• 4004 rusumli mikroprotsessor
  • Intel firmasining mikroprotsessorlari




    Download 1,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/53
    Sana21.05.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #248249
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
    Bog'liq
    Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti

    Intel firmasining mikroprotsessorlari 
    1971 yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi о‘zining uch nafar muhandisi 
    tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mо‘ljallangan 
    dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. Bugungi 
    standartlarga kо‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi 
    2300 ta tranzistor bо‘lib, soniyada bor-yо‘g‘i 60 000 ta hisoblash operatsiyalarini 
    bajargan xolos. 
    Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab 
    mahsulot bо‘lib, о‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi, soniyada 
    yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar esa 
    tobora jadal kechmoqda. 
    4004 rusumli mikroprotsessor 
    1971 yili Intel korporatsiyasining birinchi mikroprotsessori yaratildi. 4004 rusumli 
    ushbu mikroprotsessor tо‘rt bitli bо‘lgan, ya’ni u tо‘rt bitli sonlarni saqlay olgan, 


    =-33-= 
    ularga ishlov bergan, xotira qurilmasiga saqlagan yoki undan hisoblab chiqargan 
    bо‘lib, kalkulyatorlarda qо‘llash uchun mо‘ljallangan. 4004 rusumli chip (yoki 
    kristall) о‘sha davrda dunyoda eng zо‘r kompyuter sanalgan Amerika hukumatining 
    ENIAC rusumli kompyuteridan ham kuchli vosita sifatida e’tirof etildi. Jumladan, 
    ushbu kompyuter soniyada 5000 yо‘riq bajargan bо‘lsa, 4004 esa 60000 yо‘riqqa 
    ishlov bergan. Ayni paytda chip barmoq uchida joylashgan bо‘lsa (uning о‘lchami 
    1/6 ga 1/8 dyuym bо‘lgan), ENIAC 3000 kvadrat fut maydonni egallab, vazni 30 
    tonnadan ortiq bо‘lgan. Xoffning ushbu ixtirosi о‘z vaqtida Noysning integral 
    sxemasi kabi katta ahamiyatga ega bо‘lgan. Protsessorga о‘shanda “chip ustidagi 
    kompyuter” nomini oldi. Negaki endi, zikr etilgan kompyuter tomonidan amalga 
    oshirilgan jamiki arifmetik va mantiqiy vazifalar mixning qalpog‘idek keladigan chip 
    ichidan joy olgan edi. Darhaqiqat, 4004 umuman sun’iy intellekt tizimlarini, xususan 
    shaxsiy kompyuter yaratilishi uchun yо‘l ochib bergan inqilobiy ixtiro bо‘lgan edi. 

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




    Download 1,16 Mb.
    Pdf ko'rish