|
Aeroport va aerodromlarni tasniflash
|
bet | 2/4 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #126543 |
Bog'liq Aerodromlarni loyihalashtirishning qonun-qoidalari va asosiy loyihalashtirilgan tasmalar1.2 Aeroport va aerodromlarni tasniflash.
Havo aloqalari – bir-biriga bog‘liq tushunchalar (ob’ektlar) o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatuvchi tizimli yondoshuv va ularni muayyan belgilariga qarab guruxlarga, razryadlarga, toifalarga ajratishdir. Bunda ko‘rilayotgan tushunchalarning belgilari va xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanishlariga urg‘u beradi. Masalan, aeroportlarni tasniflash uchun eng xos bo‘lgan belgi – passajirlarni tashish hajmi, aerodromlar uchun esa - uchish polosalarining o‘lchamlari, ularning vazifasi va boshqalar hisoblanadi. Barcha tasniflar singari, havo trassalari, aeroport va aerodromlarni tasniflash ham, ularga bo‘lgan umumlashgan ekspluatatsiya va boshqa talablarni ishlab chiqish imkonini beradi, bunda ularning u yoki bu gurux va klassga tegishli ekanligi e’tiborga olinadi, hamda ilmiy-texnikaviy tizimlash uchun zarur hisoblanadi.
Aeroport turlari
Havo trassalari halqaro, magistral va mahalliy (mahalliy havo yo‘llarida) turlarga bo‘linadi.
Shuningdek, halqaro aeroportlarga halqaro havo trassalarida uchadigan havo kemalarini qabul qiladigan va uchiradigan, mamlakatimiz va chet ellarning yirik shaharlarini birlashtiradigan aeroportlar kiradi. Magistral aeroportlar mamlakatimizning yirik ma’muriy va madaniy markazlarini tutashtiradigan (respublika va viloyat ahamiyatidagi) havo trassalari bo‘ylab asosiy tashishlarni bajaradi.
Mahalliy aeroportlarga o‘lka, viloyat markazlari, tumanlar markazlarini va alohida ovullarni tutashtiruvchi yirik aholi punktlari, tashuvlarining aksar hajmini mahalliy havo yo‘llarida bajaradigan aeroportlar kiradi.
Aviatashish hajmlarini klasslar bo‘yicha bo‘lish (guruhlash) aeroportlarni ko‘p yillik ekspluatatsiya qilish tajribalariga, havoda tashishlarni tashkil etish va ta’minlashga, hamda istiqboldagi o‘zgarishlarga asoslaniladi. Aeroportlarning bunday tasniflanishi 1.1. jadvalda berilgan.
1.1. jadval
Aeroport toifasi
|
Passajirlar tashish yillik hajmi, ming kishi
|
Passajir HKning har bir guruhi bo‘yicha yillik xarakat jadalligi
|
Aeroportlarda HK ning yillik uchish-qo‘nish jadalligi, ming
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
|
I
II
III
IV
V
|
7000-10 000
4000-7000
2000-4000
500-2000
100-500
|
11-17
3-10
-
-
-
|
36-47
23-31.5
14-29
2-11
2-0
|
10-15
16-24.5
12-21
7-16
2-7
|
-
-
4-10
6-13
3-6
|
57-79
42-66
36-54
15-40
5-15
|
Izoh: HK qatnovi jadalligining katta qiymatlari tashuvlarning eng yuqori hajmiga, kichik qiymatlari kichik hajmiga mos.
HK ning guruhlari salonning passajirlar sig‘imi va HK ning massasiga qarab tasniflanadi (1.2.jadval)
1.2-jadval
HK ning guruhi
|
Passajirlar sig‘imi, kishi
|
HK ning massasi, t
|
I
II
III
IV
|
160 ortiq
70-20
30-70
10-30
|
100 ortiq
45-100
10-45
10 gacha
|
|
Aerodromlar aeroportlarga qaraganda ko‘proq belgilar asosida tasniflanadi. Asosiy belgilar – uchish-qo‘nish tasmasi (UQT) ning o‘lchamlari va yuk ko‘tarish qobiliyati (me’yoriy yuklama). SHularga qarab aerodromlar A,B,V,G,D,E klasslariga bo‘linadi.
Uchish tasmalari (UT) ning (standart sharoitlarda), chekka va yon xavfsizlik tasmalari, aerodrom oldi hududlarning o‘lchamlari fuqaro aerodromining ekspluatatsiyaga yaroqlilik me’yorlari asosida belgilanadi. Odatda, aeroport klassi nufuziga ko‘ra aerodrom klassi bilan bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak. Masalan, I klass aeroporti A klass aerodromiga, II klass aeroporti B klass aerodromga ega bo‘lishi lozim. Ayrim hollarda, ijtimoiy-iqtisodiy yoki davlat ahamiyatidagi zaruriyatga ko‘ra, bunday moslik bo‘lmasligi mumkin.
Ekspluatatsiya vazifasiga ko‘ra aerodromlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
trassa aerodromlari (aeroportlarning aerodromlari) - havo trassalari yoqasida joylashgan aerodromlar bo‘lib passajirlar, yuklar va pochtani tashiydigan transport HK ni ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan;
xalq xo‘jaligida ishlatiladigan aerodromlar – xalq xo‘jaligining turli sohalarida aviatsiya ishlarini bajarishda ishlatiladi: qishloq xo‘jaligi (dalalarga kimyoviy ishlov berish, aviatsiya bilan urug‘lik sepish), o‘rmon xo‘jaligi (yong‘inni aniqlash maqsadida qo‘riqlash, o‘t o‘chirish), aerofotos’yomka, ekspeditsiyalarga xizmat (geologiya-qidiruv) baliqchilik va hayvon ovlash), qurilish ( baland inshootlardagi konstruksiyalarni montaj qilish) aholiga tibbiy va sanitariya xizmatlarini ko‘rsatish va h.k.:
zavod aerodromlari - aviazavodlar va aviata’mirlash korxonalaridan chiqariladigan HK larini sinov uchirishlariga xizmat qiladi;
o‘quv aerodromlari – XK ning o‘quv uchishlari uchun xizmat qiladi.
Aerodromlarni sutka davomida ekspluatatsiya qilish vaqtiga qarab, tunu-kun va kunduzi xizmat qiladigan turlari bo‘ladi.
Joylashuviga va foydalanishiga qarab aerodromlarni quyidagi turlari bor:
bazaviy – HK larini bazalash va buning uchun zaruriy inshootlarga ega; uchish va tayinlash, oraliq va zahira aerodromi bo‘lishi mumkin; HK lari uchish va tayinlash aerodomlaridan berilgan yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlaydilar yoki tugatadilar, ortish yoki tushirish ishlarini bajaradilar, uchishdan oldingi yoki keyingi texnik xizmatdan o‘tadilar;
oraliq berilgan yo‘nalish bo‘yicha uchayotgan HK si qisqa muddatli to‘xtashi (jadvalga muvofiq) uchun;
zahira uchishlar rejasida ko‘rsatilgan va agar manzil aerodromda qo‘nish mumkin bo‘lmasa, uchish oldidan yoki uchish davomida tanlash uchun.
Dengiz sathidan balandligiga va relef tavsifiga qarab “tog‘lik”, ya’ni past-baland relefli, nazorat nuqtasidan 25 km radiusda 500 m va undan ortiq nisbiy balandlikka ega joydagi aerodrom bo‘ladi; dengiz sathidan 1000 m va undan baland joylashgan va nisbatan tekis erlarda joylashgan “tekis” aerodromlar ham bo‘ladi.
1.3.Aeroportning bosh rejasini loyihalashtirish.
Bosh reja – aeroport loyihasining eng muhim qismi hisoblanadi va jo‘g‘rofiy o‘rnini ko‘rsatadi, shuningdek, reja va hududni obodonlashtirish kompleks echimlarini, binolar, inshootlar, transport kommunikatsiyalari, muhandislik tarmoqlari, havodagi harakatlarni boshqarish, radionavigaiya va qo‘nish tizimlari uskunalarining joylashuvini, ijtimoiy-maishiy xizmatning tashkil qilinishini aks ettiradi.
Bosh rejada bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik, shaharsozlik, arxitektura-qurilishi, sanitariya va gigiena, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar qanday hal qilinganligi ko‘rinib turadi.
Aeroport bosh rejasining tarkibi quyidagi omillar bilan aniqlanadi: aerodrom uchish tasmalarining joylashuvi, shahar tomonidan kirib kelinishi, bino va inshootlarning qurilish xarakteri, aeroport ichidagi yo‘llar, transport yo‘llari, maydonlar sxemasi, yondoshib keladigan temir yo‘l va avtomobil yo‘llarining trassalangan ish shartlari, asosiy muhandislik kommunikatsiyalari, qurilish uchastkalarining tabiiy sharoitlari. Bosh reja loyihalashga berilgan topshiriqqa asoslab ishlab chiqiladi. Topshiriqda bo‘lajak aeroportning klassi, demak yillik tashish hajmi, harakat jadalligi, ro‘yxatdagi HK parki, aeroport ekspluatatsiyasining texnologik xusuiyatlari ko‘rsatiladi. Bosh reja loyihasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
aeroportning bino va inshootlari HK larining muntazam uchishlari va xavfsizlik shartlarni bajarish sharti bilan berilgan o‘tkazuvchanlikni ta’minlash;
passajirlarga xizmat ko‘rsatishda, HK lariga texnik xizmat ko‘rsatishda, uchishlarni tashkil etish, aeroport zonasida havodagi harakatlarni boshqarishda ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish va uchish jarayonlariga taaluqli zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
aeroportning kelajak 25-30 yilda bo‘ladigan taraqqiyotini hisobga olgan holda, aviatsiya texnika va uskunalari rivojini e’tiborga olish;
texnologik jarayonlar va aeroport elementlarining o‘zaro bog‘liqligini yagona tizimli uslubiyat asosida loyihalab, aeroportning hamma binolari va inshootlarini texnologik kompleks rejalashtirish;
binolar va inshootlar joylashishining iqtisodiy samaradorligini, ularni zichroq o‘rnatish, blokirovkalash, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini qisartirish evaziga ta’minlash;
aeroport bosh rejasi va shaharsozlik masalalarining yagona arxitektura-qurilish echimlarini, “shahar-aeroport” tizimi rejali echimining organik bog‘liqlik asosida, binolarni loyihalashda estetik me’yorlarga rioya qilgan holda ta’minlash;
aeroportni qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida atrof muhitni tiklash va boyitish yo‘li bilan himoyalash;
inshootlar oralig‘ida me’yoriy masofalar (sanitariya va yong‘inga qarshi) qoldirish, hududdan tejamli foydalanish;
aeroport hududini obodonlashtirish, u erda tranport va passajirlar harakatini tashkil etish, xodimlarga ijtimoiy-maishiy xizmatni ta’minlash;
Aeroportning bosh rejasi topografiya qoidalari bilan 1:5000 miqyosda (texnik-iqtisodiy tahlil bosqichida) va 1:2000 miqyosida (ishchi xujjatlarni tayyorlash bosqichida) ishlab chiqiladi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi: mavjud, qayta ko‘riladigan, buzib tashlanadigan, loyihalanadigan binolar va inshootlar; havodagi harakatni boshqaradigan, radionavigatsiya va qo‘ndirish ob’ektlari; hamma turdagi yo‘llar; ajratilgan yondosh erlar, hudud; binolar va inshootlarning to‘siqlari; ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish elementlari, hududning zahira uchastkalari. Bosh rejada shamollar yo‘nalishini ko‘rsatuvchi diagramma ham beriladi.
Bosh rejaga tushuntirish matni ilova qilinadi. Unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: aeroport joylashadigan er uchastkasiga qisqacha tavsif; bosh rejani komponovka qilish, transport, muhandislik tarmoqlari, fuqaro mudofaasi bo‘yicha qabul qilingan muhandislik echimlarini asoslash; asosiy ko‘rsatkichlar (aeroport uchun ajratilgan er maydoni, qurilishlar zichligi). Bulardan tashqari aeroportning vaziyatlar rejasi, vertikal planirovka loyihasi, muhandislik tarmoqlarining jamlanma rejasi ham qo‘shiladi.
Aeroport XTH ini rejasiga quyidagi talablar qo‘shiladi:
texnologik jarayonlarni aniq tashkil etish va qurilishlarni hudud bo‘ylab oqilona taqsimlash;
aeroportda ishlovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish akustik holatlarni hisobga olgan holda atrof muhitni muxofaza qilish;
passajirlar yo‘lini, bagaj, yuklar olgan holda atrof muhitni muhofaza qilish;
passajirlar yo‘lini, yuklar va pochta yuklarini tashish yo‘lini iloji boricha kamaytirish; passajirlar, aeroport xodimlari va maxsus transport vositalari xavfsiz harakat qilishini ta’minlash;
ayrim binolar va inshootlarni rivojlantirish imkonini ta’minlash (zahira er uchastkalari tomon kengaytirish yoki qayta qurish);
Yer uchastkalaridan tejamli foydalanish va kapital mablag‘larning eng katta samarasini ta’minlash.
Bu talablarni amalda bajarish uchun XTHning bosh rejasida quyidagilar ko‘zda tutiladi:
bino va inshootlar bo‘yicha qabul qilingan loyiha echimlarining aeroport ishi texnologiyasiga, quvvati va o‘tkazish qobiliyatiga mosligini dalillash va asosiy xarajatlarni iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan muvofiqlashtirish;
binolar va inshootlarning ixtisoslashganligi, ularning texnologik va transport aloqasi, sanitariya-gigiena va yong‘in xafvsizligi talablari, qurilish navbati asoslarida aerodrom hududini zonalarga ajratish;
XTH ichida ishlab chiqarish bilan bog‘liq, transport va muhandislik aloqalari oqilona bo‘lishini ta’minlash; bunda yondosh aholi punkti va XTH ning aloqa yo‘llari, aeroport va aholi punktining kelajakdagi rivoji e’tiborga olinadi;
inshootlar oralig‘ida bo‘sh masofa me’yorlariga rioya qilish, hudud maydonidan oqilona foydalanish;
qurilish uchastkasini obodonlashtirish va shovqin darajasi me’yordan oshmasligini ta’minlash;
havodagi harakatni boshqaruv (HHB), radionavigatsiya va qo‘ndirish vositalarini joylash-tirish; bunda xizmat qiluvchi xodimlar va mahalliy aholini yuqori chastotali nurlanishdan muhofaza qilishni ta’minlash;
muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini trassalash, optimal yotqizishni kompleks hal qilish;
bino va inshootlar qurilishini va ekspluatatsiyaga ishga tushirilishini komplekslar va navbatlar bilan amalga oshirish imkoniyati;
atrof-muhit muxofazasi bo‘yicha kompleks talablarga rioya qilish.
Bosh rejani loyihalashda XTH ni aerodrom chegarasiga, asosiy kommunikatsiyalar tarafiga joylashtirish lozim; bunda muhandislik kommunikatsiyalar qisqa bo‘lishini, er uchastkasidan oqilona foydalanishni ta’minlash kerak.
Birinchi klass aeroportlarning bosh rejasini loyihalashda XTH ning arxitektura-qurilish echimi bitta yoki ikkita uchish-qo‘nish tasmasi (UQT) qurishni ko‘zda tutishi kerak.
Ikki yoki undan ortiq uchish tasmasi, individual loyihalanadigan binolari va inshootlari bor bo‘lgan, halqaro va klassi yo‘q aeroportlarni loyihalashda er uchastkasining o‘lchamlari loyiha asosida aniqlanadi.
|
| |