Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi




Download 4,57 Mb.
bet68/122
Sana17.05.2024
Hajmi4,57 Mb.
#240045
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122
Bog'liq
5 Maruzalar matni

ShK qotib qolishi. Agar ShK tez-tez qotib qoladigan bo’lsa, unda bu holatning asosiy sababi quyidagilar: kompyuterning qizib ketishi, sifatsiz quvvat manbai, bir yoki bir necha komponentlarining notekis ishlashi, dasturiy ta’minotdagi (operatsion tizim, drayverlar, qo’shimchalarda) xato‘yuz bergan bo’lishi mumkin.
Tizimning qaysi bir komponenti qizib ketayotganligini aniqlash uchun monitoring dasturlari biridan foydalanish kerak bo’ladi. Shundan keyin ShK eng ko’p qotib qoladigan sharoitlarni hosil qilish kerak. Monitoringni kuzatib borib, kompyuterda nima qizib ketayotganligini aniqlang va qo’shimcha sovitish manbai kiritish to’g’risida o’ylang. Agar hammasi joyida bo’lsa ham, muammo‘bartaraf etilmayotgan bo’lsa, quvvat manbai blokiga e’tibor qarating. Birinchi navbatda, quvvat manbai bloki bilan korpusni arzon narxda sotib olganlar shunday qilishlari kerak. Arzon bahoda sotib olgan bo’lsangiz, ishlab chiqaruvchilarning bloklarini ko’rasiz. Aytib o’tilgan «brendlarning» mahsulotlar sifati yaxshi emas. Bundan tashqari, uy sharoitlarida blokni test sinovlaridan o’tkazish metodikasini ham o’rganib qo’ygan ma’quldir.
O’rnatilgan dasturiy ta’minotdagi nuqson ham kompyuterning tez-tez qotib qolishi sabablaridan biri hisoblanadi. Agar kompyuter qaysidir dastur (masalan, tizim drayverlari, qo’shimcha tizim xizmatlari va boshqalar) o’rnatilgandan so’ng qotib qoladigan bo’lib qolsa, unda avvaliga uni o’chirib tashlab sinab ko’rish kerak. Juda bo’lmaganida tizimni qayta o’rnatish zarur bo’ladi. Bundan tashqari, barcha shleyflar yaxshi ulanganligini, xotira plankalarini, kengaytirish platalarini tekshirib chiqish kerak. Ular mahkam va tekis ulangan bo’lishi kerak. Ba’zida sistemani oxirgi vintigacha yechib tashlash va puxta o’ylab, yaxshilab qayta yig’ish ham yordam beradi. Juda og’ir holatlarda unchalik zarur bo’lmagan barcha komponentlarni — tovush kartalari, optik disklar, tyunerlarni atrof qo’shimcha qurilmalarini o’chirib qo’yish ham juda foydali bo’ladi. Agar shunday holatda ShK yaxshi ishlasa, unda «devayslarni» navbat bilan o’z joyiga qaytarib, qotib qolishga sababchi aybdorni topish mumkin.

Download 4,57 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122




Download 4,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi

Download 4,57 Mb.