• Photoshop dasturi
  • Фильтр
  • Adobe photoshop interfeysi: Panel, Loyihalash, Qo'llanma oynasi




    Download 0,74 Mb.
    bet4/13
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #250095
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Adobe Photoshop, Adobe Illustrator yoki boshqa grafik dasturlarining avfzal va kamchiliklari.

    1.2. Adobe photoshop interfeysi: Panel, Loyihalash, Qo'llanma oynasi
    Adobe Photoshop dasturi – grafik obyektlarni qayta ishlash, o`zgartirish, saqlash uchun qo`llanuvchi ko`p sonli dasturlardan biridir. Adobe Photoshop palitra bilan ishlash, skanerlash, import va eksport qilish, sohani belgilash, konturlar, rasm chizish, rang tanlash, qatlamlar, niqoblar, filtr, tasvir o`lchami, tasvir ruxsat etilganligi, tasvirni almashtirish, tasvirni chop etish va boshqa ko`plab imkoniyatlarga ega.
    Photoshop dasturi – grafik muharriri bo`lib, rastr (nuqtali) tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan (rastr formatli grafik fayllar, fotografiya, tasvirlar va hokazo) PhotoShop dasturining interfeysi quyidagi qismlardan iborat:
    -sarlavha satri va asosiy menyu;
    -par
    ametrlar satri;
    -uskunalar satri;
    -palitralar sohasi;
    -ishchi soha;
    -holat satri.
    Asosiy menyuning quyidagi bo`limlari mavjud:
    Файл (Fayl) - tasvirlar saqlanadigan fayllar ustida amallar;
    Редактирование (Tahrirlash) - tasvirlarni tahrirlash amallari;
    Изображение (Tasvir) - tasvirning umumiy parametrlarini o`zgartirish;
    Слои (Qatlam) - tasvir qatlamlari bilan ishlash;
    Шрифты (Shrift) - shriftlar bilan ishlash;
    Выделение (Ajratma) - tasvir bo`lagini ajratish va ajratmalar bilan ishlash;
    Фильтр (Filtr) - tasvirni butunlay yoki qisman o`zgartirish uchun xizmat qiladigan maxsus effektlarni qo`llash uchun ishlatiladi;
    3D (Uch o`lchamli) – uch o`lchamli obyektlar bilan ishlash;
    Просмотр (Ko`rish) - ilovaning tashqi ko`rinishi va undagi boshqarish obyektlarini ko`rsatish uchun xizmat qiladi;
    Окно (Oyna) - ilova oynalarini, birinchi navbatda, ilova palitralarini boshqarish uchun xizmat qiladi; Справка (Ma’lumot) - turli yordamlarni chaqirish uchun ishlatiladi
    Ekranda ko`rinib turgan asbоblar panеli оdatda, mеnyuning ( Вид– Панели-инструментов ) – ko`rinish – asbоblar panеli buyrug`i yordamida bоshqariladi. Asbоblar panеli оynaning yukоri, pastki chеgarasi bo`ylab yoki alоhida dastur оynasi ko`rinishida aks ettirilgan buladi.
    Uskunalar satrida foydalanuvchi tomonidan tasvirlar bilan ishlashda kerak bo`ladigan uskunalar joy olgan. Uskunalar soni ko`p bo`lganligi sababli bitta tugma ostida odatda bir nechta uskunalar joylangan bo`ladi. Bu uskunalarga klaviaturada bir xil harf mos qo`yilgan. Bu harfni ketma-ket bir necha marta bosib, kerakli uskunani tanlab olish mumkin. Uskunalarga lotin alifbosining bosh harflari mos qo`yilgan va ularni chaqirish uchun klaviatura tugmasi Shift tugmasi bilan birgalikda bosiladi. Bu esa klaviatura tugmasi tasodifan bosilib ketishi va uskuna ishga tushishining oldini oladi. Parametrlar satrida tanlangan uskunaning joriy parametrlari ko`rsatiladi. Zarurat bo`lganda bu yerda uskunaning parametrlarini o`zgartirish mumkin. [6] Palitralar sohasi PhotoShopning qo`shimcha imkoniyatlaridan foydalanishda juda qo`l keladi. Zarur bo`lganda u yerga palitra chaqiriladi. Kerakmas paytda palitralar olib qo`yiladi va tasvir bilan ishlash uchun ko`proq joy ochiladi. Palitralar ham uskunalar kabi bir nechtasi birlashtirilgan. Ulardan birini tanlash uchun palitra oynasining mos jildi ochiladi.

    PhotoShopning uskunalar satrida 23 ta tugma bo`lib, ular dastlab bitta ustun ko`rinishida joylashgan bo`ladi. Panelning sarlavha satrida joylashgan qo`shaloq uchburchak ko`rinishidagi tugmani bosib, uskunalarni ikki ustun ko`rinishida joylab chiqish mumkin. Yangidan paydo bo`lgan qo`shaloq uchburchaklarni yana bir marta bosib, uskunalar satrini avvalgi holatiga qaytarish mumkin.

    Uskunalar satri to`rt qismga ajratilgan bo`lib, ularning birinchisida oltita, ikkinchisida sakkizta, uchinchisida to`rtta, to`rtinchisida esa beshta tugma joylashgan. Uskunalar satridagi har bir tugmaga bir yoki bir nechta uskuna mos keladi. Shu sababli, uskunalar soni bir necha marta ko`p bo`lib, odatda, bitta tugma ostida bir nechta uskunalar joylashgan bo`ladi. Agar uskuna tugmasining o`ng quyi burchagida qora uchburchak bo`lsa, bu tugma ostida bir nechta uskuna borligini bildiradi. Bunday tugma ustiga sichqonchani olib kelib, o`ng tugmasini bossak, bu tugmaga mos keladigan uskunalar ro`yxati paydo bo`ladi va ulardan keraklisini tanlab olish mumkin.


    Odatda, har bir tugma uchun klaviaturada biron bir klavisha mos qo`yilgan bo`lib, uni ketma-ket bir necha marta bosish bilan bu tugmaga mos uskunalardan keraklisini tanlab olish mumkin. Uskunalar ulardan foydalanib bo`linganidan keyin ham tanlanganligicha qoladi. Bu qulay bo`lsada, dastlab unga moslashish qiyin kechadi.[8] Shuning uchun uskunadan foydalanib bo`lgach, darhol Рука (Dasta) uskunasini tanlashga odatlaning. Bu uskuna uskunalar satrining to`rtinchi bo`limida birinchi bo`lib joylashgan. U ishchi sohaga sig`maydigan katta o`lchamli tasvirning kerakli qismiga o`tish uchun xizmat qiladi. Buning uchun tasvirning ixtiyoriy joyida sichqonchaning chap tugmasini bosib, uni kerakli yo`nalishda sudrash yetarli. Asosiysi, bu uskuna tasvirga hech qanday o`zgarish kiritmaydi. Palitra deb rassomlar bo`yoqlarni aralashtirish uchun ishlatadigan taxtachaga aytiladi. Uskunalar satrida 70 dan ziyod uskunalar joylashgan. Lekin ular ham PhotoShopning barcha imkoniyatlarini ochib bermaydi. Uskunalarning keng imkoniyatlari palitralar yordamida ochiladi. Rassomlar palitraga kerakli bo`yoqlarni surtib, ulardan yangi rang hosil qilgani kabi PhotoShopda ham palitralar sohasiga kerakli palitralami joylab, ilova bilan ishlashni yanada qulay qilib olish mumkin.Palitralar ilova oynasining o`ng tomonidagi palitralar sohasida joylashgan bo`lib, muloqot oynalariga o`xshab ketadi. Lekin ulardan farqli ravishda palitralardan keraklilarini ekranga o`zimiz chiqaramiz yoki uni yopib qo`yamiz. Bu palitralar yigirmadan ortiq bo`lib, odatda, bir nechtasi birlashtirilgan bo`ladi. Ba’zi uskunalarning o`z palitralari bor, ba’zilari esa unchalik murakkab bo`lmay, ular bilan ishlash uchun parametrlar satri yetarli. Ba’zi palitralarda yangi uskunalar joylashgan, masalan, navigator, gistogramma, info palitralarini yangi uskunalar deb qarash mumkin.
    Ba’zi palitralarni PhotoShopning ajralmas qismi deb qarash mumkin. Masalan, Слои (Qatlamlar), Каналы (Kanallar), История (Oxirgi amallar) palitralari PhotoShopning o`ziga xos jihatlarini ochib beradiki, ularsiz PhotoShopni tasavvur ham qilib bo`lmaydi. Palitralardan keraklisini ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo`limidan foydalaniladi. Undagi bandlarning ba’zilarida bayroqchalar o`rnatilgan va bu palitralar ekranda ko`rinib turadi. Agar kerakli palitra ustida sichqonchaning chap tugmasini bossak, uning bayroqchasi o`rnatiladi va u ekranda paydo bo`ladi. Tanlangan band ustida sichqonchaning chap tugmasini yana bir marta bossak, bayroqcha olib tashlanadi va palitra ham ekrandan olib tashlanadi.

    Download 0,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adobe photoshop interfeysi: Panel, Loyihalash, Qo'llanma oynasi

    Download 0,74 Mb.