• Tuzuvchilar: Professor F.H.Xoshimov Dotsentlar: T.Q.Ortiqov, M.A.Xayitov, B.N.Abdullayev
  • – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi talabalari uchun Yakuniy Davlat Attestasiyasi savollari




    Download 299,5 Kb.
    bet2/2
    Sana30.04.2021
    Hajmi299,5 Kb.
    #14311
    1   2
    5410100 – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi talabalari uchun Yakuniy Davlat Attestasiyasi savollari


    1. Tuproqshunoslikning fan sifatida kelib chiqishi va vazifalari. Tuproqshunoslik tabiiy-tarixiy, agronomik, fundamental fan sifatida boshqa fanlar bilan bogʻliqligi. Qishloq xo’jaligi va boshqa sohalardagi ahamiyati.

    2. O’zbekiston Respublikasi tuproqlarining gumusli holati; (Bo’z, sur-qoʻngʻir, oʻtloq va qadimdan sugʻoriladigan voha tuproqlari) gumusini koʻpaytirishdagi eng samarali agrotexnik tadbirlari.

    3. Tuproqning morfologik belgilari; tuproq profili, uning tuzilishi, genetik gorizontlar, gorizontchalar, ularning ifodalanishi, shakllanishi, moddalarning toʻplanishi (parchalanishi), harakati, ayrim gorizontlari qalinligi va umumiy qalinligi.

    4. Tuproqning singdirish qobiliyati; uning turlari, kimyoviy singdirish qobiliyati, anionlar va kationlarning singdirilishi, eritma va tuproq qattiq qismidagi moddalarning ta’sirlashuvidan hosil bo’ladigan birikmalar ahamiyati.

    5. Tuproq kolloidlari; ularning hosil bo’lishi, oʻlchami, kolloid yoki singdirish kompleksi, singdirish qobiliyati haqida tushuncha

    6. Tuproq ona jinsi va tuproqning mexanik elementlari; paydo bo’lishi, klassifikasiyasi, (tosh, shagʻal, qum, toʻzon, loyqa va kolloidlar), tarkibi, xossalari va ahamiyati.

    7. Tuproqdagi mikroorganizmlar; bakteriyalar, aktinomisetlar, zamburugʻlar, suv oʻtlar. Ularning miqdori, tuproq paydo bo’lishi va unumdorligidagi roli.

    8. Tuproqning fizikaviy va umumiy fizikaviy xossalari; qattiq fazasining zichligi (solishtirma masssasi), foydalanishi, mineral va organik moddalarga bogʻlikligi, Bo’z tuproqlardagi koʻrsatkichlari.

    9. Togʻ jinslari va minerallarning biologik nurashi: ta’sir etadigan omillar o’simliklar, mikroorganizmlar, ular faoliyati tufayli hosil bo’lgan mahsulotlarning nurash jarayoniga ta’siri.

    10. Tuproqning singdirish qobiliyati; uning turlari, mexanik singdirish qobiliyati unga ta’sir etuvchi omillar, dehqonchilik va sugʻorish amaliyotlaridagi ahamiyati, oziq moddalarning toʻplanishi.

    11. Tuproq mexanik tarkibining agronomik tadbirlarni belgilashdagi ahamiyati; yengil va ogʻir tuproqlar, ularning maqbulligi.

    12. Tuproqdagi atmosfera azotini oʻzlashtiruvchi mikroorganizmlar; tuganak bakteriyalar, erkin yashovchi bakteriyalar, azotning aylanishida mikroorganizmlarning ishtiroki (beda, noʻxat, soya misolida)

    13. O’zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi» va «Yer kadastri», toʻgʻrisidagi qonunlari, ularning qabul qilinishi, mazmuni, tuproqdan oqilona foydalanish, unumdorligini tiklash, oshirish va muhofaza qilishdagi ahamiyati.

    14. Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi; tuproq paydo bo’lishi haqida tushuncha, moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanishi, unda tirik organizmlar roli.

    15. Tuproqda uchraydigan tirik organizmlar, ularning roli, yashil o’simliklar, o’simliklar formasiyasi, biomassa miqdori, tarkibi.

    16. Gumusniing tuproq paydo bo’lishidagi va unumdorligidagi ahamiyati, oziqa rejimiga, suv-fizik xossalariga, mikroorganizmlar faoliyati va fizik-kimyoviy xossalariga ta’siri, energetik va ekologik ahamiyati.

    17. Tuproq mineral qismi; unda uchraydigan asosiy ikkilamchi minerallar (oddiy tuzlar, gidrooksid va oksidlar): tarqalishi, tarkibi xossalari va ahamiyati.

    18. Turli yashil o’simliklar guruhi (daraxtsimon va oʻtimon) ular ta’sirida toʻplanadigan biomassa miqdori, tarkibi, chirindi va oziq moddalarning hosil bo’lishi.

    19. Tuproqning organik qismi: manbai, turli zonalardagi fitomassa miqdori, kimyoviy tarkibi, chirindi hosil bo’lishida manba sifatida ahamiyati.

    20. Tuproq unumdorligi haqida tushuncha, unumdorlik elementlari (omillari) shart-sharoitlari, ularga ta’sir etuvchi tuproq xossalari va rejimlari.

    21. Tuproqning fizikaviy, umumiy fizikaivy xossalari; yaxshilash yo’llari, obi-tobida haydash, o’g’itlash, almashlab ekish va x.k.

    22. Tuproqdagi kimyoviy elementlar; ularning birikmalari, o’simliklarga oʻtishi, uglerod, oltingugurt, kaliy elementlarining manbai, miqdori, harakati, toʻplanishi va ahamiyati.

    23. Tuproqning asosiy suv xossalari; turlari, suv oʻtkazuvchanligi, suv koʻtarish qobiliyati, ularning ifodalanishi, koʻrsatkichlari, ahamiyati, yaxshilash usullari.

    24. Tuproqning singdirish qobiliyati; uning turlari, fizik-kimyoviy singdirish qobiliyati, kationlarning singdirilishi, undagi qonuniyatlar, singdirilish aktivligi, unga ta’sir etadigan omillar.

    25. Tuproq struktura holati, strukturasi; agregatlari haqida tushuncha, tuproq strukturasini saqlab qolish va tiklash usullari, yerga ishlov berish sistemasi, o’g’itlash, oʻtlar ekish, sun’iy struktura yaratish va x.k.

    26. Tuproq paydo bo’lish jarayoniga relefning ta’siri. Bo’z tuproqlar zonasida tuproq paydo bo’lishiga relefning ta’siri.

    27. Tuproqning asosiy suv hossalari, tuproqdagi suvning kategoriya va shakllari foydali va foydasiz namliklar, oʻzlashtiruvchanligi (qulayligi) boʻyicha boʻlinishi, soʻlish namligi, samarali namlik uni baholash.

    28. Tuproq havosi; uning tuproqdagi jarayonlardagi ishtiroki, holatlari adsorblangan, erigan, tuproq va atmosfera havosining tarkibi, ularning farqi, dinamikasi

    29. Tuproqning suv rejimi haqida tushuncha, uning tiplari, muzlaydigan yuviladigan davriy yuviladigan suv rejimlarining tavsifi, ularning tarqilishi, namlanish koeffitsiyenti, ta’siri, ahamiyati.

    30. Tuproq eritmasi; tarkibi, ahamiyati, ajratib olish usullari, preslash, sentrefuga, boshqa eritma yordamida, lizimetr usullari, suvli soʻrim analizi.

    31. Choʻl zonasining qumli tuproqlari. Qumli choʻl tuproqlarining tarqalishi, morfologik tuzilishi, tasnifi, tarkibi, xossalari va qishloq xo’jaligida foydalanish.

    32. Shoʻrlangan tuproqlar haqida tushuncha; ekinlarning rivojlanishiga shoʻrlanishning ta’siri, shoʻrxoklar melioratsiyasi.

    33. Tuproq paydo qiluvchi omillar va ularning tuproq paydo bo’lishidagi roli; choʻl zonasi va togʻ oldi choʻl dasht (Bo’z tuproqlar) zonasida tuproq paydo qiluvchi omillar (iqlimi, o’simliklar qoplami, relyef, ona jinslar)ning roli.

    34. Shoʻrtoblar va shoʻrtobli tuproqlar; ularning klassifikasiyasi, tipchalari, tiplari, shoʻrtoblanish darajasi, ularning singdirilgan Na (natriy) miqdoriga sizot suvlari va tuzli qatlamning chuqurligi ustki (A) qatlamning qalinligiga koʻra boʻlinishi.

    35. Quruq subtropiklarning togʻ oldi choʻl-dasht zonasi Bo’z tuproqlari; Zonaning chegarasi, maydoni, tabiiy iqlim sharoitlari: iqlimi, relefi, tuproq paydo qiluvchi ona jinslari. O’simliklari. Bo’z tuproqlarning paydo bo’lishi (genezisi) va undagi asosiy xarakterli belgilari va xossalari.

    36. Tuproq unumdorligi haqida tushuncha; unumdorlikni oshirishning asosiy tadbirlari (ishlov berish, o’g’itlash, melioratsiyalash, almashlab ekish va h.k.).

    37. Oʻrta Osiyoda shu jumladan O’zbekistonda tarqalgan gidromorf tuproqlar; ularning tarqalishi, hosil bo’lish sharoitlari va tasnifi (klassifikasiyasi).

    38. Bo’z tuproqlarning tuzilishi; tasnifi (klassifikasiyasi) och tusli, toʻq tusli va tipik Bo’z tuproqlarning tarqalishi, tarkibi va xossalari.

    39. Quruq subtropiklarning tog oldi choʻl dasht zonasida tarqalgan oʻtloq – Bo’z tuproqlar: tarqalishi, tasnifi, tuzilishi, tarkibi, xossalari.

    40. Tuproqlar zonnaligi: zonalar boʻyicha tarqalishi sabablari, geografik rayonlashtirish. Tuproqlarning gorizontal va vertikal zonalligi, MDH hududida uchraydigan tabiiy tuproq zonalari.

    41. O’zbekistonda yer resurslari; tuproq tiplari, maydoni shu jumladan sugʻoriladigani, tarqalishi, shoʻrlanish darajasi, tarkibi, xossalari qishloq xo’jaligida foydalanishi.

    42. Tuproq muhofazasi. Tuproqniing inson hayotidagi ahamiyati, roli, uning buzilishi va ifloslanish sabablari, tarkibining oʻzgarishi va h.k.

    43. Tuproqni suvga chidamli agregatlar miqdori boʻyicha baholash shkalasi. Tuproq agregatlari, oʻlchamlari, suvga chidamliligi.

    44. Tuproqning fizik-mexanik xossalariga ishlov berish va madaniylashtirishning turli usullarini ta’siri. Tuproqning fizik mexanik xossalari, tuproqqa ishlov berish,sugʻorish, o’g’itlashning ta’siri.

    45. Rel’yef, o’simlik va qor qoplamining tuproq haroratiga ta’siri. Rel’yef shakllari, mikro, mezo, makrorel’yef, qiyaliklar, nishablik, o’simlik va qor qoplami, harorat, harorat oʻzgarishi.

    46. Mulchalashning tuproqning suv, issiqlik va havo rejimiga ta’siri. Tuproq, mulchalash, tuproqning suv, issiqlik va havo xossalariga mulchalashning ta’siri, mulcha turlari.

    47. Tuproq havosining atmosfera havosi bilan gaz almashinuvi. Tuproq havosi, tarkibi, atmosfera tarkibi bilan farqi, gaz almashinuvi.

    48. Gʻoʻza rivojlanish davrida tuproq issiqlik rejimining oʻzgarishi. Tuproq issiqlik rejimi, oʻzgarishi, o’simliklarning ta’siri. Gʻoʻza rivojlanish davrida issiqlik rejimi oʻzgarishi.

    49. Tuproq biologiyasining mohiyati va ahamiyati. Tuproq biologiyasining maqsadi va vazifalari. Hozirgi vaqtda tuproqdagi biologik jarayonlarni yaxshilash va tuproqlarni biotiklantirishda innovasion texnologiyalar.

    50. Tuproq biotasi. Tuproq hayvonlarining va mikroorganizmlarning ekologik guruxlari. Tuproq hayvonlarining asosiy taksonomik guruxlari. Bir xujayrali hayvonlarning tuproqda uchrashi. Ularning tuproq unudorligini oshirishdagi ahamiyati.

    51. Tuproq jonzotlarining umumiy tavsifi. Tuproq faunasining taksonomik guruxlari va ekologik funksiyalari. Sodda hayvonlar. Chuvalchanglar. Mollyuskalar, sudralib yuruvchilar. Ularning tuproq unudorligini oshirishdagi ahamiyati.

    52. Tuproq zamburugʻlarining umumiy tavsifi. Tuproq zamburugʻlarining taksonomik tadqiqi. Mikomitsetlar, Zigomitsetlar. Askomitsetlar. Bazidiomitsetlar. Ularning tuproq unudorligini oshirishdagi ahamiyati.

    53. Tuproq hayvonlarining yashash muhiti. Tuproq koʻp fazali sistema. Tuproqning tirik fazasi. Tuproq hosil bo’lishda biologik jarayonlar.

    54. O’zbekiston tuproqlarining biologik faolligi. Shoʻrlangan tuproqlar biologik faolligi. Tuproqda zararli tuzlarning toʻplanish sharoitlari va ularni tuproq biologik faolligiga tasiri.

    55. Bo’z tuproqlarning tarqalishi genezisi, tasnifi, biologik faolligi. Tuproqlar klassifikasiyasi va diagnostikasida tuproq biotasining ahamiyati. Gidromorf tuproqlarning biologik faolligi.

    56. Tuproq biologiyasining ekologik jihatlari. Tuproq mikroorganizmlarini biosferada modda va energiya almashinuvidan ishtiroki. Ozuqa muhitlarga tavsif berish, ularni qanday maqsadlarda qoʻllanishini tushuntirish.

    57. Tuproq eritmasi, tarkibi, ahamiyati. Eritma, konsentrasiya, tuz, tarkib oziqlanish, ionlar, shoʻrlanish, oziq moddalar yetishmaslik, Tuproq eritmasida organik va mineral moddalar, Erigan moddalar ion, molekulyar va kolloid shakllari.

    58. Gumusning parchalanishi va uning global ekologik oqibatlari. Mikroorganizmlar roli, O’simliklar qoldigʻining parchalanishi, Parchalanish mahsulotlari, Degumifikasiya, almashlab ekish, paxta monokulturasi, tuproq degradasiya, xossalari, ekologik holati.

    59. Azotli o’g’itlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri. Azotli o’g’itlar, turlari, shakllari, azot oksidalari, ammiak, nitratlar, mahsulot, suv, tuproq, sifat

    60. Samarqand kimyo zavodida chiqadigan zaharli va texnogen chiqindilarni kelib chiqish manbalari. zaxarli modda, sanoat, o’g’it, transport, ifloslanish.

    61. O’simlik va tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlar va moddalar miqdori hamda ularning qabul qilingan me’yoriy. (QQM) koʻrsatgichi. Tuproq, nitrat, mahsulot tarkibi, kimyoviy element, ogʻir metall, nitrat, radioaktiv modda, ruxsat etilgan eng yuqori me’yor, zarari.

    62. Suv tarkibidagi kimyoviy elementlar va moddalar miqdori hamda ularning qabul qilingan meyoriy (QQM) koʻrsatgichi. suv, tarkibi, zararli moddalar, nitrat, ogʻir metall, sifat, ruxsat yetilgan eng yuqori me’yor.

    63. Fosfor xom-ashyosi tarkibida zaharli va texnogen chiqindilarni kelib chiqish manbalari. Stronsiy, ogʻir metallar, radioaktiv moddalar va boshqa moddalarni zararli ta’siri.

    64. Tuproqdan karbonat angidrid (CO2) ajralib chiqishi va uning “issiqxona effektiga” ta’siri. Karbonat angidirid, “issiqxona” effekti, sababi, harorat, atrof muxit, qurgʻoqchilik, muvozanat.

    65. Agrokimyo - dehqonchilikni kimyolashtirish va agrokimyoviy xizmatni toʻgʻri tashkil etishning ilmiy asosi sifatida. O’simlik-tuproq-o’g’itning biologik va kimyoviy xususiyatlari, oʻzaro ta’siri. O’zbekistonda mineral o’g’itlar ishlab chiqarishning hozirgi ahvoli.

    66. Tuproq azoti, uning asosiy shakllari va oʻzgarishi. Tuproqdagi azot umumiy miqdori. Mineral va organik azot. Ammonifikasiya, nitrifikasiya, denitrifikasiya, immobilizasiya. Biologik azot, Tuganak va erkin yashovchi azot toʻplovchi bakteriyalar.

    67. Goʻng. Goʻngning tuproq unumdorligi va o’simlik hosildorligini oshirishdagi roli, goʻng turlari. Toʻshamali goʻng. Tarkibi, olinishi, saqlash usullari, saqlashda organik modda, azot yoʻqolishi oldini olish choralari. Kuzgi shudgor bilan, oziqlantirishda va "sharbat" usulida qo’llash.

    68. Murakkab-aralash o’g’itlar, olinishi xossalari qoʻllanilishi. Murakkab - aralash o’g’itlar turlari. Sulfatli, sulfat kislotali, fosforli nitrofoska. Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan AFU, NKFU, PS-agro o’g’itlariga tavsif.

    69. Agrokimyoning uslublari. D.N.Pryanishnikov, V.A.Mineyev ta’riflari. Agrokimyoning asosiy vazifasi, uslublari. Biologik uslublar, kimyoviy, laboratoriya, ishlab chiqarish uslublari.

    70. Amidli azotli o’g’itlarning tuproqda oʻzgarishi. Amidli o’g’itlar turlari. Mochevinaning tuprokda oʻzgarishi. Nitrifikatsiya jarayoni kechishi. Mochevina o’g’itini ishlatish afzalliklari, suspenziya holida qo’llash.

    71. Toʻshamasiz goʻng olinishi, tarkibi, xossalari, yarim suyuq, suyuq va goʻng oqavasi. Toʻshamasiz goʻng tarkibi. Toʻshamasiz goʻngni saqlash. Saqlash davomida oziqa moddalari yoʻqolishi. Toʻshamasiz goʻng qo’llash usullari. Asosiy o’g’itlash va oziqlantirish.

    72. O’simliklarga oziqa moddalarning oʻtishi. Oziqlanishning tiplari. Avtotrof va geterotrof oziqlanish. Mineral oziqlanish nazariyasi. Oziqlanish haqida dastlabki nazariyalar (diffuzion-osmotik, lipoid, ultrafiltratsiya va adsorbsion oziqlanish nazariyalari misolida tushuntiring).

    73. O’g’it qo’llashning ekologik muammolari. O’g’it tarkibidagi ballast moddalar: gips, ftor va h.k. Moddalarning tuproq, suv, sizot suvlar qishloq xoʻjalik mahsulotlari tarkibida cheklangan miqdori (PDK) Tuproq grunt suvlari, qishloq xoʻjalik mahsulotlarining ifloslanishi oldini olish, ekologik sof mahsulot ishlab chiqarish.

    74. Tuproq muhiti reaksiyasi – pH ning o’simlik uchun ahamiyati. Tuproq muhiti reaksiyasi - pH haqida tushuncha. Bo’z tuproqlarda muhit reaksiyasi. Tuproq kislotaligi turlari (aktual, potensial, almashuvchan, gidrolitik kislotalik). Tuproqning asoslar bilan tuyinish darajasi.

    75. Tuproq singdirish kompleksi, tarkibi va tuzilishi. Singdirish kompleksining K.K.Gedroys bergan ta’rifi. Tuproq kolloidlari. Organik mineral va organo-mineral kolloidlar. Kolloid zarralar turlaki, tuzilishi va zaryadining tuproq muhitiga bogʻliqligi.

    76. Suvda eruvchan fosforli o’g’itlar. Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo. Fosforli o’g’itlar klassifikasiyasi. Superfosfat, olinishi, tarkibi, xossalari. Qoʻsh superfosfat. Superfosfatni qo’llash usullari, me’yorlari va muddatlari.

    77. Kompleks o’g’itlar va ularni qo’llash istiqbollari. Murakkab o’g’itlar, murakkab-aralash va aralash o’g’itlar. Ularning afzalliklari. Ammofos misolida murakkab o’g’itlarga tavsif bering.

    78. Tuproq singdirish qobiliyati va uning o’simlik oziqlanishidagi ahamiyati. Tuproq singdirish qobiliyati haqida tushuncha K.K.Gedroys ishlari. Biologik, mexanik, fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy singdirish qobiliyatlari.

    79. Ammoniyli azotli o’g’itlar. Ammoniyli o’g’itlar turlari, qattiq va suyuq ammoniyli o’g’itlar tuproqqa ammoniyning singdirilishi. Tuproq nitrifikasiya jarayonini va uni susaytiruvchi omillar.

    80. O’simliklar tarkibida oziqa moddalar miqdori nisbati va tuproqdan olib chiqilishi. O’simliklar uchun kerakli va shartli kerakli elementlar haqida tushuncha. O’simliklarning elementlarni oʻzlashtirishi. Xoʻjalik, biologik, qoldiq olib chiqish.

    81. Suyuq azotli o’g’itlar. Suyuq azotli o’g’itlar turlari. Suvsiz ammiak, ammiakli suvning olinishi, xossalari tarkibi, saqlashning oʻziga xos jihatlari. Suyuq azotli o’g’itlarni tuproqqa qo’llash usullari, qo’llash chuqurligining azot yoʻqolishi miqdoriga bogʻliqligi.

    82. Agrokimyoning rivojlanish tarixi. Agrokimyo fani haqidagi dastlabki qarashlar (Palissi, Glauber, Lavuaze ishlari). Bussengo, Libix, Pryanishnikov ishlari. Agrokimyo fani rivojlanishiga O’zbekistonlik olimlar (S.A.Kudrin, B.P.Machigin, N.M.Mannonov, P.V.Protasov Ye.I.Stolipin, I.N.Niyozaliyev, T.P. Piraxunov) ning qoʻshgan hissalari.

    83. Bo’z tuproqning agrokimyoviy tavsifi. Och tusli, tipik va toʻq tusli Bo’z tuproqlar. Oʻtloq - Bo’z va oʻtloq tuproqlar chirindi umumiy va harakatchan oziqa moddalari miqdori. Tuproqlar singdirish sigʻimi, singdirilgan kationlar tarkibi.

    84. O’simliklar tomonidan oʻzlashtiriladigan oziqa moddalari shakllari. NO3 va NH4 asosiy shakldagi azot elementi. H2PO4, HPO4, PO4 shakldagi fosforli birikmalarni oʻzlashtiruvchi ekinlar.

    85. Ammiakli-nitratli azotli o’g’it. Olinishi, xossalari, tarkibi fizik xossasini yaxshilash yo’llari. Tuproqda oʻzgarishi, qo’llash usullari, muddatlari, me’yorlari. (Gʻoʻza oʻsimligi misolida tushuntiring).

    86. Organik va mineral o’g’itlarning o’simliklar hosildorligini oshirish qishloq xoʻjalik intensivlashtirishdagi roli. O’g’itlar - o’simliklar hosildorligini oshiruvchi omil ekanligi. Mineral o’g’itlarga bo’lgan talab (O’zbekiston misolida)

    87. O’simliklar oziqlanishi haqidagi zamonaviy nazariyalar. Elektrokimyoviy gradiyent. Aktiv va passiv oqim. Simport va antiport. Tashuvchi va ion nasoslari nazariyalari. Pinositoz.

    88. O’simliklar tomonidan kaliy oʻzlashtirish dinamikasi. Kaliyning o’simlikdagi shakli. Xujayradagi kaliy miqdori. Kaliyning o’simlikdagi bajaradigan funksiyasi. Gʻoʻza oʻsimligi oʻsish va rivojlanish fazalari boʻyicha (shonalash, gullash va x.k) kaliyni oʻzlashtirishi.

    89. Suvda kam eruvchan fosforli o’g’itlar. Presipitat: olinishi, tarkibi, xossalari, qo’llash samarasi. Ftorsizlantirilgan fosfat, tomasshlak va marten pechi chiqindisi tarkibi, qoʻllanishi xususiyatlari.

    90. Agrokimyoning rivojlanish bosqichlari. O’simliklar oziqlanishi haqidagi dastlabki qarashlar Palissi, Glauber, Lavuaze ishlari. Mineral oziqlanish. Valerius va Teeyerning gumus nazariyasi. Bussengo azotli oziqlanish nazariyasi. Yu.Libixning mineral oziqlanish nazariyasi.

    91. O’simliklar uchun azotning ahamiyati, azot yetishmasligi belgilari. Azotning asosiy manbalari. Azotning o’simlikda oʻzgarishi. Aminlanish, qayta aminlanish jarayoni. Nitratlar reduksiyasi. O’simliklarda azot bajaradigan funksiyalar. Azot yetishmaslik belgilari. Ortiqcha berilganda o’simlikdagi oʻzgarishlar.

    92. Ammofos va diammofos asosida olinadigan murakkab aralash o’g’itlarning xossalari, tarkibi, xususiyatlari. Ammofos va diammofos, ammofoska va diammofoska o’g’itlarini qo’llash.

    93. Asosiy bor saqlovchi o’g’itlar. Bor kislotasi, bor magniyli o’g’it, borli superfosfat, tarkibi, ishlab chiqarish shakllari. Borli o’g’itlarni asosiy o’g’itlashda, qator orasiga qo’llash, ildizdan tashqari oziqlantirish, uruqqa ishlov berishda qo’llash.

    94. Fizik-kimyoviy yoki almashinuvchan tuproq singdirish qobiliyati. Fizik-kimyoviy singdirish mexanizmi, uning ekvivalent miqdorda boshqa kation siqib chiqarilishi bilan birga borishi. Fizik-kimyoviy singdirilgan kationlarning o’simlik tomonidan yengil oʻzlashtirilishi.

    95. O’simliklar uchun fosforning ahamiyati. Fosforli birikmalarni fiziologik roli. ATF-energiya manbai. O’simlikda fosfor reutilizasiyasi. (ilgari ishlatilgan fosforni qaytadan ishlatilishi). O’simlik uchun fosfor manbai. Fosfor yetishmasligi belgilari. Uning oldini olish.

    96. Kaliyli o’g’itlar olinishi, xossalari, qoʻllanilishi. Asosiy kaliy saqlovchi minerallar. Kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish usullari galurgik, flotasion. konsentrlashgan va xom kaliy tuzlari. Kaliyning tuproqda oʻzgarishi va kaliyli o’g’itlar qo’llash.

    97. Rux mikroelementining ahamiyati. Ruxning o’simliklar oʻsishi, rivojlanishidagi ahamiyati. Rux saqlovchi fermentlar ahamiyati. Ruxli o’g’itlar rux sulfati va PMU-7, tarkibi, xossalari qo’llash usullari.

    98. O’g’it qo’llash usullari, uslublari, muddatlari, texnikasi. Asosiy, qator orasiga va oziqlantirishda o’g’itlar qo’llash uslublari. Kuzda, bahorda yozda qo’llash muddatlari. Sochma, lokal, lenta usulida o’g’it qo’llash usullari va texnikalari.

    99. Koʻkat o’g’itlarning tuproq unumdorligini oshirishdagi foydalanilishi. Koʻkat o’g’it toʻgʻrisida tushuncha. Koʻkat o’g’it sifatida foydalaniladigan o’simliklar. Siderasiya. Dukkakli sideratlar. Siderasiyaning tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati.

    100. Paranda axlati - tez ta’sir etuvchi qimmatli organik o’g’it. Qushlar axlati tarkibi. Saqlash davomida oziqa moddasi yoʻqolishi. Quritilgan parranda axlati, tarkibi, xossalari. Parranda axlati qo’llash me’yorlari: asosiy o’g’itlashda, oziqlantirishda.

    101. Tashqi muhitning o’simlikka oziqa moddalari oʻtishiga ta’siri. Tashqi muhit faktorlari turlari haqida tushuncha. Oziq eritmasi konsentrasiyasi. Ildizning eritmadan oziqa oʻzlashtirish xususiyatlari. Turli oʻsuv davrida o’simliklarning tuproq eritmasi konsentrasiyasiga munosabati.

    102. Sapropel - chuchuk suv havzalari loyqasini o’g’it sifatidagi ahamiyati. Sapropel - loyqa paydo bo’lishi, tarkibi tashqi koʻrinishi xossalari. Sapropeldan o’g’it tayyorlash texnologiyasi. O’g’it sifatida qo’llash xususiyatlari.

    103. Oziqa eritmasidagi makro va mikroelementlar nisbatining o’simliklar oziqlanishidagi ahamiyati. Oziqa eritmasidagi makro va mikroelementlar nisbati. Oziqa moddalari oʻzlashtirishining eritma konsentrasiyasiga bogʻliqligi. Ionlar sinergizmi. Ionlar antogonizmi.

    104. Tuproq kimyoviy singdirish qobiliyati. Uning o’g’it va tuproq oʻzaro ta’siridagi roli. Tuproq kimyoviy singdirishi reaksiyalari. Bir va ikki valentli anionlarning kimyoviy singdirilish mexanizmlari. Bo’z tuproqlarda fosfor singdirilishi.

    105. Nitratli azotli o’g’itlar ularni qo’llash xususiyatlari. Natriyli selitra olinishi, tarkibi, xossalari, qoʻllanilishi. Kalsiyli selitra olinishi, tarkibi, xossalari, qoʻllanilishi.

    106. O’simliklar uchun marganes va kobalt elementlari ahamiyati. Marganesning o’simlik uchun ahamiyati, unga talabchan ekinlar. Dukkakli ekinlar uchun kobaltning ahamiyati. Kobalt va marganesning o’simlikdagi tuproqdagi yalpi va harakatchan shakldagi miqdori. Marganesli va kobaltli mikroo’g’itlar assortimenti.

    107. Ammiakatlar olinishi, xossalari, qoʻllanilishi. Ammiakat - mochevina, ammiakli selitraning suvli ammiakdagi eritmasi. Olish texnologiyasi. Fizik xossalari, tarkibi, qo’llash.

    108. Azotli birikmalarning o’simlikda oʻzgarishi. Aminlanish. Nitratlar reduksiyasi. Qayta aminlanish. Dezaminlanish. Azotli birikmalar oʻzgarishini oʻrganishda D.N.Pryanishnikov ishlari.

    109. Xlor saqlovchi kaliyli o’g’itlar. Kaliy saqlovchi minerallar. Xlor saqlovchi o’g’itlar: kaliy xlorid, xlor-kaliy elektrolit, olinishi, xossalari, tarkibi, tuproqda oʻzgarishi. Xlorga sezgir o’simliklar. Xlorli shoʻrlanish sharoitida qo’llash jihatlari.

    110. Aralash o’g’itlar, ularni qo’llash. Aralash o’g’it tayyorlashning ikki yo’nalishi. Aralash o’g’itga qoʻyiladigan talablar. Avvaldan va qo’llash oldidan tayyorlash, o’g’itlarni aralashtirish mumkinligi. Aralash o’g’itni qo’llash jihatlari.

    111. Goʻng sharbati, olinishi. Goʻng sharbati miqdorini saqlash usuliga bogʻliqligi. Goʻng sharbati tarkibi. Undan azot yoʻqolishi oldini olish. Goʻng sharbatini ishlatish asosiy o’g’it, oziqlantirish, kompostlarga qoʻshish.

    112. Toʻshamali va toʻshamasiz goʻngni saqlash usullari. Toʻshamali goʻngni hayvonlar tagida saqlash, zich, yarim zich, zichlanmasdan saqlash. Toʻshamasiz goʻngni saqlashning 2 usuli. Saqlash davomida oziqa moddalari yoʻqolishini oldini olish choralari.

    113. Tuproq bonitirovkasi va xaritalashning maqsad va vazifalari. Tuproq shoʻrlanishining qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligiga ta’siri.

    114. Sugʻoriladigan tuproqlarni binotrovkalash. Tuproq bonitrovkasini oʻtkazish bosqichlari. Tayyorlov kameral, dala tadqiqot, kameral tahlil ishlari.

    115. Sugʻoriladigan yerlarning bazali bonitrovka shkalasi. Sugʻoriladigan yerlar mexanikaviy tarkibiga koʻra sinfga ajralishi.

    116. Tuproqni bonitrovkalash uslublari. Tuproq unumdorligini qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi boʻyicha baholash.

    117. O’zbekistonda sugʻoriladigan yerlarning ball bonitetini amalga oshirish. Yerlarni baholashda tuproqning asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlari.

    118. Sugʻoriladigan yerlarning iqtisodiy qiymati. Qishloq xo’jaligiga moʻljallangan yerlarning sifat, iqtisodiy va me’yoriy bahosi.

    119. Sugʻoriladigan yerlarning sifat boʻyicha sinflarga taqsimlash va kadastr baholash.

    120. Sugʻoriladigan tuproqlarning unumdorlik darajasini baholashda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlar, ularning mezonlari.

    121. O’zbekistonda tarqalgan shoʻr yerlar miqdori va sifatini hisobga olish. Shoʻr tuproqlarni bonitrovkalash uslubi. Shoʻrlanish darajasi, shoʻrlanish tipi.

    122. Tuproq xaritasi, turlari, ahamiyati, Tuproqni xaritalashdagi usullar. Tayyorlov davridagi ishlar. Har xil masshtabdagi tuproqni xaritalash turlari.

    123. Tuproqni xaritaga tushuruvchi guruhlarni tarkibi (ekspedisiya, partiya, otryad). Tuproqni xaritaga tushuruvchi ishchi guruhlarni tuzish qoidalari.

    124. Tuproqshunos ishlatadigan asboblar va kerakli anjomlar. Dala ishlari davridagi ishlar. Daladan namuna olish tartiblari.

    125. Tuproqlar eroziyasi xaritasini tuzish. Eroziya turlari va ular ta’sirida yuvilgan (uchirilgan) tuproq. Tuproq eroziyasiga qarshi kurash.

    126. Tuproq chuqurlari turlari, vazifalari va topografik xaritaga tushirish. Namuna olish tartibi. Tuproq tarqalish chegarasini aniqlash.

    127. Tuproq xaritasi eksplikasiyasi va uning mazmuni. Tuproq xaritasiga tushuntirish xati yozish.

    128. Tuproq xaritasi haqida tushuncha va unda qishloq xo’jaligida foydalanish (xarita ma’lumotlari, eksplikasiyasi, mashstabi, mazmuni).

    129. Turli masshtabdagi topografik asoslar (masshtablari, mazmuni, unda beriladigan asosiy ma’lumotlar). Sonli va chiziqli masshtablar va ulardan foydalanish.

    130. Gorizontal va vertikal tuproq zonalligi haqida tushuncha (zonallikning asoschilari, mazmuni, ahamiyati).

    131. Tuproq tarkibidagi oziqa moddalar (R2O5, K2O) boʻyicha ta’minlanish darajalari (jada kam, kam, oʻrtacha, koʻproq, koʻp va yuqori). Uning ahamiyati va kartogrammadagi ranglari.

    132. Tuproqlarning taksonomik birliklari (tip, tipcha, avlod, tur, tur xil) va ularning mazmuni. Tuproq hosil qiluvchi omillar va ularning tuproq tarqalishiga ta’siri.

    133. Yerni baholash hujjatlari. Yerni baholash boʻyicha hujjatlar, hisoblangan - normativ va natijali yer baholash hujjatlari.

    134. Xoʻjalikda yer baholash ishlari. Yerlarni baholash, birlamchi obyekt, agronomik ishlab chiqarish guruhlari.

    135. Bonitirovka shkalalarini tuproq xususiyatlari va hosil asosida tuzishdagi ma’lumotlar. Tuproq xaritasi, iqlim ma’lumotlari, yerdan foydalanuvchilar reyestri, hisobotlar, hosildorlik ma’lumotlari.

    136. Tuproqlarni bonitirovkalashning dala davri. Tuproq, bonitirovka bosqichlari, dala davri, tupoq namunalari olish.

    137. Tuproqlarni bonitirovkalash muammolari. Tuproq, bonitirovka, bonitirovka balli, bosqichlari, muammolari.

    138. Sugʻoriladaigan yerlarni unumdorligi boʻyicha baholashni amalga oshirish tartibi. Sugʻoriladigan yerlar, bonitirovka koeffitsiyentlari.

    139. Bonitirovka shkalasini tuzishda qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini hisobga olish.

    140. Shoʻrlangan tuproqlar va ularni baholash. Shoʻrlangan tuproqlar, maydoni, baholash.

    141. Tuproqlarni xaritaga tushirish usullari. Tuproqni xaritalash, masshtab, xarita turlari, usullari.

    142. Yer yuzasida tuproqlar tarqalishining asosiy qonuniyatlari. Tuproqlar tarqalishining asosiy qonuniyatlari, geografik kenglik, vertikal zonallik, topografik qatorlar, intrazonallik, mikrozonallik, regional.

    143. Tuproqni xaritalashda tuproqshunos oldiga qoʻyilgan vazifalar. Xarita tuzish, tekshirish, yangi usullardan foydalanish.

    144. Xaritalashda tayyorgarlik ishlarini tashkil qilish. Ish dasturlari, uslublari, rejasi, ma’lumotlar toʻplash.

    145. Tuproqlarni vertikal zonallik boʻyicha tarqalishi. Tuproq tarqalish qonuniyatlari, vertikal zonallik, vertikal zonallik strukturasi.

    146. Qishloq xo’jaligida turli masshtabdagi xaritalardan foydalanish. Xarita, masshtab, qishloq xo’jaligi xaritalari.

    147. Tuproqlarni eroziyasi xaritasini tuzish. Tupoq eroziya, darajasi, xaritalash.

    148. Davlat kadastrlari yagona tizimida yer kadastrining oʻrni, vazifasi va ahamiyati. Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT) tushinchasi.

    149. O’zbekiston Respublikasi yer fondi, yer kadastrining obyekti. O’zbekiston Respublikasi yer fondi. Yer fondi toifalari. Qishloq xo’jaligi uchun ajratilgan yerlar tavsifi

    150. Davlat yer kadastrining turlari. Asosiy yer kadastri, joriy yer kadastri ularning vazifalari. Ularda keltiriladigan ma’lumotlar. Yer kadastrini yuritishdagi qonuniylik.

    151. O’zbekistonda yer kadastri ishlarini oʻtkazuvchi tashkilot va korxonalar tavsifi. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi va uning joylardagi filiallari.

    152. Korxona, muassasa va tashkilotlar yerdan foydalanishni hamda yer mulklarining tavsifi. Yerdan doimiy yoki muddatli (vaqtincha) foydalanish.

    153. Sugʻoriladigan yerlarni roʻyxatga olish tartibi. Yerlarni roʻyxatga olish tushinchasi. Roʻyxatga olishning maqsad va vazifalari. Sugʻoriladigan yerlarni roʻyxatga olish tartibi.

    154. Viloyatda yer kadastrini va yerdan foydalanishning davlat nazoratini tashkil etish. Rivojlangan davlatlarda yer kadastri. Gʻarbiy Yervopa davlatlarida yer kadastri ishlarining yuritilishi.

    155. Tumanda yer kadastri hujjatlari. Yer fondidan foydalanishda yuz beradigan oʻzgarishlar. Matnli xujjatlar. Grafik xujjatlar.

    156. Davlat yer kadastrining nazariy asoslari. Yer kadastri ishlarini yuritishdagi me’yoriy xujjatlar tavsifi.

    157. Tuproq bonitirovkasi ishlari bosqichlari. Tayyorgalik ishlari. Tayyorgarlik bosqichida qilinadigan ishlar. Dala ishlari. Dala bosqichida qilinadigan ishlar. Kameral ishlari. Kameral bosqichida qilinadigan ishlar.

    158. Tuproqni bonitirovkalash uslublari. Tuproqni baholashdagi yondoshuvlar. Tuproqda yetishtirilgan hosil miqdori boʻyicha; tuproqning xossalarini hisobga olgan holda ball bonitetlarini belgilash.

    159. O’simliklarda azot yetishmasligi. Azot yetishmaslik belgilari. Barg va poyada bo’ladigan oʻzgarishlar. Indikator o’simliklar

    160. Dala tajribasi uchun maydoncha tanlash. Maydoncha tanlash, uni tayyorlash. Paykallar shakli, variantlar, qaytariqlar, himoya polosalari.

    161. Dala tajribasi turlari. Stasionar, doimiy, koʻp omilli, bir omilli, qisqa muddatli, geografik, koʻp yillik, ishlab chiqarish, tajriba.

    162. O’simliklarda mis yetishmaslik belgilari. Mis yetishmaslik sabablari, belgilari, o’simlikdagi oʻzgarishlar, indikator o’simliklar.

    163. Dala tajribasining tarkibiy qismlari. Variantlar, paykallar soni, qaytariq, yarus, joylashtirish usullari, paykal shakli.

    164. Agrokimyoviy xizmat koʻrsatish. Agrokimyoviy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida tushuncha. Davlat agrokimyoviy xizmati, xoʻjalikning agrokimyoviy markazi, kimyolashtirish punkti, kartografiya, radiologiya va toksikologiya.

    165. O’simliklar oziqlanishini diagnostika qilish usullari. Diagnostika usullari, barg diagnostikasi, vizual diagnostika, kimyoviy diagnostika, indikator o’simliklar, elementlar yetishmasligi.

    166. O’simliklarda fosfor tanqisligi. Yetishmaslik belgilari, sabablari, barg va o’simlikdagi oʻzgarishlar, indikator o’simliklar.

    167. Nishon atom uslubi. Ahamiyati, qoʻllanilishi, izotop, stabil, radioaktiv, maqsadi va vazifalari.

    168. O’simliklarda magniy yetishmasligi. Magniy yetishmasligi sabablari, belgilari, barg va tanadagi oʻzgarishlar, indikator o’simliklar.

    169. Kimyoviy diagnostika. O’simliklar oziqlanishini diagnostika qilishning uch qoidasi. Kimyoviy diagnostika, kimyoviy tarkib, o’simlik shirasi, NPK o’simlik oʻsishi, iqlim va tuproq sharoiti.

    170. Vegetasion tajribani oʻtkazish texnikasi. Vegetasion idishlar, drenaj, tuproq, qum va suv kulturalari, idishni tayyorlash, idishni tuproq bilan toʻldirish texnikasi.

    171. Markaziy Osiyoda tajriba ishlari tarixi. R.R.Shreder, M.M.Bushuyev, B.S.Machigin, N.I.Qurbonov va boshqa olimlarning xizmati, tajriba stantsiyalari, ilmiy tekshirish institutlarning tashkil etilishi.

    172. Lizimetrik tajriba. Lizimetrik tajriba toʻgʻrisida tushuncha, maqsadi, vazifasi, qoʻyiladigan talablar, lizimetrlar turlari.

    173. O’simliklarda kalsiy yetishmasligi. Kalsiy yetishmaslik belgilari, sabablari, o’simlikdagi oʻzgarishlar, indikator o’simliklar.

    174. O’g’itlar samaradorligini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladigan dala tajribalari sxemalari. Tajriba sxemasi, bir omilli, koʻp omilli, nazorat, taqqoslash mumkinligi, yagona mantiqiy farq prinsipi.

    175. Laboratoriya uslubi. Uslubning maqsadi, vazifalari, tuproq, o’simlik va o’g’it analizlari, miqdor va sifat analizi.

    176. Vegetasion tajribaning maqsadi, yutuqlari va kamchiliklari. Vegetasion tajriba maqsadi, vazifasi, yutuqlari, kamchiliklari.

    177. Vizual diagnostika usuli. Uslubning mohiyati, o’simliklarda sodir bo’ladigan oʻzgarishlar.

    178. O’simliklarda molibden yetishmasligi. Molibden yetishmaslik belgilari va sabablari, o’simliklarda sodir bo’ladigan oʻzgarishlar, indikator o’simliklar.

    179. Dala tajribalariga talablar. Tuproq unumdorligi, yagona mantiqiy farq priyensipi, rekognostik ekinlar, tenglashtiruvchi ekin, tajriba aniqligi, tipiklik.

    180. O’simliklarda azot yetishmasligi. Azot yetishmaslik belgilari. Barg va poyada bo’ladigan oʻzgarishlar. Indikator o’simliklar.

    181. Variantlarni paykallarda joylashtirish usullari. Sistematik, ketma-ket, standart, yamb-metodi, daktil usul, qoʻshaloq usul, rendamizasion tasodifiy usul, lotin kvadrati.

    182. Mineral o’g’it me’yoriga kultivatorni rostlash. Mineral o’g’it, doza, SUZ, o’g’itlagich, gʻildirak, diametr, parametr, olish eni.

    183. Tajriba aniqligi va xatoligi. Aniqlik, xatolik, tajriba, tasodifiy xato, teknik xato, tuproq unumdorligi, mexanik shikastlanish, kasallik, zararkunanda, individual oʻzgaruvchanlik.

    184. Vegetasion usul turlari. Ta’rifi, suv, qum, tuproq kulturalari, maqsadi va vazifalari.

    185. Barg diagnostikasi. Usul mohiyati, vazifasi, maqasadi, barglardan namuna olish, rejalashtirilgan hosilga o’g’it normasini barg diagnostikasi orqali aniqlash.

    186. O’simliklarda rux tanqisligi. Rux tanqisligi alomatlari, sabablari, o’simlikdagi oʻzgarishlar, indikator o’simliklar.

    187. Fenologik kuzatish va biometrik hisoblar. Fenologik fazalar boshlanishi, ommaviy kirish, fazalar oraligʻi, vegetatsiya davomiyligi, biometrik oʻlchashlar, ularning turlari, hisob-kitoblar.

    188. Olib chiqish turlari. Biologik, xoʻjalik, tashqi xoʻjalik olib chiqish, azot, fosfor, kaliy, qishloq xoʻjalik ekinlari.

    189. O’simliklarda marganes yetishmasligi. Marganes tanqisligi alomatlari, sabablari, o’simliklarda sodir bo’ladigan oʻzgarishlar, indikator o’simliklar.

    190. Dala tajribasi elementlari. Maydon, paykal, variant, qaytariq, yarus, tajriba sxemasi, tajriba uzunligi, eni, himoya polasasi, umumiy va hisob kitob maydoni.

    191. O’simliklarga kaliy yetishmasligi. Yetishmaslik belgilari va sabablari, o’simlikdagi oʻzgarishlar, barg, poya, ildiz, barg bandi, indikator o’simliklar.

    192. Dispersion analiz. Statistika, biometriya, asosiy toʻplam, tanlanma, unumlashtirilgan xato, oʻrtacha arifmetik xato, ogʻish, asosiy kvadratik ogʻish, YeKIF, variasion koeffitsiyent, tajriba aniqligi, fikr xatosi, oʻrtacha arifmetik koʻrsatgich xatosi.

    193. Ilmiy tadiqotni rejalashtirish va dasturni tuzish. Maqsad, vazifa, mavzu tanlash, masalani tarihi, ahvoli, ishchi gipoteza, dolzarblik, dastur, reja, tajriba sxemasi, uslubi, sharoiti, kutilayotgan natija.

    194. Matematik statistika asoslarini tajriba ishlarida qo’llash. Statistika, biometriya, ehtimollar nazariyasi, ekspriment natijalari, obyekt tanlash, umumlashtirish, qisqartirish, oʻzgaruvchanlik, variosion qator, ogʻish, asosiy kvadratik ogʻish, normal taqsimlanish variosion koeffitsiyenti, arifmitik qiymat hatosi, ikkita arifmetik fikr xatosi, tajriba ishonchliligi, aniqligi.

    195. Dala tajribasini quyish va oʻtqazish. Tajriba uchun uchastka ajratish, paykallarning umumiy soni, paykal kengligi, qaytariq maydoni, paykal uzunligi, loyiha, teodalit, nivelir, bussol, ekker, poʻlat lenta, ishorat belgisi, ekish me’yori, aniqlash, o’g’it normasini hisoblash, sugʻorish.

    196. Vegetasion tajribada o’g’itlash tizimi. O’g’it dozasi, o’g’it turi, shakli, tuproq, kg, idish, mg/kg, gr, tuproq massasi, toza tuzlar, oddiy va murakkab o’g’it, har xil ekinlar, o’g’itlash tizimi.

    197. Variasion qator va Gauss egri chizigʻi. Variosion qator, variant, belgi, chastota, normal taqsimlanish, Gauss, egri chiziq, qism, foiz

    198. Dala tajribasi sxemasi. Sxema, variant, omil, yagona mantiqiy fikr, koʻp omilli, bir omilli, doza, me’yor, qo’llash muddati, usuli, variant soni, nazorat, ortogonal, faktorio tajriba.

    199. Metod toʻgʻrisida tushuncha. Metod, metodika, metodologiya, uslubning rivojlanishi, ahamiyati, maqsad va vazifasi.

    200. Agrokimyoviy tekshirish usullariga qisqacha tarif. Dala, vegetasion, lizimetrik, nishon atom, laboratoriya, iqtisodiy, statistik, metod.

    201. Tajriba dasturi va sxemalari. Ilmiy tadqiqot, dastur qismlari, ularning yozilishi, yoritilishi, tajribani loyihalashtirish, tajriba sxemasi, turlari.

    202. O’simliklarda kalsiy yetishmasligi. Kalsiy yetishmasligi belgilari, sabablari, o’simlikdagi oʻzgarishlar, indikator o’simliklar.

    203. Oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqot boʻyicha hisobot yozish. Ilmiy hisobotni rasmiylashtirish, boʻlimlari, ularning mazmuni, hajmi, vaqti.

    204. Izotoplar qoʻllaniladigan asosiy yo’nalishlar. Izotop, maqsad, vazifa, oʻzlashtirish koeffitsiyenti, oziq modda balansi, oziq moddalar migrasiyasi, oziqlanish fiziologiyasi, azotofiksasiya, yoʻqolish, yuvilish, denitrifikasiya, uslublar yaratish, mukammallashtirish.

    205. Tajriba uchun kerak bo’ladigan o’g’it, urugʻ me’yorini aniqlash, sugʻorish muddati va normalarini aniqlash. Fenologik kuzatish va biometrik oʻlchashlar. Fenologik fazalar, qishloq xoʻjalik ekinlari, gʻoʻza, bugʻdoy, arpa, kartoshka, makkajoʻxori, sabzavot ekinlari, biometrik oʻlchashlar, ildiz, barg, poya massasi.

    206. Vegetasion tajribada o’g’itlash me’yorlari. Me’yor, tuproq, idish, mg/kg, azot, fosfor, kaliy, ekin turi, gʻoʻza, bugʻdoy, donli, don-dukkakli, sabzavot ekinlari, kartoshka, tamaki, lavlagi.

    207. Hosilni yigʻishtirsh usullari. Hosil umumiy maydon, hisob-kitob maydoni, terish, yigʻishtirish, oʻrish, qoʻlda kombaynlarda, tortish, oʻlchash, namlik standart namlik, standart namlikka oʻtkazish, bevosita va bilvosita.

    208. Idishlarni tuproqqa toʻldirish texnikasi. Idish oʻlchami, parafinlash, mumlash, doka va filtr qogʻozi bilan oʻrash, drenaj, trubka, tuproq massasini hisoblash, o’g’itlarni solish, idish massasini DNS ga nisbatan keltirib olib hisoblash.

    209. Lizimetrik tajribaning maqsadi, vazifalari va turlari. Lizimetrik tajriba, maqsadi, vazifasi, lizimetrlar, turlari, tabiiy, tuproqli sochma, betonli, gʻishtli, metall, rux, konstruksiyali, lizimetrik voronka, Zbermayer voronkasi, plastmassali.

    210. Tajriba turlari, ularning maqsadi, mazmuni, ahamiyati va bir-biridan farqi. Tadqiqot, tajriba, turi, maqsadi, vazifasi, mazmuni, ahamiyat, farq, dala, vegetasion, lizimetrik, nishon atom, laboratoriya, ishlab chiqarish, nav sinash, demonstrativ, koʻrgazmali, bir omilli, koʻp omilli, vaqtinchalik, stasionar, uzoq muddatli, geografik, koʻchib yuruvchi va hakozolar.

    211. Vegetasion tajribaning suv kulturasi va uni oʻtkazish texnikasi. Vegetasion tajriba, suv kultura, eritma, Knop, Saks, Belousov, Pryanishnikov, oʻtkazish, texnika, idish, oʻlcham, tortish, o’g’itlash turi, hisob-kitob va hakozolar.

    212. Eng kichik ishonarli farq. EKIF uning ahamiyati, mazmuni, bogʻlikligi va tajriba sifatiga ta’siri EKIF, 95 % haqqoniylik, 99 % haqqoniylik, ahamiyat, mazmun, qoida, boshqa omil, bogʻliqlik, tajriba, sifat, ta’sir, styudent mezoni, t. Farq xatoligi, Sd, talab va hakozolar.

    213. Tajriba sxemasi, uning tuzilishini oʻziga xosligi tajriba, sxema, variant, nazorat, etalon, andoza, standart, fon, doza, me’yor, muddat, qo’llash usul, muddat, vaqti, shakl, turi, o’g’it, nisbat, bir omilli, koʻp omilli, oʻziga xosligi, variantlar soni, ta’sir, birgalikda ta’siri.

    214. Vegetasion tajribaning qum kulturasi va uni oʻtkazish texnikasi. vegetasion, tajriba, idish, qum, toʻldirish, o’g’itlash, oʻtkazish texnikasi, tortish, oʻlchash, idish oʻlchami, qum massasi, o’g’itlash usuli, hisob-kitoblar va hakozolar.

    215. Tajriba aniqligi va uning ahamiyati, mazmuni, bogʻliqligi va tajriba sifatiga ta’siri. tajriba, aniqlik, xatolik, axamiyati, mazmuni, faktorlar, bogʻliqlik, talablar, Sx, X, Sd, Sx %, EKIF.

    216. Tajribada uchraydigan xatoliklar turi va ularning tajriba sifatiga ta’siri xatolik, tasodifiy, sisitematik, qoʻpol, texnik, tajriba, sifat, tajriba aniqligi, tajriba nisbiy xatoligi, variasion koeffitsiyent, maydonni hisobdan chiqarish va hakozolar.

    217. Tajriba elementlari, ularning tajribaga ta’siri. Variant, paykal, yarus, qaytariq, takrorlanish, maydon, paykal shakli, tajriba aniqligi, xatolik, qiyinlik va hakozolar.

    218. Tadqiqot dasturi, uning mazmuni, boʻlimlari. Tadqiqot, tajriba, dastur, dolzarblik, maqsad, vazifa, tajriba sxemasi, yangilik, ilmiy ahamiyati, uslublar, analizlar, biometrik, fenologik kuzatishlar, tuproq iqlim, sharoit, kutiladigan natijalar.

    219. Vegetasion tajribaning tuproq kulturasi, uni oʻtkazish texnikasi vegetasion, tajriba, tuproq, kultura, idish, oʻlcham, tuproqni tayyorlash, haydov qatlam, elash, massa, drenaj, trubka, marli, filtr qogʻoz, vegetasion, tajriba, o’g’itlash, muddat, doza, DNS, sugʻorish, tortish.

    220. Variasion koeffitsiyent, uning ahamiyati, mazmuni va tajriba sifatiga ta’siri. Variasion koeffitsiyent, V, mazmun, ahamiyat, sifat, ta’sir, standart, kvadratik ogʻish, oʻrtacha qiymat, tanlanma.

    221. Mavzuni tanlash va uning dolzarbligi. mavzu, oʻrganilganlik darajasi, tarixi, ahamiyati, kerakligi, zamon talabi, ishlab chiqarish, Fan, nazariya, amaliyot, rivojlanish, muammo, hal etish, yangilik, maqsad, vazifa.

    222. Dala tajribasiga qoʻyiladigan talablar va ularga rioya qilishning ahamiyati. Dala, unumdorlik, bir jinsli, turli jinsli, yagona mantiqiy farq prinsipi, tipiklik maxsus ajratilgan, maydon, hosildorlik, hisobga olish, aniqlik, ishonchlilik, muhimlik, rioya qilish, sifat, tajriba aniqligi, xatolik.

    223. Bir va koʻp faktorli tajribalar, ularning oʻziga xosligi, oʻtkazilish texnikasi. Bir va koʻp omilli, ta’sir, oʻzaro ta’sir, birgalikda, kuchayish, oʻziga xosligi, oʻtkazish texnikasi, maydon, dala, joylashtirish.

    224. Lizimetrik tajribalar, ularning maqsadi, ahamiyati, vazifasi, oʻtkazilish texnikasi. Lizimetrik tajriba, lizimetr, oʻlcham, maqsad, vazifa, ahamiyat, farqi, oʻtkazish texnikasi, tuzilishi, oʻrganish obyekti.

    225. Tajriba ishonchliligi muhimligi va haqqoniyligi. toʻgʻri tuzilgan, sxema, tajriba, uslubi, obyekt, tanlash, tadqiqot oʻtkazish sharoiti, farq ishonchliligi.

    226. Tadqiqotni rejalashtirish va uning ahamiyati. Tadqiqot rejalashtirish, birinchi bosqich, mavzu tanlash, dolzarblik, aniqlash, maqsad, vazifa, shakllantirish, obyekt, tanlash, masalaning oʻrganilganligi, adabiyotlar, materiallar toʻplash, ishchi gipoteza, ikkinchi bosqich, dastur, ishlab chikish, oʻtkazish joyi va muddati, boʻlimlarning nomlanishi.

    227. Ishlab chiqarish tajribasi uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati, tajriba, ishlab chiqarish, sinash, maqsad, vazifa, ahamiyat, maydon, variant, soni, koʻrgazmali, demonstrativ.

    228. Variantlarni paykallarga rendomizasion usulda joylashtirish, tasodifiy, qur’a, turi, bir yarusli, ikki yarusli, lotin kvadrati, lotin toʻgʻri burchagi, tasodifiy bloklar takrorlanishlar metodi, variantlar soni, afzalligi, kamchiligi, talab.

    229. Oʻrtacha arifmetik qiymatni topish va uning mazmuni, ahamiyati, ishlatilishi, kerakligi, turlari, oddiy, vazniy, toʻplam, individ, hajm, tanlanma, x,n,f,.

    230. Tajriba qaytariqligi va uning ahamiyati qaytariq, takrorlanish, soni, ahamiyati, kerakligi, ta’siri, tajriba aniqligi, xatolik, dala ishlab chiqarish, vegetasion, lizimetrik, laboratoriya, kichik paykalli, nav sinash.

    231. Variantlarni paykallarga sistematik joylashtirish variant, paykal, sistematik, mazmuni, yutugʻi, kamchiligi, bir, ikki, toʻrt, yarusli, ketma-ket, standart.

    232. Meliorativ tuproqshunoslikning vazifasi va uslublari: meliorativ tuproqshunoslikning mazmuni, tabiatning qayta yaralishida melioratsiyaning roli va ahamiyati, tuproq melioratsiyasining turlari, himoyalovchi yuqori unumdor tuproqlarni saqlash; unumsiz tuproqlarni tub; buzilgan va yangidan paydo bo’lgan sun’iy tuproqlarni tiklovchi melioratsiyalar.

    233. Tuproqlarning zaharli moddalar pestisidlar, defoliantlar bilan ifloslanishi va ularning oldini olish va melioratsiyalash tadbirlari: ogʻir metallar bilan ifloslanishi, ogʻir metallardan muhofaza qilish, zaharli moddalar pestisidlar, defoliantlar va mineral o’g’itlar bilan ifloslanishi. Tuproqni sogʻlomlashtirish yo’llari “sanasiya”.

    234. Meliorativ tuproqshunoslik fani rivojlanish tarixi: A.F.Middendorf, N.A. Dimolarning O’zbekiston hududida shoʻrlanish sabablari va uni hisoblash tadbirlari toʻgʻrisidagi ilk ma’lumotlar; M.A.Orlov, X.A.Abdullayev, S.N.Rijov, L.T.Tursunov, S.A.Abdullayev, A.M.Rasulov, O.K.Komilov, X.M.Maxsudov larning meliorativ tuproqshunoslik fanining rivojlanishida oʻrni.

    235. Fizik-kimyoviy singdirishning asosiy qonuniyatlari. Kationlar singish kattaligiga koʻra kationlar qatori. Fizik-kimyoviy singdirishning ahamiyati: Gedroysning singdirish qobiliyati haqidagi ta’limotning yaratilishi, singdirilgan kationlar tarkibi, singdirish sigʻimi va ularning tuproqning xossalariga ta’siri.

    236. Shoʻrlangan tuproqlar haqida tushuncha, ularning kelib chiqish sabablari va tarqalishi: shoʻrlangan tuproqlar suvda oson eruvchi tuzlarning miqdoriga va turlari boʻyicha klassifikasiyasi, shoʻrlanganlik darajasi va tipi; tuproq hosil kiluvchi jisnlar, tuzlarning degizdan quruqlikka shamol ta’sirida kelib qoʻshilishi; atmosfera yogʻinlari, tuproq-grunt suvlari, o’simliklar, sugʻorish suvlari orqali tuz toʻplanishi.

    237. Tabiatda tuzlarning aylanma harakati va tuz toʻplanish sikllari: katta geologik va kichik biologik; quruqlik bilan dengiz okean oʻrtasidagi moddalar almashinuvi; kontinental va dengiz sikllari, bu jarayonda grunt suvlarining roli.

    238. Tuproq ishqoriyligi. Tuproq ishqoriyligining yuzaga kelish sabablari. Ishqoriylikni oshiruvchi omillar. Buferlik qobiliyati haqida tushuncha: tuproqning ishqoriy reaksiyasi pH>7; cingdirish kompleksida natriy kationlari saqlovchi tuproqlar, tuproq singdirish qobiliyati.

    239. Tabiatni qayta yaratishda melioratsiya asosiy omil: shoʻrlanish, botqoqlanish, eroziya, tuproq zichlanish, degumifikasiya jarayonlarini oldini olish va qarshi kurashish, qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish, rekultivasiya.

    240. Sugʻoriladigan tuproqlarning ikkilamchi shoʻrlanishi va uning oldini olish: ochiq va yopiq zovurlar, sizot suvlarning sathi, sugʻorish suvlarning mineralizasiyasi, sugʻorish me’yorlari.

    241. Tuproq singdirish kompleksi va uning ahamiyati. Kolloidlar. Miseliy: singdirilgan kationlar tarkibi, singdirish sigʻimi, koagulyasiya va sedimentasiya, kolloidlar gel va zol holati, meneral, organo-mineral kolloidlar, kolloidlarning gidrofobligi va gidrofilligi.

    242. Tuproq shoʻrlanishini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar: atmosfera yogʻin-sochini, sizot suvlari, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar, oqar suvlar harakatining sustligining tuproq shoʻrlanishiga ta’siri, issiq va quruq iqlimli hududlarga shoʻrlanishning xosligi.

    243. Tuproqda gumus miqdorining bir me’yorda ushlab turish va oshirib borish borasida meliorativ tadbirlar: qoʻriq yerlar haydalganda, eroziyaning rivojlanishida, shoʻrlanishida, zichlanishida va choʻllanishida degumifikasiya jarayonlarning rivojlanishi.

    244. Tuproqlarning tuz va suv rejimi: tuproq tuz rejimining yillik va koʻp yillik sikllari; qaytmaydigan shoʻrlanish, mavsumiy qaytariladigan, qaytmaydigan shoʻrsizlanish tiplari, tuproq katlamida namlikni toʻplanish va sarflanish jarayonlari.

    245. Tuproq-gruntdagi gips manbalari, gips miqdorlari va shakllari: gipsli katlamning joylashish chuqurligi, tuzilishi va qalinligining namoyon bo’lishi, gipslashganlik darajasi, gips kristallarning shakllari, gipsli qatlamlarning tuzilishi.

    246. Shoʻrlangan tuproqlar klassifikasiyasi: shoʻrlangan, shoʻrxoklar va shoʻrxoksimon tuproqlar, shoʻrtoblar; shoʻrlanish ximizimiga va shoʻrlanish darajasiga, turli-xil tuzlarninig konsentrasiyasiga qarab boʻlinishi.

    247. Gipsli tuproqlarning genezisi, tarqalishi xossalari: tuproq - gruntdagi gips manbalari, gips miqdorlari va shakllari, gips qatlamining joylashish chuqurligi va qalinligini namoyon bo’lishi, gipsli tuproqlar arid zonasining turli tuproq geografik sharoitida uchrashi, gipsli tuproqlarning akkumlyativ va ellyuvial-akkumlyativ guruhlarga boʻlinishi, gipsli qatlamning tuzilishiga koʻra boʻlinishi.

    248. Tuzlarning aylanma harakati katta (geologik) va kichik (biologik) aylanishning ahamiyati va tuzlarning toʻplanishdagi roli: quruqlik bilan dengiz (okean) oʻrtasidagi doimiy moddalar almashinuvi, tuz toʻplanishining kontinental va dengiz sikllari, tuzlarning almashinuvida grunt suvlarining roli, daryo vodiylarida, dengiz uzanlarida tuz toʻplanishning oʻziga xosligi, iqlim, tabiiy sharoitlarning roli, biologik tuz aylanishida biogen tuz toʻplanishi.

    249. Turli maqsadlar uchun tuprok-meliorativ rayonlashtirish xaqida: yerlarni meliorativ xolati va gidromodullash jihatdan rayonlashtirish, tabiiy zovurlashtirilganlik darajasiga koʻra meliorativ zonalarga boʻlinishi, iqlim zonalarning sizot suv satxining joylanishiga qarab gruppalarga boʻlinishi, yerlarni meliorativ jihatdan nazorat qilish.

    250. Skeletli tuproqlar genezisi, tarqalishi va kelib chiqishiga koʻra bo’lishlari: tuproq skeleti (har xil tosh, shagʻallar) oʻzlarining kelib chiqishiga qarab turlicha bo’lishlari, toshloqlik tuproqlarni melioratsiyalash yo’llari, toshloq (skeletli) tuproqlarning meliorativ kategoriya guruhlari, toshloq tuproqlardan qishloq hoʻjaligida foydalanishi.

    251. O’zbekistonda eroziyashunoslik fanining nazariy va amaliy yo’nalishlarini rivojlantirishda oʻz xissasini qoʻshgan olimlar: eroziyashunoslikning rivojlanishining 5 ta davri, Abu Rayxon Beruniyning nurash jarayonlari toʻgʻrisidagi nazariy qarashlari, V.B.Gussak, M.A.Pankov, B.V.Gorbunov va boshqalarning O’zbekiston tuproqlarda eroziyani ilmiy tekshirish ishlari, X.M.Maxsudov, L.A.Gafurova, R.P.Pirmamedova, N.B.Raupova, F.X.Xoshimov, K.M.Muminov larning eroziyaga qarshi koʻrash choralari boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyanomalar va koʻrsatmalar.

    252. Shoʻr yuvish, uning usullari, vaqti va me’yorlari: shoʻr yuvishning muddatlari va miqdorlari, shoʻr yuvishda tuproqqa suv bostirib yuvish usuli, shoʻrlanish darajasiga, mexanik tarkibiga qarab shoʻr yuvish muddatlari va me’yorlari, shoʻri yuviladigan pollar turlicha kattalikda bo’lishi.

    253. Turli xil yuzalariga tuz toʻplanish jarayonlari va tiplari: tuzlarning tuproq qatlamlarida kelib chiqishida va toʻplanishda tuproqlarning biologik-geomorfologik, gidrogeologik sharoitlari va iqlim, sugʻorish ta’sirida vujudga kelishi; dengiz oldi, ellyuvial, delyuvial, prolyuvial, allyuvial, deltali, atmosferali (impulverizatsiya), biogen tuz toʻplanishi va sugʻorish natijasida tuproqlarni qayta shoʻrlanishi.

    254. Shoʻrlangan tuproqlar va ularning melioratsiyasi: yerlarni meliorativ va gidromodullash jihatdan rayonlashtirish; shoʻrlangan tuproqlarni yuvishga tayyorlash (tekislash, pollar tayyorlash), shoʻr yuvish muddati va usullari, shoʻr dogʻlarni yuvish va oʻzlashtirish, minerallashgan suvlaridan sugʻorishda va shoʻr yuvishda foydalanish.

    255. Toshloq tuproqlarni melioratsiyalash yo’llari, ulardan qishloq xo’jaligida foydalanish: toshloq tuproqlar genezisi va tarqalishi, tuproq skeleti (har xil tosh, shagʻallar) oʻzlarining kelib chiqishiga qarab turlicha bo’lishlari, toshloqlik tuproqlarni melioratsiyalash yo’llari (toshlarni terish va kolmatajlash), toshloq tuproqlarning meliorativ kategoriya guruhlari, toshloq tuproqlarda foydalanishda oʻziga xosligi.

    256. Shoʻrtoblar, ularni paydo bo’lishi, tarqalish, klassifikasiyasi va melioratsiyasi: shoʻrtoblarning paydo bo’lishidagi turli dunyoqarashlar, shoʻrtob tuproqlarning illyuvial qatlamning kuchli disperslanganligi, suv-fizik xossalarining yomonligi, ishqoriy reaksiyaning paydo bo’lish sababalari, shoʻrtoblarning morfologik tuzilishi, shoʻrtoblar klassifikasiyasi, xossalari, melioratsiyasi.

    257. O’g’itlarni qo’llash tizimining maqsadi va vazifasi. Fermer xoʻjaliklarida o’g’itlash tizimini tashkil etish va uning ahamiyati, almashlab ekishni tashkil etish va o’g’itlash, o’g’it me’yorlarini belgilash, qo’llash muddatlari.

    258. Kuzgi donli ekinlarni o’g’itlashning fiziologik asoslari, o’simliklarni oziqlanish dinamikasi, tanglik va maksimal oziqlanish davrlari, oziq moddalar bilan ta’minlanganligi, eritma muhiti, mexanikaviy tarkibi, kam ta’minlanganligi va x.k.

    259. Xoʻjaliklarda mineral o’g’itlardan foydalanish qanday rejalashtiriladi. Tavsiya etilgan o’g’itlar me’yori, tuzatish koeffitsiyentlari, rejalashtirilgan hosil, haqiqiy yetishtirilgan hosil, tuproq agrokimyoviy xaritasi asosida tushuntiring.

    260. Sabzavot ekinlarining oziqlanishida tuproq unumdorligiga munosabati, eritma muhiti, oziq moddalar miqdori, oziq moddalarning oʻzlashtirilishi.

    261. O’g’itlash tizimining asosiy koʻrsatkichlari. Tuproq xususiyati – tipi, muhit reaksiyasi, oziq moddalar bilan ta’minlanganligi, agrotexnika, oʻtmishdosh ekinlar.

    262. O’g’it me’yori va dozasi deyilganda nima tushuniladi. Vegetatsiya davri uchun bir marotaba berish, oziqlantirishda beriladigan me’yorlari.

    263. Kuzgi bugʻdoy ekinining oziqlantirish asoslari va oziqlantirishn don sifatiga ta’siri, oziqlantirish qachon va qaysi o’g’itlar bilan oʻtkaziladi, me’yori, shakli, usuli, don tarkibidagi oqsil koʻrsatkichiga ta’siri va x.k.

    264. Mahalliy o’g’itlarni qo’llashni sholichilikdagi samaradorligiga mahalliy o’g’itlar me’yori, goʻng me’yori, qo’llash muddatlari, olinadigan qoʻshimcha hosil.

    265. O’g’itlarni qo’llash ishlatiladigan o’g’itlagich agregatlar, moslamalar va ularning ishlatilishi. O’g’itlagich agregatlar, moslamalar rusumlari qaysi ekinga qoʻllaniladi.

    266. O’simliklarni o’g’itlarga bo’lgan talabini aniqlashning fiziologik asoslari. Oziq elementlarini oʻzlashtirilishni tanglik, eng yuqori davrlari, oʻsuv davrlari boʻyicha oziqa moddalarga talab, o’g’itlar nisbati.

    267. Ekish bilan birgalikda o’g’itlashni va oziqlantirishni ahamiyati nimada. Ekish bilan beriladigan o’g’it turi, me’yori, chuqurligi, oziqlantirish o’g’it me’yori, qo’llash usuli va chuqurligi.

    268. Kuzgi javdar ekini uchun azotli o’g’itlarni ahamiyati, o’g’it me’yori, shakli, qo’llash muddati, usuli.

    269. Almashlab ekish dalasida sholini o’g’itlash asoslari. Sholichilikdagi almashlab ekish sxemalari, sholining asosiy, ekishgacha, ekish bilan birga o’g’itlash, oziqlantirish

    270. O’g’itlar me’yorini aniqlash usullariga ta’rif. Maqbul me’yor, oqilona me’yorlar, eng yuqori me’yor.

    271. Kartoshkani oziqlanish asoslari, tuproq xossasiga oziqa rejimiga, muhitiga munosabati, rivojlanish davrlari boʻyicha oziq moddalari oʻzlashtirishi.

    272. Mineral va mahalliy o’g’itlarni birgalikda qo’llashni samaradorligi. Mineral o’g’itlar me’yori, goʻng me’yori, qo’llash muddatlari, olinadigan qoʻshimcha hosil, o’g’it hisobiga olinadigan hosil, sof daromadga ta’siri.

    273. Poliz ekinlarning oziqlanishi va o’g’itlarga talabchanligiga tuproq xususiyatlariga bo’lgan talabi, oziq moddalarining oʻzlashtirib ketilish, turli rivojlanish davrlarda oziq moddalarning oʻzlashtirilishiga ta’siri.

    274. Asosiy qishloq xoʻjalik ekinlari tomonidan NPK ni oʻzlashtirib ketilishi, gʻoʻza, kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, sholi, qand lavlagi va boshka ekinlar misolida.

    275. O’g’itlarni me’yori dala tajribalari va agrokimyoviy haritanoma koʻrsatkichlari asosida qanday belgilanadi. Dala tajribalari natijalari ishlab chiqarish koʻrsatkichlaridan yuqori bo’lishini, tuproqlarni harakatchan fosfor va kaliy bilan ta’minlanganligi.

    276. Gʻoʻzaning turli rivojlanish davrlarida oziq moddalarga bo’lgan talablari; gʻoʻzaning rivojlanish davrlari, qaysi oziq elementlarini koʻp yoki kam oʻzlashtiradi.

    277. Kalsiyli selitra, mochevina o’g’itini ta’riflang. O’g’itning kimyoviy, fizikaviy xususiyatlari, qo’llash me’yori, muddati, qaysi ekin uchun samarali.

    278. O’simliklarni tuproqda oziq moddalarni oʻzlashtirishiga ta’sir etadigan omillar va oʻzlashtirish koeffitsiyenti qanday.

    279. O’g’itlar me’yorini aniqlashning elementlar balans, rejalashtirilgan hosil salmogʻi, tuproqlar tarkibidagi oziq moddalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi asosida hisoblang.

    280. O’g’itlar samaradorligiga tuproq – iqlim sharoiti qanday ta’sir koʻrsatadi. Tuproq unumdorligi suv bilan ta’minlanganligi, fosfor, kaliy bilan ta’minlanishi, harorat, mikrobiologik jarayonlar.

    281. Tok hosildorligini oshirishda kaliyli o’g’itlarni qo’llash va uning samaradorligiga kaliy miqdori, hosil bo’lgan kaliyning oʻzlashtirib ketilishi, o’g’it me’yori, qo’llash muddati va usullari, iqtisodiy samaradorligiga ta’siri.

    282. Tamakining oziqlanishi va oziq moddalarga bo’lgan munosabati: tuproqqa bo’lgan talabi, rivojlanish davrlari boʻyicha oziq moddalarni oʻzlashtirishi, parnikda va dalada oziqlanish asoslarini ta’riflang.

    283. Superfosfat o’g’itini ta’riflang. O’g’itning kimyoviy, fizikaviy xususiyatlari, qo’llash me’yori, muddati, qaysi ekin uchun samarali.

    284. Normativ balans usulida o’g’itlar me’yorini belgilash. 10 s hosil uchun sarflanadigan NPK miqdori, tuproqdagi oziq moddalar va uni oʻzlashtirish koeffitsiyenti.

    285. Paxtachilikda qoʻllaniladigan fosforli o’g’itlarning ahamiyati va hosil sifatiga ta’siri: tuproqlarni fosfor bilan ta’minlanganligi, Fosforni oʻzlashtirib ketishi rivojlanish davrlarida fosforga bo’lgan talabi, me’yori, muddati samaradorligi.

    286. Lalmi sharoit dehqonchiligida don ekinlarini o’g’itlash. lalmi sharoit dehqonchiligining oʻziga xos tomonlari, almashlab ekish sxemasi, o’g’itlash muddatlari.

    287. Pomidor, piyoz ekinlarining oziqlanishida tuproq unumdorligi, eritma muhiti, oziq moddalar miqdori, oziq moddalarning oʻzlashtirilishining ahamiyati.

    288. Gʻoʻza hosildorligini oshirishda kaliyli o’g’itlarni qo’llash va uning samaradorligi; gʻoʻza tarkibidagi kaliy miqdori, hosil bo’lgan kaliyning oʻzlashtirib ketilishi, o’g’it me’yori, qo’llash muddati va usullari, iqtisodiy samaradorligi.

    289. Mevali daraxtlarnng oziqlanish asoslari. Yer ustki va ildiz tizimining rivojlanishi, hosil bilan oʻzlashtirib ketiladigan oziq moddalar miqdori, rivojlanish davrlari boʻyicha oziq elementlarini oʻzlashtirishi.

    290. O’g’itlarni qo’llash tizimi; uning tuzilishi va vazifalari. Tashkiliy xoʻjalik ishlar rejasi, kimyoviy meliorantlardan foydalanish, o’g’itlarni qo’llash rejasi, turi, me’yori, muddati.

    291. Soya, noʻxat va mosh ekinlarining oziqlanishida tuproq unumdorligi, tuproq eritmasining muhiti, oziq moddalar zahirasi, oziq moddalarning oʻzlashtirilishining ta’siri.

    292. O’g’itlarni qo’llash muddati: bahorda, yozda, kuzda va oʻsuv davrida oziqlantirishni nazariy asoslang.

    293. Yosh va hosilga kirgan mevali daraxtlarni oziqlantirishni asoslang. Tuproq sharoiti, o’g’it me’yori, shakli, muddati, oraliq ekinlarni o’g’itlash.

    294. O’g’itlash tizimini tuzishda qanday sharoitlar hisobga olinadigan omillar: Iqlim sharoitlari, tuproq xossalari, agrotexnika, rejalashtirilgan hosil.

    295. O’g’itlarni qo’llash usullari, muddatlari va tiplari: asosiy o’g’itlash - ekishgacha, ekish bilan birga, qatorlab o’g’itlash, qoʻshimcha oziqlantirish, kuzda, bahorda, yozda, yoppasiga-sochma, joyiga.

    296. O’simlik oʻsish rivojlantirishda mikroo’g’itlar, marganes sulfat o’g’itini ta’riflang. O’g’itning kimyoviy, fizikaviy xususiyatlari, qo’llash me’yori, muddati, qaysi ekin uchun samarali.

    297. O’g’itlarning samaradorligiga tuproq-iqlim sharoiti qanday ta’sir koʻrsatadi: tuproq unumdorligi suv bilan ta’minlanganligi, fosfor, kaliy bilan ta’minlanishi, harorat, mikrobiologik jarayonlar.

    298. Tutni o’g’itlash tizimi qanday tadbirlardan iborat: tutning rivojlanish davrlari boʻyicha oziq moddalarni oʻzlashtirishi, goʻng va mineral o’g’itlar me’yori, qo’llash muddati va usullari, barg sifatiga o’g’itlarning ta’siri.

    299. Kuzgi donli ekinlar uchun azotli o’g’itlarni ahamiyatini ta’riflang. O’g’it me’yori, shakli, qo’llash muddati, usullari.

    300. Agrotexnikaviy ishlarni o’g’itlar samaradorliga ta’sirini ta’riflang. Tuproqni ishlash, ekishni agrotexnik muddatlarda oʻtkazish, oʻtmishdosh ekinni tanlash, begona oʻtlar, kasallik va zarakunandalarga qarshi kurash.


    Tuzuvchilar:

    Professor F.H.Xoshimov

    Dotsentlar: T.Q.Ortiqov, M.A.Xayitov, B.N.Abdullayev

    Katta o’qituvchilar: M.Mashrabov, I.Bobobekov, O.Nazarov, O.Toshkenbayev

    Assistent B.Shoniyozov
    Download 299,5 Kb.
    1   2




    Download 299,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi talabalari uchun Yakuniy Davlat Attestasiyasi savollari

    Download 299,5 Kb.