2-mavzu. Kompyuter grafikasining vositalari. Reja: Kompyuterda yaratilgan tasvirlar, qurulmaviy vositalar. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish




Download 162,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.05.2024
Hajmi162,7 Kb.
#246945
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Kompyuter grafikasining vositalari. Reja Kompyuterda y



2-mavzu. Kompyuter grafikasining vositalari. 
Reja: 
1. Kompyuterda yaratilgan tasvirlar, qurulmaviy vositalar. 
2. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish. 
3. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish. 
Grafikaviy tizimlarda zamonaviy qurilma vositalari alohida o`rin egallaydi. 
Bulardan biri videoadapter qurilmasini ko`rib chiqamiz. Videoadapterlar 
takomillashishning uzoq yo`lini bosib o`tishdi. Birinchi personal kompyuterlarda 
monitor sifatida turmushdagi televizorlardan foydalanishdi, hozirgilari esa 
kompyuterni quvvatli grafikaviy stantsiyaga aylantirmoqda. Bu oraliqda plata va 
standartlarning bir necha avlodi almashdi.
Dastlab MDA – Monochrome Display Adapter (displeyning monoxrom 
adapteri) standarti paydo bo`ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli
informatsiya – harflar va raqamlarni chiqarish qobiliyatiga ega edi. Bunda hech 
qanday grafika va rang yo`q edi.
MDAni almashtirgan CGA – Color Graphics Adapter (rangli grafika adapteri) 
nafaqat matnli, balki grafikaviy rejimda ham ishladi va berilgan o`n oltita rangdan 
to`rttasi chiqishini ta`minlab turdi.
EGA – Enhanced Graphics Adapter (yaxshilangan grafika adapteri) 64 rang 
palitrasidan ekranga chiqadigan ranglarni 16 tagacha yetkazdi va ekranga 
chiqariladigan grafika sifatini sezilarli yaxshiladi. EGA standarti paydo bo`lishi 
bilan grafikaviy dasturlardan, jumladan birinchi Microsoft Windows operatsion 
tizimlaridan, keng foydalanish boshlandi.
VGA – Video Graphics Array videostandarti eng qulay, bugungi kungacha 
foydalanilayotgan bo`lib, asta-sekin SVGA (Super-VGA) standartiga o`tdi. 
VGAning birinchi platalari 262144 rang palitrasidan 256 rangni ekranga chiqardi. 
Keyinchalik VGA bilan birga mos keladigan juda ko`p platalar paydo bo`ldi, 
ularda mumkin bo`lgan rang tuslari 16,8 milliongacha etdi (True Color rejimi). 
Videoadapterlarni ishlab chiquvchilarning umumiy intilishi – monitor 
ekranida asliga maksimal yaqinlashgan mumkin qadar sifatliroq tasvirni olishdir. 
Bunda quyidagi: aks ettirilayotgan ranglar sonini ko`paytirish; aniq va har xil 
tasvirlash qobiliyatini orttirish; tasvirni ekranga chiqarish tezligini tezlashtirish 
vazifalari doim bo`ladi.
Zamonaviy videoadapterlar bundan ham yuqori razryadga egalar, masalan bir 
nuqtaga 32 bit, lekin bunda ko`rinadigan ranglar soni ortmaydi. Qo`shimcha 
razryadlarda saqlanadigan informatsiya maxsus dasturlar tomonidan grafikani aks 
ettirish operatsiyalarini tezlashtirish uchun yoki poligrafiya mahsulotini 


tayyorlashda kompyuterdan foydalanilganda rangni uzatishni yaxshilash uchun 
foydalaniladi.
Zamonaviy videokarta – o`z xotirasida ekran obrazini saqlaydigan va monitor 
uchun signalni shakllantiradigan oddiy qurilma emas. Hozirgi paytda bu o`zining 
mikroprotsessorlariga ega bo`lgan miniatyuradagi kompyuter bo`lib, o`zi 
hisoblarni bajarish va ekranda nima va qanday qurilayotganini boshqarish 
qobiliyatiga ega. Videokartalarning hisoblarni va tasvirlarni qurish qobiliyatini 
apparatli videotezlanish deb ataladi (agar videokartada bunday qobiliyat bo`lmasa, 
yuk asosiy protsessorga tushadi va bu holda dasturaviy videotezlanish haqida 
gapirishadi). Zamonaviy kompyuter o`yinlari uchun videoadapterda tezlanish 
funktsiyalarining bo`lishi zarur.
Grafik informatsiyani kiritish qurilmalari. Grafikaviy informatsiyani raqamli 
shaklga o`zgartirish jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

O`qish;

Kodlash.
O`qish
– grafikaviy elementni (nuqta, chiziq, elementar fragment) va qabul 
qilingan koordinatalar tizimida uning koordinatalarini aniqlash.
Kodlash
– o`qilgan informatsiyani belgilangan qoidalarga muvofiq raqamli 
kodga aylantirish.
O`qish jarayonida inson ishtirokining darajasi bo`yicha grafikaviy 
informatsiyani kiritish qurilmalari va avtomatik va yarim avtomatik qurilmalarga 
bo`linadi.
Grafikaviy informatsiyani avtomatik kiritish qurilmalari o`zgartirishning 
kuzatuvchi yoki yoyuvchi metodlaridan foydalanishadi. Birinchi holda ishchi 
organ abstsissa o`qi bo`ylab o`zgarmas tezlikda siljib berilgan egrilik chegarasini 
kuzatadi (o`zgartiriladigan egrilik ordinata o`qi bo`yicha ishchi organ og`ishining 
son qiymatlari ko`rinishida ifodalanadi). Ikkinchi holda abstsissa o`qi bo`ylab 
qandaydir qadamda ishchi organ tasvirni skanerlashni amalga oshiradi. Bunda 
berilgan egrilik bilan skanerlovchi nur kesishish nuqtalarining ordinatalari qayd 
qilinadi. Grafikaviy informatsiyani kiritish avtomatik qurilmalari faqat murakkab 
bo`lmagan rasmlarni, masalan bitta argumentning birgina ma’nosi bo`lgan 
funktsiyalarining grafiklarini kodlashda qo`llanadi, chunki murakkab tasvirlarni 
kiritayotgan tasvir elementlarini tanishda ancha qiyinchiliklar tug`iladi.
Grafikaviy informatsiyani kiritish qurilmasi ishchi maydon – planshetga ega 
bo`ladi, unda hujjat hamda alfavitli-raqamli informatsiyani kiritish uchun 
alfavitliraqamli va funktsional klaviaturalar joylashadi.
Planshetda ishchi organ koordinatalarini tavsiflovchi kodlarni olish usuli 
bo`yicha grafikaviy informatsiyani kiritish qurilmalarini optik-mexanik, setkali va 
boshqalarga bo`lish mumkin.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar.
2. Uzliksiz egri va to`g`ri chiziqlar.
3. Nuqtalar yoki ko`pburchaklar.
4. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar.
5. Uzliksiz egri va to`g`ri chiziqlar.
6. Nuqtalar yoki ko`pburchaklar.

Download 162,7 Kb.
  1   2   3   4




Download 162,7 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Kompyuter grafikasining vositalari. Reja: Kompyuterda yaratilgan tasvirlar, qurulmaviy vositalar. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish

Download 162,7 Kb.
Pdf ko'rish