=-26-=
6-MARUZA: MIKROPROSESSORLAR VA ULARNING TURLARI
Reja:
1.
Kompyuterning funksional jihatdan tuzilishi
2.
SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning
tuzilishi
3.
Mikroprotsessorlarning turlari
Kompyuterning funksional jihatdan tuzilishi
Kompyuter arxitekturasi
, odatda, arxitektura xususiyatlarining
foydalanuvchi
uchun katta ahamiyatga ega bо‘ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy
e’tibor mashinaning tuzilishi va funksional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu
imkoniyatlar asosiy va qо‘shimcha funksional imkoniyatlarga farq qiladi.
Asosiy funksiyalar
EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga
axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi obyektlar bilan axborot almashinish kiradi.
Qо‘shimcha funksiyalar
esa asosiy funksiyalar
samarasini oshiradi, ya’ni
mashina ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi,
foydalanuvchi bilan mashina
о‘rtasida dialog qaror topishi va shu kabilarni ta’minlaydi. EHMning sanab о‘tilgan
funksiyalari mashina komponentlari, jumladan apparat vositalari va dasturiy vositalar
yordamida amalga oshadi.
Kompyuterning tuzilishi
– kompyuter komponentlarining tarkibi,
ular orasida
bajariladigan harakatlar tartibi va tamoyillarini belgilab beruvchi muayyan modeldir.
Shaxsiy kompyuter
– hammaning imkoni va foydalanish qulayligi bо‘yicha
umumiy talablarni qanoatlantiruvchi stol ustiga о‘rnatiladigan yoki qо‘lda olib
yuriladigan EHM.
SHK afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi:
yakka xaridor imkoni doirasidagi mо‘tadil narxi;
atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qо‘yilmagan tarzda muxtor
ishlashi;
arxitekturaning fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida
turlicha qо‘llanilishga moslasha oladigan о‘zgaruvchanligi; foydalanuvchining
=-27-=
maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi
qulay operatsion
tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi; ishining о‘ta ishonchliligi (5
ming soatdan ortiq ishlashi).