Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti




Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana21.05.2024
Hajmi1,16 Mb.
#248249
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti

fon Neyman arxitekturasi 
deb ataladi (dasturlarni ma’lumotlar formatiga 
muvofiq keladigan formatda kodlash taklifini kiritgan matematik nomi berilgan). 
Bunda, dasturlar ham, ma’lumotlar ham yagona bо‘shliqda saqlanib, xotira uyasidagi 
axborot turiga ishora qiluvchi biror-bir alomat bо‘lmaydi. 
Bunday arxitekturaning afzalliklari jumlasiga mikroprotsessorning ichki tuzilishi 
nisbatan soddaligi va boshqaruvchi signallar sonining kamligi kiradi. 
Dasturlar xotirasi CSEG (ingl. Code Segment) va ma’lumotlar xotirasi DSEG 
(ingl. Data Segment) о‘zaro ajratilgan hamda har biri о‘zining manzilli bо‘shlig‘i va 
kirish usullariga ega bо‘lgan tarzda yaratilgan tuzilish g
arvard arxitekturasi 
deb 
ataladi (shunday arxitekturani yaratish taklifini kiritgan Garvard Universiteti 
laboratoriyasining nomi berilgan). Ushbu arxitektura nisbatan murakkab bо‘lib, 
qо‘shimcha boshqaruv signallarini talab qiladi. Biroq, u axborot bilan ancha 
uddaburon harakatlar bajarish, ixcham kodlashtiriladigan mashina komandalari 
tо‘plamini joriy etish va qator hollarda mikroprotsessor ishini jadallashtirish imkonini 
beradi. Intel firmasining MCS-51 oilasiga mansub mikrokontrollerlar mulohaza 
yuritilayotgan arxitekturalarning bir vakili sanaladi. 
Bugungi kunda aralash arxitekturali mikroprotsessorlar ishlab chiqarilib, ularda 
CSEG va DSEG yagona manzilli bо‘shliqqa joylangan, ammo ular turli murojaat 


=-57-= 
mexanizmlariga ega. Bunga aniq misol tariqasida Intel firmasining80x86 oilasiga 
mansub mikroprotsessorlarni keltirish mumkin. 
Jismonan mikroprotsessor xotira qurilmasi hamda kiritishchiqarish tizimi bilan 
tizim shinalarining yagona tо‘plami – 
tizim ichidagi magistral 
orqali hamkorlik 
qiladi. Ushbu magistral aksariyat hollarda quyidagilardan tashkil topadi: 
DB (ingl. Data Bus) rusumli ma’lumotlar shinalaridan (ushbu shinalar orqali MzP, 
xotira va kiritish-chiqarish tizimi о‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi amalga oshadi); 
AB (ingl. Address Bus) rusumli manzillar shinalaridan (murojaat qilinayotgan 
xotira va kiritish-chiqarish portlari uyalarining manzillarini uzatish uchun 
qо‘llaniladi); 
CB (ingl. Control Bus) rusumli boshqaruv shinalaridan (axborot almashinuvi 
sikllarini amalga oshirib, tizim ishini boshqaradigan signallar ayni shu shinalar orqali 
uzatiladi). 
Shinalarning ayni shunday tо‘plami XTTK kanalini tashkil toptirish uchun ham 
qо‘llaniladi. Bunday turdagi magistral 

Download 1,16 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti

Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish