6
HTML formatida tayyorlangan elеktron hujjat HTML hujjat, web-hujjat yoki
web sahifa dеb ataladi. Agar elеktron hujjatni tayyorlash
haqida gap borsa, u
xolda hujjat HTML hujjat dеb ataladi, ushbu elеktron hujjatni intеrnеtda e’lon
qilish yoki tarqatish xaqida gap borsa, u xolda bunday elеktron hujjat web sahifa
dеyiladi.
Web sahifalarni yaratish uchun quyidagi dasturiy vositalardan
foydalanishimiz mumkin: HTML, Java Sqript, Microsoft FrontPage, Photoshop,
Corel Draw, Macromedia Flash MX, Camstudio, GIF Animator.
Ushbu
dasturlarning har biri virtual tajriba stеndini
yaratishda turli va aniq vazifalarni
hal etish uchun qo‘llaniladi.
Inglizcha “site”(tarjimasi “joy”) so’zining inglizcha talaffuzi. Sayt –
grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia hujjatlari
ko’rinishidagi mantiqan butun axborot. Umumjahon o’rgimchak to’ri ma’lum
axborot topish mumkin bo’lgan va nayob URL bilan belgilangan virtual joy.
Mazkur URL web-saytning bosh sahifasi manzilini ko’rsatadi. O’z navbatida,
bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga
murojaatlar bo’ladi. We-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, grafik va boshqa
fayllardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Web-saytni ochish uchun brauzer
dasturidan foydalaniladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa bo’lishi
mumkin.
Web-dizayn – web-sahifalarini bezash. Web-dizayn qog’oz nashri uchun
poligrafik dizayn va sahifalash qanday vazifani bajarsa, sayt uchun ham huddi
shunday vazifani bajaradi. Web-dizayn deganda odatda nafaqat sayt uchun
grafik
elementlarni yaratish, balki uning tuzilmasi, navigatsiyasi va ba’zan
sayt ishi uchun zarur bo’lgan skriptlarni loyihalash, ya’ni saytni to’liq yaratish
nazarda tutiladi. Dizayn saytning aqlli tuzilmasi ma’nosida uning
“chiroyliligi”dan ancha muhimroq. Sayt dizayni odatda ixtisoslashtirilgan
web-dizayn studiyalari tomonidan bajariladi.
Sayt uchun dizayn yaratish
bahosi sayt hajmi, grafik elementlar soni, uning ustida ishlovchi mutaxassislar
saviyasi, dasturlash zarurligi va hakozolarga bog’liq.