|
Hayot faoliyati xavfsizligi fani
|
bet | 2/10 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 14,22 Mb. | | #102029 |
Bog'liq mavzu № 1 HFXni ta\'minlash asoslariHayot faoliyati xavfsizligi fani
– bu ilmiy fanlarning maxsus sohasi bo‘lib, inson hayotiga tahdid soluvchi umumiy xavf-hatarlar va turli hayot sharoitlarida ulardan himoyalanishning vositalarini o‘rganadi. Bu fan xavfsizlik muammolarini hal qilmaydi, biroq shaxsni, davlatni va jamiyatni xavfsizlik bilimi bilan ta’minlaydi hamda ilmiy-uslubiy fan sifatida xavfsizlikning maxsus fanlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
1. Atrof-muhitni muhofaza qilish
2. Mehnatni muhofaza qilish
3. Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi
Mehnatni muhofaza qilish – insonlarga mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladigan zararli va xavfli omillardan saqlanish qoidalarini, qo‘llaniladigan vositalarni hamda ishlovchilar uchun qulay sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratishdan iborat.
Atrof-muhitni muhofaza qilish - insonni o‘rab turgan atrof-muhitni, atmosfera havosi, suv va tuproqni zararlovchi omillarni, ularning hususiyatlarini, ifloslantiruvchi ta’sirlar miqdorini kamaytirish yoki umuman yo‘qotish usullari ko‘riladi.
Fuqaro muhofazasi - tabiiy, texnogen, ekologik va ijtimoiy tusdagi favqulodda vaziyatlarni, ularga sabab bo‘luvchi omillarni, hususiyatlarini, keltiradigan talafotlarni va ulardan himoyalanish qoidalarini o‘rganadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi
Turli sohalarda ta’lim olayotgan bakalavrlarni hayotga, jumladan mehnatga tayyorlash uchun ularga mehnat va favqulodda vaziyatlarda inson faoliyat xavfsizligini ta’minlashga doir bilim, ko‘nikma va malaka berish orqali muayyan kompetentlik darajasiga ko‘tarish.
INSONLARNING XAVFSIZ HAYOT FAOLIYATINI TA’MINLASHDAN IBORAT.
Maqsadga erishmoq uchun Hayot faoliyati havfsizligi fani
quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi:
1.Xavflarning identifikatsiyasini o’rganish- inson faoliyati jarayonida yuzaga keladigan xavflaming kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko’ngilsiz oqibatlarini o’rganish.
|
| |