|
UQT larining hisobiy o‘tkazuvchanligini baholash bo‘yicha umumiy qoidalar
|
bet | 4/4 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #126543 |
Bog'liq Aerodromlarni loyihalashtirishning qonun-qoidalari va asosiy loyihalashtirilgan tasmalarUQT larining hisobiy o‘tkazuvchanligini baholash bo‘yicha umumiy qoidalar.
Aerodrom-aeroportning o‘tkazuvchanligini ta’minlaydigan asosiy qismdir. O‘tkazuvchanlik quyidagi omillarga bog‘liq: ekspluatatsiyadagi HK larining turi; ularning uchish rejimi; aerodrom planirovkasi va o‘lchamlari, uning uzunligi, UQT larining soni va joylashuvi; magistral va tutashtiruvchi rullash yo‘llarining (RY) darajasi; havodagi harakatni boshqarish va qo‘ndirish vositalari; aeroport rayonida ruxsat etilgan shovqin darajasining cheklanishi; HK larining ko‘tarilish-qo‘nish tavsiflari; navigatsiya tizimining bort uskunalari imkonlari, metereologik sharoitlar; aerodromning joylashuv balandligi va boshqalar. Bu omillarning hammasi birgalikda HK lari bajaradigan ko‘tarilish-qo‘nish amallari oralig‘idagi ruxsat etilgan eng kam vaqtni va u orqali UQT sining o‘tkazuvchanligini belgilaydi. Bu oraliqlar HK larining uchish tartibiga qam bog‘liq; tartib vizual kuzatuv ostida uchish qoidalaridan (VKU) yoki asboblar kuzatuvida uchish qoidalari (AKU) dan iborat. Ko‘tarilish-qo‘nishning oldinma keyin amallari orasidagi eng kam vaqtni aniqlashda quyidagi shartlar hisobga olinishi lozim.
HK si rullash qo‘lida kutish joyidan startga o‘tishni avvalgi HK si yugurishni boshlagan yoki UQT siga qo‘ngan onda boshlashi mumkin.
HK si shiddat bilan yurishni UQT si oldingi samolyotlardan bo‘shagandan keyingina boshlashi mumkin.
Uchishni asboblarga qarab bajarish oldin ko‘tarilgan samolyot tayinlangan balandlikka chiqqandan keyingina amalga oshiriladi.
Asboblarga qarab uchish va uzluksiz radiolokatsiya nazoratida glissada bo‘yicha pasayib kelayotgan samolyotlar orasidagi eng kam masofa 5km.dan kam bo‘lmasligi kerak; bunday nazorat bo‘lmagan holda glissada ichida faqat bitta samolyot bo‘lishi mumkin. Viziual kuzatuv tartibi bilan uchishda HK lari orasidagi eng kam masofa 2km bo‘lishi kerak.
Ko‘tarilgan yoki qo‘ngan HK si UQT sini, qo‘nishga kirib kelayotgan samolyot ikkinchi davraning xavfsiz balandligiga etgunicha bo‘shatib qo‘yishi kerak.
Ketma-ket uchishlar yoki qo‘nishlar orasidagi, shuningdek yakkayu yagona UQT da bajariladigan uchish va qo‘nish orasidagi eng kam vaqt oralig‘i 45 sekunddan kam bo‘lmasligi kerak.
Uchish yoki qo‘nish amallarini bajarishda UQT sining bandlik davomiyligi uchishning quyidagi qoidalarini hisobga olgan holda topiladi:
ko‘tarilishda UQT sining bandlik vaqti HK si kutish joyidan startga chiqishidan boshlab, UQT sining ko‘ndalang yuzasidan (torets) o‘tgunicha (VKU qoidasida) yoki ma’lum balandlikka (Nuchish) ga chiqqunicha (AKU qoidasida) aniqlanadi. Ko‘rsatilgan balandlik, doira bo‘ylab aylanish tezligi 300 km/soat bo‘lganda 200m qabul qilinadi, tezlik 300 km/soat gacha bo‘lsa - 100m olinadi;
qo‘nishda UQT sining bandlik vaqti qaror qabul qilish balandligidan o‘tgan ondan boshlab, rullash yo‘lidan borib, UQT ining yon chegarasiga etib, keyin yurib ketgunicha aniqlanadi.
Zamonaviy ekspluatatsiya amaliyoti ko‘rsatishicha, HK sini bajariladigan startga olib chiqish va uning startda turishi, undan oldin uchgan yoki qo‘ngan samolyotning yakuniy harakatlari bilan to‘la yoki qisman bir vaqtga to‘g‘ri kelishi mumkin. Keyingi yillar amaliyotida bajariladigan startda to‘xtamasdan uchish usuli qo‘llanayapti, bu UQT sini kam band qiladi.
|
| |