|
Tolalarni aerodinamik tozalash jarayoni va usullari
|
bet | 3/5 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 269,57 Kb. | | #240791 |
Bog'liq Aeromexanik va aerodinamik usulda tolani tozalashTolalarni aerodinamik tozalash jarayoni va usullari
Aerodinamik tozalash tolaviy bo’lakchalar harakati paytida amalga oshirilib, uning mohiyati perfosirtlarda mayda begona jismlar va kalta tolalarning havo yordamida so’rib ajralishiga asoslangan. Perfosirtning yuzasiga tolaviy bo’lakcha so’rilib uriladi va silkinadi. Undagi mayda begona zarrachalar va kalta tolalar perfosirt ortida siyraklashgan havoning pasaygan bosimi ta‟sirida so’rilib, ventilyator yordamida chang kamerasiga transportirovka qilinadi. Perfosirtlar tuzilishiga ko’ra botiq egri sirt, tekis sirtlarga bo’linadi. Har ikkala turdagi teshikli sirt(perfosirt)ga uzatilayotgan tolaviy bo’lakchalar yuzaga urilishi natijasida ularning tarkibidagi mavjud begona zarrachalar markazdan qochma kuch ta‟sirida tolalardan ajralib, so’ruvchi havo yordamida changsizlantiruvchi qurilmalarga uzatiladi. Bunday qurilmalar havo oqimida harakatlanayotgan tola bo’lakchalarini tozalagani bois aerodinamik tozalash uskunalari yoki aerodinamik tozalagichlar deyiladi.
Aerodinamik tozalash qurilmalari
Aerodinamik tozalash uskunalarini ishlash prinsipiga qarab, aerodinamik tozalash qurilmasi va aerodinamik tozalash mashinasiga ajratish mumkin. Tryuchler firmasining 1,2,3,4-rasmlarda ko’rsatilgan jihozlari aerodinamik tozalash qurilmalari hisoblanadi.
1-rasm. BR-MT magnit tutkich
2- rasm. SP-H og’ir jismlar ajratkichi
ishlash prinsipi
3-rasm. BR-COU kondensenli og’ir 4- rasm. SP-EM metallarni elektron jismlarni integral ajratkichi SP-ICH ajratkichi
Ular asosida SP-MF ko’p funksiyali separator yaratilgan. SP-EM metallarni elektron ajratkich mazkur separatorning eng kichik variantidir. Ularning ishlash prinsipi harakatlanayotgan paxta bo’lakchalaridagi begona jismlarning inersiya kuchi ta‟sirida ajralishiga asoslangan. Paxta bo’lakchalari harakat traektoriyasi keskin o’zgarishi tufayli ular perfosirtga urilib, havo yordamida chang va kalta tolalardan tozalanadi (5-rasm). Ferrit tarkibli metallarni ajratish maqsadida yaratilgan magnit tutkich qurilmasining ishlash prinsipi 1-rasmda keltirilgan.
1.Changsizlantirish uzeli;
2 .Changsizlantiruvchi to’rli sirt;
3.Yoygich zaslonka;
4.Chang;
5.Tituvchi valik;
6.Yoritgich to’rtta;
7.Maxsus kamera (ikkita); 8.Begona jismlarni ajratuvchi forsunkalar(32ta);
9.Begona jismlarni so’ruvchi kanal;
10.Qutblangan nur yoritgichi;
11.Oq va tiniq zarralarni aniqlash maxsus kameralari;
12.Begona zarralarni ajratuvchi
5-rasm. Changsizlantirish funksiyali
64x3 forsunkalar;
SECUROPROP SP-FP begona jismlar
13.Chiqindilarni havo oqimiga
ajratkichi. uzatuvchi parrakli g’ildirak;
14. Changli havo.
Shunday qilib, aerodinamik tozalagichlar maxsus moslamalar va mashinalarga bo’linib, moslamalar separatorlardan, mashina esa DOUSTEX SP-DX dan iboratdir.
|
| |