• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Grafikaviy interaktiv rejimda (Autocad dasturida) primitivlarida model yasash. Reja




    Download 421,7 Kb.
    Sana14.02.2024
    Hajmi421,7 Kb.
    #156232
    Bog'liq
    Grafikaviy interaktiv rejimda


    Grafikaviy interaktiv rejimda (AutoCAD dasturida) primitivlarida model yasash.
    Reja:
    1. AutoCad dasturlarining mavjud rejimlari tugmalari
    2. Draw, Modefy va ObjectSnaps panellari
    3. AutoCad dasturlarining buyruqlar qatori

    AutoCAD dasturi yordamida turli murakkablikka ega bo`lgan chizmalarni chizish, ularni loyihalash, turli chop qilish uskunalarida bosish (printer, plotter) uch o`lchamli modelini yaratish va sodda animatcion roliklarni (obxodnaya animattsiya) yaratish mumkin.


    AutoCAD tizimida biz biror – bir masalani (chizmani) ishlashimiz uchun AutoCAD dasturi to`g`risida yetarli ma`lumotga ega bo`lishimiz, bundan tashqari komp`yuter, Windows operacion tizimi haqida tushuncha bo`lishi shart. AutoCAD dasturi Windows operacion tizimida ishlaydigan boshqa dasturlar kabi ishchi stolidagi piktogramma orqali yuklanadi. Agar ishchi stolida bu piktogramma bo`lmasa, u holda boshqa dasturlar kabi Pusk – Programmiu – Autodesk – AutoCAD orqali yuklasa ham bo`ladi. Dastur yuklanganda quydagi AutoCAD oynasi paydo bo`ladi. AutoCAD oynasi quyidagi piktogramma, asboblar paneli va dastur qatorlaridan iborat:
    1. Menyular satri.
    2. Standart asboblar paneli.
    3. Ob`ekt xususiyatlari paneli.
    4. Buyruqlar qatori oynasi.
    5. Holatlar qatori (koordinata hisoblagich)
    6. Grafik oyna yoki grafik maydon.
    7. Boshqaruv pulti. Qo`yilgan vazifaga qarab dastur oynasiga kerakli asboblar panelini joylashtirish mumkin.
    Bundan tashqari standart menyular satridan foydalanish mumkin. (1- Dasturdan to`la foydalanish uchun quyidagi qo`shimcha adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi: T. Sokolova“Auto CAD dlya studenta”Piter 2005, Nikolay Poleyshuk, Vilga Sovel’eva “Auto CAD 2007”BXV-Peterburg 2006, Uvarov A.S. “Auto CAD dlya konstruktorov” Moskva 2007, Xolliev Q.J “Auto CAD” Toshkent 2009)

    Asosan tekis yuzada tasvirlanadigan (2D) chizmalarni chizish uchun bizga chizish (Draw), tahrirlash (Modify), ob`ektga bog`lash (Snap), o`lcham qo`yish (Dimension) asboblar panellari zarur bo`ladi. Qo`shimcha asboblar paneli zarur paytda, masalan ishlash jarayonida ko`rsatiladi. Avval Auto CAD dasturi yuklanganda Startup muloqot oynasi ochiladi. Mazkur oyna orqali kerakli chizma shablonini yuklash, o`lchov birligini ko`rsatish zarur bo`ladi. Yangi ochilgan Auto CAD dasturida foydalanuvchi uchun ikki xil 3D Modeling va Auto CAD Classic rejimlari taklif etiladi. (Auto CAD2007) Ulardan 3D Modeling uch o`lchamli modellarni yaratish va tahrirlashda keng ishlatiladigan asboblar panelidan iborat bo`lsa, Auto CAD Classic rejimi chizmalarni chizish, o`lcham qo`yish va boshqa tahrirlash ishlari uchun keng ishlatiladigan panellar qatoridan iborat. Dasrur yuklanganda Auto CAD Classic rejimini yuklash taklif etiladi. Mazkur oyna boshqaruv pul`ti va bir necha asboblar panelidan iborat bo`ladi. Zarur bo`lgan qo`shimcha asboblar panelini chiqarish uchun xohlagan mavjud bo`lgan asboblar paneliga kursorni olib borib, sichqoncha o`ng tugmasi bosiladi. Paydo bo`lgan panellar nomini tanlab sichqonchani chap tugmasini bosish zarur. Bunda ekranning katta qismida suzuvchi asboblar paneli paydo bo`ladi.


    Kursor yordamida mazkur panellarni dastur oynasining xohlagan burchagiga joylashtirish mumkin. Auto CAD dasturining yuqori qismida menyular qatori joylashgan bo`lib, unda dasturda mavjud bo`lgan barcha buyruqlar mujassamlashgan. Asboblar panellariga kiritilmagan buyruqlarni mazkur qatordan chiqarish mumkin.
    Menyu satrining pastki qismida standart asboblar paneli, Styles (matn, o`lcham, jadval stilini yaratish), Workspace (Ishchi fazosini o`rnatish), Layers (qatlam yaratish), Properties (chiziq xususiyatlari), Draw (chizish), Modify (taxrirlash), Draw order (chizish ketma – ketligi) panellari mavjud. Dasturning quyi qismida buyruqlarni kiritish oynasi, koordinata o`lchagich, mavjud rejim tugmalari, qatorlar holatini sozlash menyusidan tashkil topgan.
    Mavjud rejim tugmalari Bu rejim tugmalari panelida quydagi tugmalar mavjud bo`lib, ular chizma chizish va taxrirlashda kerak bo`lgan rejimlarga o`tkazishdan iborat. Tugmalarni bosilgan holati ularning aktivligidan, aksi esa rejimlarning aktiv emasligidan dalolat beradi. (Quyidagi rejimlarni aktiv klavishalar orqali kiritish mumkin)

    1. Qadamga bog`lash rejimi. (F9)
    2. Dastur to`rini yoqish – o`chirish. (F7)
    3. Ortogonal rejim. (F8)
    4. Qutbiy rejimi. (F10)
    5. Bog`lash rejimi. (F3)
    6. Qutbiy kuzatuv rejimi. (F11)
    7. Foydalanuvchi koordinatalar sistemasiga o`tish.
    8. Dinamik kuzatuvni yoqish –o`chirish. (F12)
    9. Chiziqlar qalinligini ko`rsatish.
    10. Dasturning model rejimini yoqish. Draw (chizish paneli) Mazkur chizish paneli orqali chizmalarni chizish, chiziq oralarini shtrixlash, matn yozish, bloklar hosil qilish va jadvallar bilan ishlovchi buyruqlar to`plamidan iborat. Draw asosiy chizish paneli hisoblanadi. Chizish paneli quydagi qismlardan iborat:

    1. Kesma - (line)
    2. Uzluksiz chiziq - (xline)
    3. Davomli xususiyatli chiziq - (polyline)
    4. Ko`pburchak - (polygon)
    5. To`rtburchak – (rectangle)
    6. Yoy – (arc)
    7. Aylana – (Circle)
    8. Belgilovchi bulut – (revision cloud)
    9. Splayn egri chizig`i – (spline)
    10. Ellips – (ellepse)
    11. Kesik ellips– (ellepse arc)
    12. Blokni qo`yish– (Insert Block)
    13. Blok yaratish – (Make Block)
    14. Nuqta – (Point)
    15. Shtrixlash– (Hatch)
    16. Gradient – (Gradient)
    17. Region – (Region)
    18. Jadval yaratish – (Insert Table)
    19. Ko`pqatorli matn – (Multiline text)

    Uchinchi toifa foydalanuvchilari: yuqoridagi ikki hususiyatni jamlagan holda bevosita dastur kodlari bilan ishlash ularga o`zgartirish va qo`shimchalar qilish, Auto CAD dasturidagi dasturlash imkoniyatidan foydalanib, bevosita qo`shimcha ma`lum ixtisoslashgan SAPR (CAD) dasturlarini yaratish imkoniyatiga erishadilar. Yuqorida ta’kidlangandek, Auto CAD dasturida biror bir buyruqni yuklash uchun asboblar panelidagi kerakli buyruqlardan foydalaniladi.


    Mazkur buyruqlarning alternativ varianti bu bevosita buyruqlar oynasidan foydalangan holda klaviatura orqali kiritishdir. Auto CAD dasturi bu bevosita foydalanuvchi va dastur orasidagi interaktiv muloqot tarzida bo`lib, xar bir berilgan buyruqqa dastur javob kutadi. Bu jarayon muloqotlar oynasida o`z aksini topadi.
    Agar dasturda mavjud bo`lgan buyruqqa ijobiy javob yoki ko`rsatilgan koordinatalarni aniq berilsa, dastur buyruqni ekranga chiqaradi aks holda buyruq mavjud emasligini yoki koordinatalarni qayta kiritishni so`raydi. Buyruqni asboblar panelidan yuklash uchun mazkur paneldagi biror bir buyruq ustiga kursorni olib borib so`ng sichqoncha chap tugmasi bir martta bosiladi, yuklangan buyruq buyruqlar oynasida o`z aksini topadi. Endi bu buyruqni bevosita buyruqlar oynasidan yoki ekrandagi kursor orqali chiqarish mumkin.


    Ob’yektlarni bog’lash asboblar paneli Chizish va Tahirlash asboblar paneli buyruqlari uchun xizmat qiladi. Undagi bog’lovchilar buyruqlarni yuqori aniqlikda bajarilishini ta’minlaydi. Biron bir ob’yektga nisbatan chizish yoki tahrirlash amallarini bajarishda ob’yektga tegishli aniq bir nuqtasini tanlashga imkon beradi. Har qanday ob’yektning o’zini xususiy nuqtalari mavjud bo’lib, ushbu nuqtalar ob’yektning bosh nuqtalari hisoblanadi.
    Ushbu bosh nuqtalarni oldindan bilish lozim. Bular:
     Kesma uchun – uchta: boshi, ortasi, oxiri.
     Yo’g’ri nur uchun – uchta: ikkita yo’naltiruvchi va o’rtasi.
     (Poliliniya) Xususiyatli chiziq ucun – ikkita: boshi va oxiri.
     Kopburchak uchun – har bir yasovchiga ikkita: boshi va oxiri.
     To’g’ri to’rtburchak uchun – har bir yasovchiga ikkita: boshi va oxiri.
     Yoy uchun – to’rtta: boshi, oxiri, yoy o’rtasi va markazi.
     Aylana uchun – beshta: to’rttasi X va Y o’qlari bilan kesishuvi (kvadrantlarida) va markazi.
     Bulut yasalganda har bir yoy uchun – uchta: boshi, ortasi, oxiri.
     (Splayn) Lekalo egri chiziqlari uchun – har bir burilishda bitta.
     Ellips uchun – beshta: to’rttasi X va Y o’qlari bilan kesishuvi (kvadrantlarida) va markazi.
     Ellips yoyi uchun – to’rtta: boshi, oxiri, yoy o’rtasi va markazi.
     (Blok) Qism uchun – yo’q.
     Shtrixlash va Rang berish uchun – yo’q.
     Hudud hosil qilgan ob’yektlar uchun – yo’q.
     Jadvallar uchun – har bir kesma chizig’iga xos ravishda.
     Ko’p qatorli matn uchun – matn chegarasi bo’ylab
     Ob’yekt bog’lovchisi panelining afzallik tomoni shuki murakkab turdagi chizmalarni chizish va tahrirlashda ob’yektlar majmuasidagi kerakli nuqtani topishga ko’maklashadi. Biron bir chiziqga perpendicular yoki parallel chiziq o’tkazishda qo’shimcha harakat va burchaklarni aniqlashdan xoli etadi.



    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Engeneering Drawing. (Дарслик), Электрон версия M.B.Shah B.C.Rana. 2009, India.

    2. Чизма геометрия ва компьютер графикаси. (Дарслик) Yu.A.Askarov, lib.tashiit.uz A.E.Jabbarov, A.A.Ibragimov, X. M. Shadimetov S.S.Saydaliyev. 2019 й.

    3. Чизма геометрия. (Дарслик), Хорунов Р.Х. 1997 й.


    Download 421,7 Kb.




    Download 421,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Grafikaviy interaktiv rejimda (Autocad dasturida) primitivlarida model yasash. Reja

    Download 421,7 Kb.