7
2-§.
Web-dizayn va uning dasturiy ta’minoti.
Web sahifalarni yaratish uchun quyidagi
dasturiy vositalardan
foydalanishimiz mumkin: HTML, Java Sqript, Microsoft FrontPage, Photoshop,
Corel Draw, Macromedia Flash MX,
Camstudio, GIF Animator. Ushbu
dasturlarning har biri virtual tajriba stеndini
yaratishda turli va aniq vazifalarni
hal etish uchun qo‘llaniladi.
Web sahifasi garfikasiz jonsizdir. Grafik tasvirlar bir necha yuz yillar oldin
matnlarga suratlar ishlashda qo‘llanilgan. Arxeolog
olimlar qadim shahar
harobalaridan topgan qo‘lyozmalar tushuntiruvchi qo‘llanma bo‘libgina qolmay,
bezak sifatida ham ishlatilgan. Matnlarga suratlar ishlash kitob bosib
chiqarishning ajralmas bir qismi bo‘lib qoldi. Bu faqat badiiy kitoblarni ishlab
chiqarishda emas, xatto ilmiy kitoblarga suratlar ishlanmoqda. Ko‘p
sahifali
qo‘lyozmalardan toki birinchi bosma kitoblar chiqqunga qadar xabar
tarqatuvchilar og‘ir to‘lni bosib o‘tib, XX asrning II-yarmida yana bir shaklga ega
bo‘lib, bugungi kunda inson bilimini saqlash va shu bilim haqida tasavvurga ega
bo‘lishning eng qulay shakliga ega bo‘ldilar, bu elektron shakldir.
Internet tarmoqlari paydo bo‘lishi insoniyatga bunday xabarlardan voqif
bo‘lishi imkoniyatini berdi. Garfik tasvirlar internet tarmoqlari bilan birgalikda
qayta
dunyoga keldi, chunki shu tarmoq egasi o‘zining tasavvuri,
estetik
qarashlaridan kelib chiqqan holda o‘zining matniga grafik suratlar chiza olada.
Dunyo bo‘ylab internet tarmoqlari endi yo‘lga qo‘yilayotgan vaqtda birinchi
saydlar faqat matnlardan iborat edi. Vaqt o‘tgan sari internetda grafik
tasvirlardan foydalanish barcha foydalanuvchilarni o‘zining rangbarangliligi va
ta’sirchanliligi bilan o‘ziga jalb qilib oldi. Bu saydlar o‘z vaqtida yangilik edi va
do‘kondagi ko‘rgazmalarga o‘xshab odamlarni o‘ziga qaratardi, chunki ulardagi
matnlarning bezaklari turlicha edi.
Bugungi kunda internetda mahorat bilan tarozi
pallalari ortga qaytdi va
nisbatan barqarorlikka erishildi, ya’ni dunyo internetida hozirgi kunda tasvirsiz
loyihalarni uchratish mushkuldir.
Garafika faqat zarur bo‘lgan hollarda va joylarda ishlatiladi. Web-
sahifalaridagi garfikaning tarkibiy qismini vazifalariga qarab shartli ravishda 3
ko‘lamga bo‘lish mumkin.
1.
Tasvirli gragika toifasi matnlar uchun fotosuratlar,
tushuntiruchi rasmlar, chizmalar, sxemalarni o‘z ichiga oladi.
8
2.
Funksiyali grafika toifasi saydlarni ishlatish elementlarini o‘z
ichiga oladi.
3.
Bezakli grafika dizayn element sahifalarini o‘z ichiga oladi.
Bu sahifalar go‘zallikni aks ettirib, ortiqcha ma’lumotlardan holis. Bezakli
grafikaga fondagi suratlar, bo‘lish chizig‘lari va boshqalar kiradi.