|
Universal dasturlar haqida bir necha fikr
|
bet | 70/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 4,57 Mb. | | #240045 |
Bog'liq 5 Maruzalar matniUniversal dasturlar haqida bir necha fikr
Nosozlikni aniq ko’rsatib beruvchi «mo’jizakor dastur» hozircha mavjud emas. Biroq bu sohada najot yo’li yo’q degani emas. Barcha testlarni navbat bilan ishga solib kompyuter ishlashini kuzatamiz. Xotiraning o’tkazish qobiliyatini test sinovi bilan tekshirish paytida uzilish sodir bo’lsa birinchi navbatda aynan OZU ga e’tiborni qaratish zarurligi aniq bo’ladi. Testlardan tashqari Sandra ShK konfiguratsiyasini yaxshiroq aniqlashga imkon beradi. Agar yordam izlab forumlarga murojaat etishga qaror qilgan bo’lsangiz bunday optsiya juda foydali bo’ladi- bunday holatda albatta o’z sistemangiz tarkibini batafsil ko’rsatish va muammoning o’zini va uning namoyon bo’lishi xususiyatini iloji boricha aniqroq ta’riflash kerak bo’ladi.
Nosozlik sababini aniqlashda ShK ovoz raporti yordam berishi mumkin. Quyida nosozlikni «aniqlash»ga imkon beruvchi BIOS’ning ovoz kodlari mazmuni keltirilgan.
Asosiy xatolar: 1 ta qisqa. Test jarayoni yaxshi o’tdi. 2 ta qisqa. Operativ xotira ishlashini tekshiring. 3 ta qisqa. OZU birinchi 64 Kbaytida xato. Operativ xotirani boshqa ShKda tekshiring yoki almashtiring. 4 ta qisqa. Sistema taymerida xato. Bu yerda gap ona plata to’g’risida boradi — uning sozligiga ishonch hosil qiling yoki almashtiring. 5 ta qisqa. protsessorda xato. CPU dagi muammolardan tashqari bu yerda ona platada ham nosozliklar bo’lishi mumkin. 6 ta qisqa. Klaviatura kontrollerida xato. PS/2 porti va klaviaturaning o’zi sozligiga ishonch hosil qiling. 7 ta qisqa. Himoyalangan rejimdagi xato. 8 ta qisqa. Videobuferga yozish-o’qishni tekshirishda xato. Videokartani tekshiring. 9 ta qisqa. ROM BIOS kontrol yig’indisida xato. BIOS’a mikrosxemasida nosozlik bo’lishi mumkin. 10 ta qisqa. CMOS o’qish-yozishini tekshirishda xato. Ona platani tekshiring. 11 ta qisqa. Kesh-xotirasi xatosi. Protsessorda muammolar mavjud. Uni boshqa ShK da tekshiring. Agar u yaxshi ishlasa unda ona platada muammolar bor.
Uzluksiz qisqa signallar. Kompyuter protsessori ishlaganida qizib ketadi va uning chastotasi BIOS vositalari bilan majburiy pasaytirilgan. Bu yerda sifatli sovutish to’g’risida tashvishlanish kerak. Bular: 1 uzun, 1 qisqa. ona platadagi nosozlik. 1 uzun, 2 qisqa. Videokarta ishlamayapti yoki uning kabellari uzilgan. 1 uzun, 3 qisqa. Monitor ulanmagan (kiritilgan VGA bilan ona platalar uchun). 1 uzun, bir necha qisqa. videokarta xatosi (qisqa signallar soni VideoBIOS’si versiyasiga bog’liq bo’ladi). Doimiy takrorlanadigan uzun. OZU xotirasi fatal xatosi. Uzluksiz signal. Quvvat manbai bloki nosozligi.
|
| |