Dastlabki tozalash mashinalari




Download 269,57 Kb.
bet2/5
Sana17.05.2024
Hajmi269,57 Kb.
#240791
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aeromexanik va aerodinamik usulda tolani tozalash

Dastlabki tozalash mashinalari
Ma‟lumki, titish-tozalash agregatining titkichlardan keyingi mashinasi dastabki tozalash mashinasidir. Uning sirti odatda qoziq, pichoq, tishli disk va shtiftlar bilan jihozlangan bo’lib, bir (V12, Riter) yoki ikki barabanli (B390L, Marsoli; CL-P, Tryuchler) tozalash mashinalari turlariga bo’linadi. Bu erda dastlabki tozalash va qisman titish jarayonlari amalga oshadi. Tola bo’lakchalari vint chiziq bo’ylab harakatlanganligi tufayli kattaroq yo’ldan o’tib, ko’proq tozalash zonasida bo’ladi hamda yaxshiroq tozalanadi (1- rasm
1 rasm. Bir barabanli dastlabki tozalagich sxemasi.

  1. tozalovchi baraban;

  2. kolosnik;

  3. shlyuz valigi;

  4. tola uzatilishi;

  5. tola chiqishi;

  6. qayta ishlangan havo filtrga;

  7. chiqindilar uzatilishi.

Shunday qilib, avtotoytitkichkichdan keyingi o’timning o’zida dastlabki tozalash amalga oshirilib, unda tolalar bo’laklari titilib, maydaroq bo’lakchalarga ajratiladi va tarkibidagi yirik has-cho’plardan tozalanadi. Riter firmasining V12 dastlabki tozalagichi bir barabanli bo’lib, uning sirti silindr yasovchisi bo’ylab joylashgan shtiftlar bilan qoplangan (2-rasm).

2-rasm. Shtiftlar joylashuvi 3-rasm. Kolosniklar o’rnatilishi
Shuni ta‟kidlash kerakki, mashina samaradorligi juda yuqori bo’lib, ishchi parametrlari rostlanuvchan. Masalan, tolaning ifloslik darajasiga qarab, V12 dastlabki tozalagichi kolosniklarini odatdagidek, uch xil holatda o’rnatib, razvodkani rostlash mumkin (3-rasm).
Tryuchler firmasi ham TTAsida dastlabki tozalash mashinalari qo’llashni taklif etadi. Masalan, CL-R ikki barabanli tozalagich dastlabki tozalash mashinasi hisoblanadi (4-rasm). Baraban atrofida tolalar harakati vintsimon traektoriyada amalga oshishi 5-rasmda yaxshi ko’rsatilgan.
Tolalar yo’lining uzayishi ishchi organlari va kolosniklarning o’zaro ta‟sirida tolalarning tozalanish vaqti mutanosib ravishda oshadi. Demak, tozalash samaradorligi ham kattalashadi. Ikki barabanli dastlabki tozalash maashinalari Tryuchler hamda Marsoli firmalari tomonidan tavsiya etilmoqda.

4-rasm. CL-R dastlabki tozalash mashinasi 5-rasm. Tola traektoriyasi sxemasi



Download 269,57 Kb.
1   2   3   4   5




Download 269,57 Kb.