=-37-=
matritsasiga ega modifikatsiya qilingan SPGA (Staggered Pin Grid Array) korpuslar
ichiga solinib tayyorlangan. Zikr etilgan tilchalarning bir qismi shaxmat usulida
joylashtirilgan. Bitta bunday korpus (mikrosxema) ichida 2
ta kristall, jumladan:
protsessor yadrosi va Intel firmasida tayyorlangan ikkilamchi kesh joylashtirilgan.
Ushbu kesh yadro protsessorining chastotasida ishlagan. Bu chastota esa Pentium Pro
ning jamiki tarixi davomida 150 MGs dan 200 MGs ga kо‘tarildi xolos. Turli
modifikatsiyalarda kesh hajmi 256 Kbaytdan 2 Mbaytgacha bо‘lgan, uning
ishonchliligini oshirish uchun YESS-nazorat qо‘llanilgan. Mazkur protsessorlar
uchun 387 ta chiqish tilchalariga ega soket 8 tayyorlangan. Interfeys qismi simmetrik
multiprotsessorli ishlov berish (SMP) uchun 4 tagacha
protsessorni bevosita
birlashtirish imkonini yaratadi. Funksional-ortiqcha nazorat (FRC) olib borilishi
uchun protsessorlarning juft-juft qilib ulanishi ham joizdir. Bunda bir protsessor
boshqa protsessorning harakatini tekshirib boradi.
Pentium Pro protsessori mashinasozlik va ilmiy ishlarda foydalaniladigan serverlar
va ish stansiyalari, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va dasturiy paketlar uchun
32 razryadli ilovalarning tez ishlash qobiliyatini oshirish maqsadida kuchli vosita
sifatida ishlab chiqilgan. Barcha Pentium Pro protsessorlar
tez ishlash qobiliyatini
yanada oshirish uchun xizmat qiladigan kesh-xotira qurilmasining ikkinchi
mikrosxemasi bilan jihozlanadi. Eng kuchli Pentium Pro protsessor tarkibida 5,5
milliondan ortiq tranzistor mavjud.
MMX texnologiyasiga ega protsessorlar
1997 yil 8 yanvar kuni Intel korporatsiyasi MMX texnologiyasiga ega Pentium
protsessorini – Intel tomonidan ishlab chiqilgan yangi texnologiya, ya’ni axborotning
har-xil (video, audio va shu kabi) turlari bilan ishlaydigan ilovalar samarasini oshirish
imkonini yaratuvchi texnologiya joriy etilgan birinchi mikroprotsessorni afisha qildi.
Dasturchilarning fikriga qaraganda, Intel korporatsiyasining afisha qilingan MMX
texnologiyasi sо‘nggi 10 yil davomida yaratilgan Intel
arxitekturasining sezilarli
yaxshilanganligini anglatadi. Ushbu texnologiyani ishlab chiqish tadbirlari u afisha
qilingan sanadan bir necha yil oldin, axborotning har-xil turlariga ishlov beruvchi
hisoblash tizimlarining jadal rivojlanishiga javoban boshlandi.
Jumladan, yuqori
=-38-=
sifatli grafika, video tasvir va tovush bilan bog‘liq ishlar о‘ta yuqori unumdorlikka
ega protsessorlarni yaratish zaruriyatini tug‘dirdi. Bunday ehtiyojning oshishiga,
shuningdek, Internet (Internet) tarmog‘ining ravnaq
topishi va shunga muvofiq
axborotning har-xil turlarini mavjud aloqa yо‘llari orqali uzatish (yetkazish)
zaruriyati yuzaga chiqqanligi ham sabab bо‘ldi. Intel korporatsiyasi muhandislari 57
ta yangi yо‘riqnoma ishlab chiqdilar.
Ushbu yо‘riqnomalar jadal hisoblash amallari bajarilishini talab etib,
protsessorlarning muayyan turi ilovalariga xos bо‘lgan odatiy sikllar bajarilishi
mobaynida ish unumdorligini oshirish imkonini yaratdi.
Ushbu yangi protsessorlar Intel firmasida yaratilgan 0,35 mikronli yanada
yaxshilangan KMOP-texnologiyalar asosida ishlab chiqildi.
Mazkur texnologiya
quvvat kam sarf etilib, unumdorlikni oshirish imkoniyatini beradi. MMX
texnologiyasiga ega Pentium protsessor о‘z ichiga 4,5 million tranzistorni mujassam
etgan bо‘lib, unga MMX yо‘riqnomalari kiritilganidan tashqari arxitekturasi ham
sezilarli yaxshilangan. Jumladan, kristallga joylashtirilgan
keshxotira qurilmasining
hajmi ikki barobar oshirilgan (ya’ni endi u 32 Kb ga teng) va shartli о‘tishlarni
oldindan samarali aytish mumkin. Bu esa protsessorning standart etalonli sinovlarida
unumdorlikning 10-20% ga oshirish imkonini berdi.
MMX texnologiyasi Intel arxitekturasi bilan tо‘liq moslashishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, ushbu texnologiya keng qо‘llanilib kelayotgan operatsion tizimlar
va amaliy dasturiy ta’minot bilan tо‘liq moslashadi. Ushbu texnologiya bо‘lg‘usi
protsessorlarda joriy etildi.