|
Bob. Bulutda ma’lumotlarni himoyalashda Gibrid shifrlash algoritmlarini qo’llash
|
bet | 6/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #236731 |
Bog'liq bulutli Abdurahim Bob. Bulutda ma’lumotlarni himoyalashda Gibrid shifrlash algoritmlarini qo’llash
Bulutda axborotlarni himoyalashda kriptografiyaning o’rni
Bulutli texnologiyalarning quyidagi asosiy hususiyatlarini keltirish mumkin: Masshtablik: bulutli hisoblash tizimlari va foydalanuvchi o’rtasidagi masofa cheklanmagan. Foydalanuvchi boshqa davlatda (qitada) joylashgan bulut serveriga
murojaat etishi va uning xizmatlaridan foydalanishi mumkin [11].
Moslashuvchanlik: foydalanuvchilar soni ortishi bilan, qo’shimcha qurilmalarni ulamagan holda, xizmat ko’rsatish sifatini ta’minlash imkoniyatlariga ega bo’lishi lozim.
Multitenantnost: mosofa uzoq bo’lgan holatda eng yaqin nuqtadagi xizmat ko’rsatish markazidan amalga oshiriladi. Ushbu holat narxning kamayishiga ham olib keladi.
Foydalangan xizmatlar uchun to’lov: xizmat ko’rsatish markazi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat uchun to’lov amalga oshiriladi.
O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish: belgilangan vaqtda faqat talab etilgan so’rovlarga javob qaytariladi.
Xavfsizlik: bulutli hisoblash tizimlarida axborotlar konfidensialligini saqlash uchun turli himoya usullaridan foydalaniladi. Bulutda ma’lumotlar konfidensialligini ta’minlashning eng asosiy usullaridan bir bu kriptografik algoritmlardir.
Ko’pchilik davlatlarda bulutda ma’lumotlarni konfidensialligini saqlash yoki buzilishiga doir, shuningdek, ularni oldini olish bo’yicha hech qanday qonunlar mavjud emas. Tashkilot ichida unda saqlanadigan ma’lumotlarning xavfsizligi bo’yicha huquqiy normalar ishlab chiqilgan xolos. Buning uchun internet, kompyuter tizimlari va tarmoqlarini himoyalashning standart va o’rnatilgan himoya vositalaridan foydalanish lozim. Ammo, barcha himoyalash vositalari himoyalash qonun-qoidalariga asoslanishi lozim.
Bulutli tizimlar xavfsizligini ta’minlashning quyidagi samarali usullari
mavjud [12]:
|
| |