Aeromexanik va aerodinamik usulda tolani tozalash




Download 269,57 Kb.
bet1/5
Sana17.05.2024
Hajmi269,57 Kb.
#240791
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Aeromexanik va aerodinamik usulda tolani tozalash


Aeromexanik va aerodinamik usulda tolani tozalash


Reja:

  1. Tolalarni tozalash jarayoni va usullari

  2. Aerodinamik tozalash qurilmalari;

  3. Aerodinamik tozalash mashinalari;

  4. Rangli va rangsiz nuqsonlarni tozalash;

  5. Chiqindilarni markazlashgan holda to’plash.


Tolalarni tozalash jarayoni va usullari


Tozalash jarayonining maqsadi sifati talab darajasida bo’lgan toza ip olishdir.
Tozalash jarayonining mohiyati tolalar aralashmasidan notolaviy begona jismlar va tolaviy nuqsonlarni muayyan bir usulni qo’llab ajratishdan iborat.
Tozalash jarayonining usullari tolalar aralashmasidagi notolaviy begona jismlar va tolaviy nuqsonlarning turiga bog’liq bo’lib, ip ishlab chiqarishda asosan mexanik, aerodinamik va optik-pnevmatik usullar hamda ularning kombinatsiyalaridan foydalaniladi.
Ma‟lumki, paxta tolasi tarkibidagi notolaviy begona jismlar kelib chiqishiga qarab, mineral va organik bo’lishi mumkin. Mineral begona jismlar asosan tosh va kesaklar kabi og’ir jismlarni tashkil qilsa, organik begona jismlarni has va cho’plar tashkil etadi. Ikkala jismlar tashqi ta‟sirlar ostida birday maydalanib, tolaning ifloslik darajasini, ya‟ni mayda iflosliklar sonini oshiradi.Tola tarkibida maydalanmaydigan iflosliklar ham uchraydi. Bular asosan metall parchalari bo’lib, terimdan keyin ko’pincha paxta tayyorlov punktlarida va paxta tozalash zavodlarida texnologik jarayonlardagi qayta ishlovdan o’tganda orttiriladi. Tosh, kesak va metall parchalari og’ir begona jismlar deb yuritiladi. Ularning mayda zarralari mayda begona jismlar deb ataladi. Sifatli ip olish uchun tolaviy nuqsonlar – tola chigalliklari, o’lik tola, iflos tola hamda tola rangidagi yumshoq polimer jismlarni ham ajratish kerak. Sanab o’tilgan begona jismlarning turiga moslab, tozalash texnologiyasida ishlash prinsipi turlicha bo’lgan tozalagichlar va ajratgichlar yaratilgan. Tozalash usuliga qarab, tozalagichlarni mexanik, aerodinamik va optikpnevmatik tozalagichlarga ajratish mumkin. Ajratkichlar “separatorlar” deyilib, ular har xil usulda ishlaydi va og’ir jismlarni ajratuvchi, metallarni ajratuvchi, chang va mayda zarrachalar hamda kalta tolalarni ajratuvchilarga bo’linadi. SHuningdek, separatorlar bilan bir qatorda aerodinamik tozalash mashinalari ham mavjud bo’lib, ular tolani mayda begona zarrachalar va kalta tolalardan havo yordamida tozalaydi.
Mexanik usulda tozalash tolalarga zarbiy ta‟sir ko’rsatishga asoslangan bo’lib, ko’pincha pichoq, qoziq, shtift va maxsus tishlar bilan qoplangan aylanuvchi barabanlardan foydalaniladi. Mexanik usuldan foydalanib tozalashda tolaviy bo’lakchalar erkin holda yoki qisib tutilgan holda bo’lishi mumkin. Erkin holda bo’lakchalar ikki sirt orasida maydaroqlariga ajratiladi va zarbiy ta‟sirda silkitib begona jismlardan tozalanadi. Tolaviy bo’lakchalar qancha maydaroqlariga ajratilsa, tozalash samarasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Aerodinamik usulni qo’llab tozalashda tolaviy bo’lakcha so’ruvchi perfosirtga uriladi va uning tarkibidagi mayda begona zarrachalar silkinib ajraladi hamda kalta tolalar bilan birga ventilyator yordamida so’rilib, tashqariga tranportirovka qilinadi. Hozirgi paytda ushbu usuldan keng ko’lamda foydalanish natijasida tozalash samaradorligi keskin yaxshilanib, yigirilayotgan ip sifati ham ko’tarildi. SHuning uchun buni tozalash texnologiyasining eng nufuzli yangiligi deyish mumkin. Tolalarni optik-pnevmatik tozalash deyilganda iflosliklarni yorug’likda optik usulda aniqlab, havo yordamida puflab ajratish tushuniladi. Turli rangda, har xil moddalar bilan ifloslangan tolalar, rangsiz plenka va tola rangidagi latta bo’laklarini ajratishda optik-pnevmatik usuldan keng foydalanilmoqda. Tolalarni zaryadlagan elektr maydonida (yuqori kuchlanishda) tozalash hozircha yigirish texnologiyasida qo’llanilmayapti.

Download 269,57 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 269,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aeromexanik va aerodinamik usulda tolani tozalash

Download 269,57 Kb.