Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti




Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/53
Sana21.05.2024
Hajmi1,16 Mb.
#248249
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti

Lokal shinalar 
Zamonaviy hisoblash tizimlari quyidagilar bilan tavsiflanadi: 
• mikroprotsessorlar (masalan, Pentium MP qiymatlarni 64
 
razryadli qiymatlar 
shinasi bo’yicha 528 Mbayt/s tezlik bilan berishi mumkin) va bazi bir tashqi 
qurilmalar (masalan, yuqori sifatli raqamli to’liq ekranli videoni tasvirlash uchun 22 
Mbayt/s o’tkazish qobiliyati kerak bo’ladi) tezkorligining juda ham o’sib ketishi 
bilan; 
• ko’p sonli interfeys amallarining bajarilishini talab etuvchi (masalan, WINDOWS 
da grafikani qayta ishlash dasturlari, multimedia) dasturlarning paydo bo’lishi bilan.
Bu sharoitlarda, bir vaqtning o’zida bir nechta qurilmalarga xizmat 
ko’rsatuvchi kengaytirish shinasining o’tkazish qobiliyati foydalakuvchilarning qulay 
ishlashi uchun etarli bo’lmay qoldi, negaki kompyuterlar uzoq vaqt «o’ylanib 
qoladigan» bo’lib qoldi.


=-22-= 
Interfeyslarni ishlab chiqaruvchilar lokal shinalarni yaratish yo’lidan bordilar, 
bu shinalar bevosita MP ning shinasiga ulanib, ular MP ning taktli chastotasida (lekin 
uning ichki ishchi chastotasida emas) ishlaydi va MP ga nisbatan ba’zi tashqi tezkor 
qurilmalar: asosiy va tashqi xotira, videotizimlar va b. bilan aloqani ta’minlaydi.
Hozir universal lokal shinalarning 2 ta asosiy standarti mavjud: VLB va PCI.
• VLB (Vesa Local Bus) shinasi 1992 yilda videojixozlar standartlari associaciyasi 
(VESA — Video Equipment Standards 
Assotiation) tomonidan ishlab chiqilgan va shuning uchun ko’pincha VESA 
shinasi deb atashadi.
VLB shinasi, moxiyati jihatidan, videoadapter va qisman vinchester, 
multimedia platalari, tarmoqli adapter bilan aloqa qilish uchun MP ni ichki 
shinasining kengaytmasidir. SHina razryadliligi — 32 bit, yaqin orada shinaning 64-
razryadli varianta chiqadi. VLB bo’yicha qiymatlarni uzatishning haqiqiy tezligi — 
80 Mbayt/s (nazariy erishiladigani — 132 Mbayt/s).
Shinaning kamchiliklari: 
• 80386, 80486 MP lari bilan ishlashga mo’ljallangan, hozircha Pentium, 
Pentium Pro, Power PC processorlari uchun moslashmagan; 
• MP ning taktli chastotasiga qattiq bog’liqligi (har bir VLB shinasi faqat aniq 
bir chastotaga mo’ljallangan); 
• ulanadigan qurilmalar sonining kamligi — VLB shinasiga faqat 4 ta qurilma 
ulanishi mumkin; 
• shina xakamining yo’qligi — ulanadigan qurilmalar o’rtasida ziddiyatlar 
bo’lishi mumkin.
• PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect) 1993 yilda Intel firmasi 
tomonidan ishlab chiqilgan.
PCI shinasi VLB ga qaraganda birmuncha universalroq hisoblanadi, u istalgan 
MP bilan ishlash uchun mos kelishi mumkin: 80486, Pentium, Pentium Pro, Power 
PC va b. ; u avtokonfiguraciyalash imkoniyati bilan turli xil konfiguraciyali 10 ta 
qurilmani ulash imkonini beradi, o’zining «hakamiga», qiymatlarni uzatishni 
boshqarish vositalariga ega. PCI shinasi hozircha ancha qimmat.


=-23-= 
PCI ning razryadliligi — 32 bit, uni 64 gacha kengaytirish imkoniyati bor
nazariy o’tkazish qobiliyati 132 Mbayt/s, 64 bitli variantda esa — 263 Mbayt/s (2 
marta pastroq).
PCI shinasi lokal bo’lsa ham kengaytirish shinasining ko’pgina vazifalarini 
bajaradi, va xususan, ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI shinasi bor 
bo’lganda bevosita MP ga emas (VLB shinasini ishlatilgani kabi), balki PCI 
shinasining o’ziga (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi (u ular bilan mos keladi).
Tizimlarning VLB va PCI shinalari bilan konfiguraciyalarning variantlari mos 
ravishda 38 - va 39 -rasmlarda ko’rsatilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, SHK da VLB 
va PCI shinalarini faqat mos ravishda VLB yoki PCI-bosh platasi bor bo’lganda 
ishlatish mumkin.
Multishina strukturali bosh platalar ishlab chiqarilmoqda, ular VIP shinali 
(VLB, ISA va PCI ning bosh harflari bo’yicha) bosh plata deb ataluvchi ISA/EISA, 
VLB va PCI shinalarini ishlatishga imkon beradi. Ba’zi shinalarning kiyosiy texnik 
tavsiflari 20-jadvalda keltirilgan.

Download 1,16 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti

Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish