|
International Multidisciplinary ConferenceBog'liq 2-maqola Konferensiya maqolasiInternational Multidisciplinary Conference
Hosted from Manchester, England
https://conferencea.org 25
th
Sep. 2022
92
O’zbekistonda qishloq xo’jaligini isloh qilish va bu sohada bozor mexanizmlarini joriy qilish
borasida izchil chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Mamlakatimiz
Prezidentining 2019-yil 14- martdagi Meva–sabzavotchilik sohasida qishloq xo’jaligi
kooperatsiyasini rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4239-son qarori qabul
qilindi, bundan tashqari ”Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini
mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ-121-son, 08.02.2022y.)
qabul qilindi. Bu qarorga muvofiq kooperatsiya usulida go’sht va sut etishtirish va qayta
ishlashni yo’lga qo’yish choralari belgilab berildi.
Mamlakatimizninng iqtisodiy rivojida, aholi bandligini ta’minlashda, qishloq xo’jaligida
qo’shilgan qiymat zanjirini yaratishda kooperatsiyalarning roli oshar ekan, biz kooperatsiya
haqidagi bilimlarimizni va uning iqtisodiy ahamiyatini har bir qishloq xo’jaligida faoliyat olib
boruvchi shaxs bilishi zarur deb hisoblaymiz.
Kooperatsiya (lot. cooperatio — hamkorlik, birgalikda ishlash) - bu o’z-o’zini tashkil etuvchi
jamoadir, bunda kooperativ a’zolari - o’zlarining shaxsiy qiziqishlarini, koperativ faoliyatini
olib borishda va boshqarishda, hamda faoliyatning huquqiy masalalarini mustaqil hal qilishda
namayon etadilar.
Qishloq xo’jaligi kooperatsiyasi – qishloq xo’jaligining shunday bir tarmog’iki, u qishloq
joylarda Davlatning bir qism sotsial – ijtimoiy missiyasini bajaradi, ya’ni faol qishloq
aholisiga ijtimoiy yordam berishda qatnashadi hamda qishloq hududlarini rivojlantirish uchun
ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan tashkilotdir.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish kooperativi – bu fuqarolarning birlashmasi, uning asosiy
vazifasi ishlab chiqarish va u bilan bog'liq faoliyat-qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta
ishlash va sotish hisoblanadi.
Rivojlanishning hozirgi bosqichida kooperatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi birinchi
navbatda - qashshoqlikka qarshi kurashish va o’z -o’zini mehnat bilan band qilish.
|
| |