Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi




Download 4,57 Mb.
bet79/122
Sana17.05.2024
Hajmi4,57 Mb.
#240045
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122
Bog'liq
5 Maruzalar matni

Mavzu_№-_26_: Klaviatura va monitor profilakturasi
Reja:

  1. Klaviatura

  2. Klaviatura nazoratchisi



Klaviatura — maʼlumot kirgizish uchun yoki biror bir qurilmani boshqarish uchun moʻljallangan maʼlum tartibda joylashgan dastak tugma. Odatda, tugmachalar qoʻl barmoqlari bilan eziladi. Lekin, sensorli klaviaturalar ham boʻladi.
Klaviatura (lot. clavis — kalit) -1) musiqa cholgʻu sozlarida maʼlum tartibda joylashgan klavish (richag)lar majmui, klavish mexanizmi (tovush hosil qiluvchi va uni soʻndiruvchi richaglar tizimi)ning asosiy qismlaridan biri. 12-asrdan dastlab organyaa, soʻngra boshqa klavishli musiqa cholgʻularipa qoʻllanilgan. Klavesin, fisgarmoniya, elektroorgan kabi cholgʻularda bir nechta dastaki K. (manual)lar boʻlishi mumkin. Organda qoʻl uchun muljallangan K. (manual)lardan tashqari nihoyatda past (yoʻgʻon) tovushlar manbai — oyoq K.si (pedal) ham mavjud; 2) yozuv mashinkasi, kompyuter kabi mexanizmlarda klavishlar majmui
Klaviatura foydalanuvchi uchun muhim qurilma bo’lib, uning yordamida SHK ga qiymatlar, buyruqlar va boshqarish tasirlari kiritiladi. Klavishalarga lotin va rus alfavita harflari: o’nli raqamlar; matematik, grafik va maxsus xizmat belgilari; tinish belgilari; ba’zi buyruqlar, jadvallar nomlari va b. belgilangan.
SHK tipiga bog’liq ravishda klavishalarning vazifalari, ularning belgilanishi va joylashishi o’zgarib turishi mumkin.
Klaviatura ko’pincha 101 klavishaga еga, lekin holi ham 84 klavishali еski klaviatura va yangi Windows sistemasida ishlatish uchun qulay 104 klavishali klaviatura ham uchrab turadi. Sozlangan (ichiga qurilgan) Trekbol tipidagi (TrackBall) manipulyatorli va b. klaviaturalar bor; Data Hand System ning tejamli, qo’l harakatini qisqartiruvchi 5 klavishali klaviaturani ishlab chiqqanligi to’g’risidagi axboroti paydo bo’ldi: unda harf va raqamlarni kiritish uchun 4ta klavisha va 1ta manipulyator klavishasi bor. Har bir klavisha 5 ta harakat yo’nalishiga еga: chapga, o’ngga, oldinga, orqaga va pastga. Ishlashda qo’l panjasi maxsus chuqurlikda yotadi, klavishalarni еsa faqat barmoq uchlari boshqaradi.
IBM PC SHK ning rus alfaviti uchun tipik moslashtirilgan klaviaturasi 101 ta klavishaga еga va u 44-rasmda ko’rsatilgan.
Barcha klavishalarni quyidagi gURO’hlarga bo’lish mumkin:
Harf-raqamli klavishalar, ular raqamlarni va matnlarni kiritish uchun mo’ljallangan;
Kursorni boshqarish klavishalari, bu gURO’hdagi klavishalar sonli qiymatlarni kiritish еkranda matnni ko’rib chiqish va taxrirlash uchun ishlatilishi mumkin;
Maxsus boshqaruvchi klavishalar: registrlarni qayta ulash, dastur ishini o’zish, еkrandagi narsalarni bosishga chiqarish, SHK ning OT sini qayta yuklash va b.;
Funkcional klavishalar, ular servis dasturlarida boshqaruvchi, klavishalar sifatida keng ishlatiladi.

Download 4,57 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122




Download 4,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi

Download 4,57 Mb.