalanuvchi har bir pikselga ishlov berish imkoniga ega bo'ladi, tasvirdagi piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa, tasvir shunchalik yuqori sifatli bo'ladi. Tasvirdagi piksellar zichligi DPI (Dot Per Inch - dyuymdagi nuqtalar soni) deyiladi, ya'ni bir dyuymda (1 dyuym=2,54 sm) nechta nuqta joylashganligini belgilaydi. Gazeta va boshqa ro'znomalarda mazkur ko'rsatkich odatda 150 dpi, rangli jurnallarda 300 dpi, fotosurat va kompozisiyalarda 600-1200 dpi tashkil etadi. Ekranda tasvirlanadigan rasmlar uchun esa 72 dpi sifat ko'rsatkichi yetarli hisoblanadi.

    • Rastrli kompyuter grafikasida ranglar tizimiga katta e'tibor qaratish kerak. Grafikada asosan RGB (Red, Green, Blue) va CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, blacK) rang tizimlari qo'llaniladi. RGB ang tizimi ekranda tasvirlanadigan rasmlar uchun (masalan veb-sahifada), CMYK rang tizimi asosan chop etiladigan tasvirlar uchun foydalaniladi.
    • Rastrli grafika bilan ishlash dasturlari bir nechta vazifalarni bajarish imkonini beradi:
    • - Tasvirni import qilish - skaner, raqamli fotoapparatdan kiritish, boshqa formatdagi
    • rasmlarni kiritish (bmp, jpg, png, tif, gif, psd, pdf, wmf va boshqalar);
    • - Tasvirni tahrirlash - o'zgartirishlar kiritish, ranglar bilan bo'yash, chizish, o'chirish, yorqinlik
    • va aniqlik darajasini o'zgartirish;
    • - Rang tizimini o'zgartirish;
    • - Chop etish;
    • - Boshqa nom va kengaytma bilan saqlash;
    • - Har xil effektlarni qo'llash.

    Vektorli grafika

    • Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo'ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikaning afzalliklaridan biri bu - rasm masshtabini qanchalik kattalashtirmang, uning sifati sira ham o'zgarmaydi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo'yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
    • Vektorli grafikaimkoniyatlaridan mukammal foydalanish uchun maxsus dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq, masalan: Corel Draw, Macromedia FreeHand, Adobe Illustrator va boshqalar.

    Corel Draw dasturi

    Corel Draw dasturi o'zida mavjud bo'lgan uskunalar va shakllar yordamida biror bir tasvirni yaratish, unga turli effektlarni qo'llash, rastrli tasvirlarni import qilish, tayyor tasvirni chop etish yoki eksport qilish imkoniyatlarini beradi.

    Corel Draw dasturi yuklanganidan keyin quyidagi oyna hosil bo'ladi:

    Corel Draw dasturi yuklanganidan keyin quyidagi oyna hosil bo'ladi:

    • Mazkur oyna quyidagilardan tashkil topgan:
    • - Dastur sarlavhasi - dastur nomi va joriy ochilgan hujjat nomini aks ettiradi;
    • - Bosh menyu - barcha farmoish va sozlash, effektlarni o'ziga olgan;
    • - Standart panel - asosiy tahrirlash amallarini bajaradigan uskunalarni o'ziga olgan;
    • - Xususiyatlar paneli - tanlangan uskuna yoki belgilangan ob'ektga muvofiq tarkibi o'zgaradigan xususiyat (parmetr) lar paneli;
    • - Uskunalar paneli - barcha uskunalarni o'ziga olgan;
    • - Holat satri - joriy amallar haqida ma'lumot aks etadi;
    • - Ranglar atlasi - ob'ektlarni bo'yashda qo'llaniladigan ranglar majmuasi.

    Paint grafik muharrirda ishlash

    Windows operasion sistemasi tarkibida sodda nuqtali (rastrli) grafika tahrirlash dasturi mavjud,bu dastur nomi Paint. Paint dasturi murakkab bo'lmagan tasvirlarni yaratish va ayrim hollarda tayyor rasmlarga ishlov berish imkonini beradi. Mazkur dasturni ishga tushirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:

    - Pusk (Boshla) menyusidan Programmi (Dasturlar) bandini, keyin Standartnie (Standart) dasturlar guruhidan "Paint" ni tanlash kerak.

    - Pusk (Boshla) menyusidan Vipolnit (Bajar) bandini tanlab, hosil bo'lgan buyruq satriga "pbrush" buyrug'ini kiritib, OK tugmasini yoki Enter tugmasini bosish kerak. Natijada ekranda dastur oynasi hosil bo'ladi.

    Paint dasturining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    Paint dasturining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. Yangi tasvir yaratib, uni saqlash.

    2. Hujjatni boshqa nom va kengaytma bilan saqlash;

    3. Tasvirni raqamli foto kamera yoki skanerdan kiritish;

    4. Tasvirni tahrirlash;

    5. Tasvirni chop etish;

    6. Tasvirni o'chirish;

    7. Tasvirni Windows operasion sistemasi ish stoliga joylashtirish.

    Paint dasturida tasvir ustida barcha amallar uskunalar paneli yordamida amalga oshiriladi.

    Paint dasturida tasvirni saqlash uchun klaviaturadagi Ctrl+S tugmalarini bosish yoki Fayl menyusidan Soxranit (Saqlash) farmoishini tanlab, hosil bo'lgan muloqot oynada Imya fayla (Fayl nomi) satriga fayl nomini kiritib, Soxranit (Saqlash) tugmasini bosish kerak.

    Power Point dasturi

    Power Point dasturini ishga tushirish

    Power Point dasturini ishga tushirish

    Odatda Microsoft Power Point dasturini ishga tushirish uchun Windowsning “Pusk” tugmasi bosiladi, menyuning “Programmi” bandidan “Microsoft Power Point” nomli qismi ishga tushiriladi.

    Yuqorida ko`rsatilgan joyda Microsoft Power Point qismi bo`lmasi C:Program Files/microsoft Office/Office katalogiga kirib Powerprnt ishga tushiriladi.


    Download 206.82 Kb.




    Download 206.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy dasturiy mahsulotlar. Kompyuter grafikasi turlari

    Download 206.82 Kb.