4-Ma’ruza: Mavzu: Elektr ta’minoti tizimlaridagi tarmoq va qurilmalarni himoyalash vositalari




Download 1,62 Mb.
bet1/9
Sana20.01.2024
Hajmi1,62 Mb.
#141978
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Ma’ruza ETTL

4-Ma’ruza: Mavzu: Elektr ta’minoti tizimlaridagi tarmoq va qurilmalarni himoyalash vositalari

Reja:

  • Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan elektr yuritmalarni ishga tushirish, boshqarish va himoya vositalarini tanlash.
  • 2.Rele himoyasi va ular to’g’risida umumiy tushunchalar.

    3. Podstansiya va elektr qurilmasidagi yerga ulash himoyalari.

    4. Elektr uskunalarni yerlashtirish qurilmalarini loyihalash.

1.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan elektr yuritmalarni ishga tushirish, boshqarish va himoya vositalarini tanlash.

Elektr yuritma - bu elektrli yurgizuvchi, uzatuvchi, energiyani o‘zgartiruvchi va axborot boshqaruv tuzilmalaridan tashkil topgan texnik tizim bo’lib, u mashina ishchi organlarini harakatga keltirish va maqsadli boshqarish uchun xizmat qiladi.

Elektr dvigatel tarmoqdan iste’mol qilinayotgan elektr energiyani mexanikaviy ishga aylantiradi va uzatish mexanizmi orqali uni mashinaning ish organlariga uzatadi. Uzatish mexanizmlari, odatta vallar, tishlash reduktor, mufta, tasmali, zanjirlar va shulardan iborat. Qurilmani ulash, uzish va qayta ulash, ish rejimini nazorat qilish, o‘zgartirish uchun, shuningdek, elektr dvigatelni himoya qilish uchun boshqarish va himoya qilish arxitekturasi: qo‘shkich-uzgichlar, paket va avtomat o‘chirgichlar, magnitaviy ishga tushirgichlar, kontaktorlar saqlagichlar, relelar va boshqalar ishlatiladi.


Dvigatellarning asosiy nominal ish rejimlari: Davomli yoki qisqa takrorlanuvchan va davomli qisqa takrorlanuvchan ish rejimlari mavjud;
Elektrmotordan mashinaning ishchi qismiga harakatni uzatish uchun quyidagi uzatma mexanizmlaridan foydalaniladi: reduktor, transmissiya, tasmali uzatma, arqonli uzatma, krivaship-shatunli mexanizm, vint-gayka uzatmasi va x.k.
(1 5 - rasm). Uzatish mexanizmi mexanizmga kirayotgan tezlikning, mexanizmdan chiqayotgan tezlikka nisbati ko‘rinishidagi uzatish koeffitsienti bilan xarakterlanadi. Nasos, ventilyator kabi ba‘zi bir mashinalarda uzatish mexanizmi bo’lmaydi.

Download 1,62 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-Ma’ruza: Mavzu: Elektr ta’minoti tizimlaridagi tarmoq va qurilmalarni himoyalash vositalari

Download 1,62 Mb.