|
Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi
|
bet | 90/122 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 4,57 Mb. | | #240045 |
Bog'liq 5 Maruzalar matniVideokartalar tvikerlari
Ko’pchilik ashaddiy geymerlar uchun Riva Tuner, ATI Tool va ATI Tray Tools kabi dasturlar yaxshi tanish. Ushbu dasturlarning funksiyalar to’plami juda katta va ularning barchasini ta’riflab o’tish maqsadga muvofiq emas, shuning uchun bizga kerak bo’lgan eng muhimlari to’g’risida to’xtalib o’tamiz. Videokartani ekstremal bo’lmagan tezlashtirish o’yin qo’shimchalarida kadrlar sonini oshirishda deyarli eng to’g’ri usul hisoblanadi, biroq shunday yo’l tutilganda ehtiyot bo’lish zarur, chunki uzoq vaqt o’yin o’ynash jarayonida kartaning sovutish tizimi tezlashib ketgan videochipni sovutishga ulgura olmasligi mumkin. Shunday holatlarda tezlashtirishdan to’la yoki qisman voz kechishga to’g’ri keladi va bizga videoadapterlar drayverlarini sozlash yordamga keladi. 3D-qo’shimchalarida grafika sifatini sozlash eng oddiy usuli, g’alati tuyulsa ham bu nazorat paneli asosiy oynasida grafika sifati ko’rsatkichini o’zgartirish hisoblanadi.
Suriluvchi tugma turli holatlarini tanlab videokarta mahsuldorligini qulay o’zgartirishga imkon beruvchi ularga mos sozlashlarni o’rnatasiz. Drayverlar standart nazorat paneli yordamida grafika sozlanishlarini umumiy o’zgartirishdan tashqari ko’plab sonli ko’rsatkichlarini juda aniq sozlash mumkin. Ular ko’pincha o’yinlarda FPS (Frame per Second) ancha oshirishga yordam beradi. Mana shulardan tashqari, ushbu panel yordamida faqatgina grafika global sozlashlarni o’zgartirish emas, balki 3D-grafikadan foydalanuvchi har bir videoqo’shimcha uchun alohida ma’lum ko’rsatkichlarni o’rnatish mumkin. Hozirda mavjud deyarli barcha o’yinlar har biri uchun grafika sifatini individual sozlash mumkinligi qiziqarli. Ularning ro’yxati drayverlar har bir yangi versiyasi paydo‘bo’lganida yangilari bilan to’ldirilib boriladi, siz esa mos sozlashlarni to’g’ri tanlashingiz va chiroyli o’yindan huzur olishingiz qoladi. FPS maksimal soniga erishishni xohlovchi (ko’pincha bo’sh kartalari bo’lgan) foydalanuvchilar uchun Image Settings punkti foydali bo’ladi, unda to’rt variantlari mavjud.
|
| |