• Bir rangli tarmoq operatsion tizimi va ajratilgan serverli operatsion tizim
  • -MAVZU. Tarmoq operatsion tizimlari. Zamonaviy operatsion




    Download 1,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/53
    Sana21.05.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #248249
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti

     
    14-MAVZU. Tarmoq operatsion tizimlari. Zamonaviy operatsion 
    tizimlar 
    Reja: 
    1.
     
    Tarmoq operatsion tizimining strukturasi 
    2.
     
    Birinchi tarmoq OT lari 
    3.
     
    Bir rangli tarmoq operatsion tizimi va ajratilgan serverli operatsion tizim 
    Tarmoq operatsion tizimining strukturasi 
    Tarmoq operatsion tizimi har qanday hisoblash tarmog‘ining asosini tashkil 
    etadi. Tarmoqdagi har bir kompyuter ma’lum bir darajada avtonom hisoblanadi,
    shuning uchun tarmoq operatsion tizimi ostida keng ma’noda ma’lumotlar 
    almashish maqsadida о‘zaro aloqa qiluvchi va resurslarni bitta qoida protokollar
    asosida taqsimlab beruvchi alohida kompyuterlar operatsion tizimlarining
    yig‘indisi tushuniladi. Tor ma’noda Tarmoq operatsion tizimi – bu alohida
    kompyuterning unga tarmoqda ishlashni ta’minlab beruvchi operatsion tizimidir. 
    Server qismi Kliyent qismi 
    Alohida mashinaning tarmoq operatsion tizimida bir qancha qismlarni
    ajratish mumkin: 
    Lokal resurslarni boshqarish 
    vositalari (lokal OT) 
    Shaxsiy
    resurslarni umum
    foydalanishga
    berish 
    Masofadagi resurs
    va xizmatlarga
    murojaat 
    sо‘rovno-malari 
    vositalari 
    Kommunikatsiya (bog‘lanish) 
    vositalari 


    =-77-= 
    Kompyuterning lokal resurslarini boshqarish vositalari: jarayonlar о‘rtasidagi
    operativ xotirani taqsimlash funksiyalari, jarayonlarni rejalashtirish va
    dispetcherizatsiyalash, multiprotsessor mashinalarida protsessorlarni boshqarish,
    periferiya qurilmalarini boshqarish va lokal operatsion tizimi resurslarini
    boshqarishning boshqa funksiyalari. 
    Shaxsiy resurslar va hizmatlarni umumiy foydalanishga taqdim etish vositalari - 
    operatsion tizimning server qismi (server). Bu vositalar fayllar va yozuvlarni
    birgalikda ishlashida kerak bо‘ladigan himoyasini, tarmoq resurslari ismlarini
    ma’lumotnomasini olib borishni, shaxsiy fayl tizimi va ma’lumotlar bazasiga
    masofadan ruhsat berish sо‘rovlarini qayta ishlashni, masofadagi 
    foydalanuvchilarni о‘zining periferiya qurilmalariga sо‘rovlari navbatini 
    boshqarishni ta’minlaydi. 
    Masofadagi resurs va hizmatlarga bо‘lgan ruxsat sо‘rovlari vositasi va ularni
    ishlatish – OT ning kliyent qismidir(redaktor). Bu qism aniqlanishni va
    ilovalardan va foydalanuvchilardan sо‘rovlar tarmog‘idagi uzoqlashtirilgan
    resurslarga qayta yо‘naltirishni bajaradi, shu bilan birga sо‘rov lokal formadagi 
    ilovalardan tushadi, lekin tarmoqqa server talablariga tо‘g‘ri keladigan boshqa
    formada uzatiladi.Kliyent qism yana server javoblarini qabul qilish va ularni 
    lokal formatga о‘tkazishni ham amalga oshiradi, shuning uchun ilovada lokal va 
    uzoqlashgan sо‘rovlarni bajarishni farqi yо‘q. 
    OT ning kommunikatsion vositalari yordamida tarmoqda ma’lumot 
    almashinishi rо‘y beradi. Bu qism ma’lumotlarni adresatsiyasi va 
    buferizatsiyasini, tarmoqda ma’lumot uzatish marshrutini tanlash, uzatish
    ishonchliligi kabilarni ta’minlaydi, ya’ni ma’lumotlarni о‘tkazib qо‘yish vositasi 
    hisoblanadi.
    Biror konkret kompyuterga qо‘yilgan funksiyaga qarab uning operatsion
    tizimida yo kliyent qismi yo server qismi yо‘q bо‘lishi mumkin. 10.2 – rasmda 
    tarmoq komponentlarini о‘zaro aloqasi kо‘rsatilgan. Bu yerda kompyuter 1 “sof” 
    kliyent vazifasini, kompyuter 2 esa “sof” server vazifasini bajaradi, mos ravishda
    birinchi mashinada server qismi ikkinchi mashinada kliyent qismi yо‘qdir.


    =-78-= 
    Rasmda kliyent qismining redirektor komponentasi alohida kо‘rsatilgan. Xuddi
    shu redirektor ilovalardan kelayotgan hamma sо‘rovlarni ushlab oladi va ularni
    tahlil qiladi. Agar berilgan kompyuter resursiga sо‘rov jо‘natilgan bо‘lsa, unda u 
    lokal OT ning taaluqli ost tizimiga qayta adreslanadi, agarda bu sо‘rov 
    uzoqlashtirilgan resursga bо‘lsa, unda u tarmoqqa qayta yо‘naltiriladi.
    Bunda kliyent qism lokal formadan tarmoq formatiga о‘tuvchi sо‘rov yaratadi
    va uni kо‘rsatilgan serverga ma’lumotlar yetkazilishiga javob beruvchi transport 
    ost tizimiga beradi. Komyuter 2 OTning server qismi sо‘rovni qabul qiladi,
    qayta kо‘radi va uni о‘zining lokal OT sini bajarish uchun berib yuboradi.
    Natija olingandan keyin, server transport ost tizimiga murojaat qiladi va sо‘rov 
    bergan kliyentga javobni yuboradi. Kliyent qism natijani kerakli formatga о‘tkazadi 
    va uni sо‘rov jо‘natgan dasturga qayta adreslaydi.
    Birinchi tarmoq OT lari hozirgi lokal OTlarning yig‘indisidan va
    uning о‘rnatilgan tarmoq qobig‘idan iborat bо‘lgan. OT ga asosiy tarmoq
    funksiyalarini bajaruvchi tarmoq qobig‘i uchun kerak bо‘ladigan minimum
    tarmoq funksiyalari о‘rnatilgan. Bunday yondashishga misol bо‘lib har bir
    kompyuterda MS DOS operatsion tizimining ishlatilishini olish mumkin
    (uchinchi versiyasidan boshlab unda fayllarga qо‘shma ruxsatni ta’minlaydigan
    fayllarini va yozuvlarni qulflash kabi о‘rnatilgan funksiyalari paydo bо‘ldi).
    Lokal OT ustidan tarmoq qobig‘i kо‘rinishida tarmoq OTlarini qurish prinsiplari
    zamonaviy OTlarda ishlatiladi, bularga, masalan, LANtastic yoki Personal Ware 
    kiritish mumkin.
    Biroq boshdanoq tarmoqda ishlash uchun mо‘ljallangan operatsion 
    tizimlarni ishlab chiqish yо‘li ancha effektli kо‘rinadi. Bunday OT larning tarmoq
    funksiyalari ularning asosiy tizim modullari ichiga chuqur о‘rnatilgan bо‘ladi, bu 
    esa ularning logik mukammalligi, oson ishlatilishi va modifikatsiyasi, shuningdek
    yuqori unumdorligini ta’minlaydi. Bunday OT ga misol qilib Microsoft firmasining 
    Windows NT tizimi hisoblanadi, bu tizim о‘rnatilgan tarmoq vositalari hisobiga
    ma’lumotlarni ishlab chiqarilishi va havfsizligini shu firmani о‘zidan chiqqan


    =-79-= 
    (IBM firmasi bilan birga) LAN Manager OT taqqoslaganda ancha yuqori
    kо‘rsatkichlarini ta’minlaydi.
    Bir rangli tarmoq operatsion tizimi va ajratilgan serverli operatsion tizim 
    Tarmoq kompterlari о‘rtasida funksiyalarni qanday bо‘linganligiga qarab, tarmoq
    OT va shu bilan tarmoqlarning о‘zi ham ikkita sinfga bо‘linadi: bir rangli va
    ikki rangli. Oxirgisini kо‘proq ajratilgan serverli tarmoqlar deb atashadi.
    Agar kompyuter о‘zining resurslarini tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarga
    taqdim qilsa, unda u server rolini о‘ynaydi. Bunda boshqa mashina resurslariga
    murojaat qiluvchi kompyuter kliyent hisoblanadi.
    - Ajratilgan server 
    – fayl- server 
    – print-server 
    – faks-server 
    – masofadagi server 
    kliyent funksiyasini, yo server funksiyasini, yoki ikkalasining ham
    funksiyasini bajarishi mumkin. Agar biror bir server funksiyalarining bajarilishi 
    kompyuterning asosiy vazifasi bо‘lsa(masalan, fayllarni tarmoqdagi
    foydalanuvchilarga umumiy foydalanishga taqdim etish, faksdan umumiy 
    foydalanshni tashkil qilish yoki tarmoqdagi foydalanuvchilarni о‘zining
    dasturlaridan foydalanishga ruxsat berish), unda bu kompyuter ajratilgan server
    deb ataladi. Serverning qaysi resursi ajratuvchi ekanligiga qarab, u fayl –server, 
    faks – server, print – server, ilova server va h.k deb ataladi.
    Shubxasiz, ajratilgan serverlarda shunaqa OT ni о‘rnatish maqsadga 
    muvofiqki, ular u yoki bu server funksiyalarini optimal bajarishga yо‘naltirilgan
    bо‘lishi kerak. Shuning uchun ajratilgan serverli tarmoqlarda tarkibiga server 
    qismlari imkoniyatlari bilan farq qiluvchi bir nechta variantli OTlari kiruvchi
    tarmoq operatsion tizimlari ishlatiladi. Masalan, Novell NetWare tarmoq OTi fayl
    – server sifatida ishlaydigan serverli variantiga ega, yana har xil lokal OT lar
    bilan ishlaydigan ishchi stansiyalar uchun qobig‘inga ega.OT larning boshqa misoli 
    sifatida, tarmoqni ajratilgan serverli qurishga mо‘ljallangan OT Windows NT


    =-80-= 
    hisoblanadi. NetWare dan farqli о‘laroq Windows NT ning ikkala varianti, 
    Windows NT Server(ajratilgan server uchun) va WindowsNT Workstation(ishchi
    stansiyalar uchun) ham kliyet ham server funksiyalarini qо‘llab quvvatlaydi.
    Lekin Windows NT ning serverli varianti
    tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarga kompyuteridagi resurslarini kо‘rsatish 
    uchun kо‘proq imkoniyatlarga ega, chunki u ancha keng funksiyalarni bajarishi 
    mumkin, katta miqdordagi kliyentlarning bir vaqtda ulanishini qо‘llaydi, ancha keng 
    himoya vositalariga ham egadir.
    Ajratilgan serverni uning asosiy vazifasi bilan bog‘liq bо‘lmagan oddiy
    masalarni yechish uchun ishlatiladigan kompyuter sifatida ishlatish mumkin 
    emas, bu uning server sifatida ishlash unumdorligini kamaytiradi.
    Shularni hisobga olgan holda Novell NetWare OT ining server qismida
    100 oddiy dasturlarni bajarish imkoniyatlari umuman kо‘zda tutilmagan, ya’ni
    kliyent qismi yо‘q, ishchi stansiyalarda esa server komponentlari mavjud emas.
    Biroq boshqa tarmoq OTlarda ajratilgan server kliyent qismining ishlashi
    bemalol mumkin. Masalan, Windows NT Server boshqaruvi ostida lokal
    foydalanuvchining tarmoqdagi boshqa kompyuterning resurslariga sо‘rov tushishi
    bilan OT kliyent qismining funksiyalarini bajaradigan oddiy dasturlari yuklanishi
    mumkin. Bunda Windows NT Workstation OTi о‘rnatilgan ishchi stansiyalar
    ajratilmagan server funksiyalarini bajarishi mumkin.
    Eng muhimi shuni tushunish kerakki, ajratilgan serverli tarmoqlarda hamma
    kompyuterlar umumiy holda ham server ham kliyent rolini bajara olsa ham, bu
    tarmoq funksional simmetrik emas, apparat va dasturiy jihatdan unda ikki turli 
    kompyuterlardir – biri, yuqori darajada server funksiyalarini bajarishga qaratilgan 
    va server OTlari ostida ishlaydigan, ikkinchisi esa asosan kliyent funksiyalarini
    bajarishga qaratilgan va shunga mos OTlar ostida ishlaydiganlar. Funksional
    simmetrik emaslik, qoida bо‘yicha, apparat simmetrik emaslikni keltirib
    chiqaradi, bunda ajratilgan serverlar uchun katta operativ va tashqi xotirali
    ancha kuchli kompyuterlar ishlatiladi.


    =-81-= 
    Bir rangli tarmoqlarda hamma kompyuterlar bir – birlarining resurlariga
    bо‘lgan ruxsat huquqlari tengdir. Har bir foydalanuvchi о‘z hoxishiga kо‘ra 
    kompyuteridagi biron bir resursni umumiy foydalanishga qо‘yishi mumkin, keyin
    boshqa foydalanuvchilar undan foydalanishi mumkin. Bunday tarmoqlarda
    hamma kompyuterlarda teng potensialli imkonyatlar yaratadigan bir xil OTlar
    о‘rnatiladi. Bir rangli tarmoqlar LANtastic, Personal Ware, Windows for
    Workgroup, Windows NT Workstation kabi OTlar bazasida qurilgan bо‘lishi 
    mumkin. Bir rangli tarmoqlarda shuningdek funksional simmetrik emaslik kelib 
    chiqishi mumkin: birinchi holda bir foydalanuvchilar boshqalar bilan о‘z resurslarini 
    bо‘lishishni hoxlamaydi, bunda u kliyent rolinni bajaradi, ikkinchi holda
    administrator faqatgina umumiy foydalanishda bо‘lgan resurslarni tashkil
    qiladigan funksiyalarni bog‘lab qо‘yadi va bu bilan serverlik vazifasini bajaradi, 
    uchinchi holda lokal foydalanuvchi о‘zining resurslaridan boshqalar foydalanishiga
    qarshi bо‘lmasa va о‘zi boshqa kompyuterga murojaatini istisno qilmasa, unda
    bunga о‘rnatiladigan OT ham server ham kliyent qismiga ega bо‘lishi kerak.
    Ajratilgan serverli tarmoqlarga qaraganda, bir rangli tarmoqlarda funksional 
    yо‘naltirishga(kliyentga yoki serverga) bog‘liq holdagi OT lar yо‘q. Hamma 
    variatsiyalar bir xil variantli OTlar konfiguratsiyasi vositalari bilan amalga 
    oshiriladi. Bir rangli tarmoqlarni tashkil qilish va ishlatish qulay, biroq ular asosan
    uncha katta bо‘lmagan foydalanuvchilar guruhlarini birlashtirishda qо‘llaniladi,
    bu foydalanuvchilar saqlanadigan ma’lumotlar hajmiga, uning ruxsat etilmagan
    kirishdan va tezligiga kirishdan saqlashga katta shartlar qо‘ymaydi. Bu 
    xarakteristikalarga oshirilgan shartlar qо‘yilganda eng mosi ikki rangli tarmoqlar
    hisoblanadi, bunda server о‘zining resurslari bilan foydalanuvchilarga hizmat 
    kо‘rsatish masalasini yaxshiroq xal qiladi, chunki uning apparaturasi va tarmoq
    operatsion tizimi shu maqsad uchun maxsus ishlangan.
    Ishchi guruhlar uchun OT va korxona masshtabidagi tarmoqlar uchun OT 
    Tarmoq operatsion tizimlari har xil hususiyatlarga nimaga mо‘ljallanganligiga 
    qarab ega bо‘lishi mumkin:
    Bо‘lim tarmog‘i – umumiy masalarni yechadigan uncha katta bо‘lmagan


    =-82-= 
    ishchilar guruhi tomonidan ishlatiladi. Bо‘lim tarmog‘ining asosiy maqsadi ilova, 
    ma’lumot, lazer printerlari va modemlar kabi lokal resurslarni taqsimlash
    hisoblanadi. Bо‘lim tarmoqlari odatda qism tarmoqlarga bо‘linmaydi. 
    Kampus tarmoqlari – bir nechta bо‘lim tarmoqlarini alohida binoda yoki
    korxonaning biror hudidi ichida birlashtiradi. Bu tarmoqlar hali ham lokal 
    tarmoqlar hisoblanadi, shunday bо‘lsada ular bir necha kilometr kvadratni qoplashi
    mumkin. Bunday tarmoqning servisi bо‘lim tarmog‘ining о‘zaro aloqasini,
    korxona ma’lumotlar bazasiga ruxsatini, faks – serverga, yuqori tezlikli modem
    va printerlarga ruxsatini о‘zida mujassam etadi.
    Korxona tarmoqlari(korporativ tarmoqlar) – alohida korxonaning hamma
    hududlarining bor kompyuterlarini birlashtiradi. Ular shahar, viloyat va hattoki 
    butun qit’ani xam qoplashi mumkin. Bunday tarmoqlarda foydalanuvchilarga
    boshqa ishchi gruppalar, boshqa bо‘limlar, ostbо‘limlar va korporatsiya shtab –
    kvartiralaridagi ma’lumotlar va ilovalarga ruxsat beriladi.
    Bо‘lim masshtabidagi tarmoqlarda ishlatiladigan operatsion tizimlarning asosiy
    vazifasi bо‘lib ilova, ma’lumotlar, lazer printerlari va hattoki past tezlikli
    modemlar kabi resurslarni taqsimlashni yо‘lga qо‘yish hisoblanadi. Odatda bо‘lim
    tarmoqlari bir yoki ikkita fayl serveri va 30 tadan kо‘p bо‘lmagan
    foydalanuvchilarga ega bо‘ladi. Bо‘lim darajasidagi vazifalarni boshqarish
    nisbatan oson.
    Administrator vazifasiga yangi foydalanuvchilarni qо‘shish, oddiy 
    qaytarishlarni yо‘qotish, yangi tugunlarni va dasturiy ta’minotni yangi 
    versiyalarini о‘rnatish kabilar kiradi. Bо‘lim tarmoqlarining operatsion tizimlari
    о‘zlariga о‘xshab yaxshi ishlangan va har xildir. Bunday tarmoq odatda bitta 
    yoki maksimum ikkita OT ishlatishi mumkin. Kо‘proq bu tarmoq ajratilgan serverli 
    NetWare 3.x yoki Windows NT, yoki bо‘lmasa bir rangli tarmoq, masalan, Windows 
    for Workgroups tarmog‘i bо‘lishi mumkin. Bо‘lim tarmoqlarining foydalanuvchilari
    va administratorlari kо‘p о‘tmay korxonasidagi boshqa bо‘limlar ma’lumotlariga 
    ruxsat olish bilan о‘z ishining effektivligini oshirishi mumkinligini tushunishadi. 
    Agar savdo – sotiq bilan shug‘ullanuvchi xodim konkret mahsulotning 


    =-83-= 
    xarakteristikalariga ruxsatni olsa va ularni о‘zining prezentatsiyasiga qо‘shsa,
    unda bu ma’lumot ancha yangi bо‘ladi va xaridorlarga katta ta’sir о‘tkazadi. 
    Agar marketing bо‘limi muhandislar bо‘limi tomonidan endigina ishlanayotgan 
    mahsulot xarakteristikasiga ruxsatga ega bо‘lsa, unda u ishlab chiqarish tugashi bilan 
    marketing materiallarini tezda tayyorlashi mumkin.
    Demak, tarmoq evolyusiyasining keyingi qadami bо‘lib bо‘limlarning bir
    nechta lokal tarmoqlarni binolar yoki binolar guruhlariga birlashtirish 
    hisoblanadi. Bunday tarmoqlar kampus tarmoqlari deyiladi. Kampus tarmoqlari
    bir necha kilometrgacha chо‘zilishi mumkin, lekin bunda global tutashtirish shart 
    emas.
    Kampus tarmog‘ida ishlayotgan operatsion tizim, bir bо‘lim xodimlari 
    uchun boshqa bо‘lim fayl va resurslariga ruxsatini ta’minlab berishi kerak. Kampus
    tarmog‘i OTlari tomonidan kо‘rsatilayotgan hizmatlar fayl va
    printerlarni oddiy ajratish bilan chegaralanib qolmaydi, balki faks –server va
    yuqori tezlikli modem serverlari kabilarga bо‘lgan ruxsatni ta’minlab beradi. 
    Berilgan sinf operatsion tizimi tomonidan berilayotgan muhim servisi bо‘lib 
    korporativ ma’lumotlar bazasiga ruxsat hisoblanadi. Huddi shu kampus tarmoqlari
    darajasida integratsiya muammolari boshlanadi. Umumiy holda, bо‘limlar о‘zlari
    uchun kompyuter turlari, tarmoq qurilmalari va tarmoq operatsion tizimlarini
    tanlab olishgan. Masalan, muhandislik bо‘limi UNIX operatsion tizimini va Ethernet 
    tarmoq uskunalarini ishlatishi mumkin, savdo – sotiq bо‘limi DOS/Novell 
    operatsion muhitini va Token Ring uskunalarini ishlatishi mumkin. Kо‘p 
    hollarda kampus tarmog‘i har xil kompyuter sistemalarini birlashtiradi, bu paytda 
    bо‘lim tarmoqlari bir turdagi kompyuterlarni ishlatadi. 
    Korporativ tarmoq korxonaning hamma ost bо‘limlarini tutashtiradi, umumiy
    holda ular bir – biridan sezilarli masofada joylashgan bо‘ladi. Korporativ
    tarmoqlar lokal tarmoqlar yoki alohida kompyuterlarni tutashtirish uchun global 
    aloqa(WAN links)ni ishlatadi. Koraporativ tarmoq foydalanuvchilariga bо‘lim va
    kampus tarmoqlarida bor hizmat va ilovalar talab qilinadi, qо‘shimchasiga yana bir 
    qancha qо‘shimcha ilovalar va hizmatlar, masalan, meynfreym va mini


    =-84-= 
    kompyuterlar ilovalari va global aloqalarga ruxsat talab qilinadi. Lokal tarmoq yoki
    ishchi guruh uchun OT ishlab chiqarilayotganda, uning asosiy majburiyati bо‘lib
    lokal ulangan foydalanuvchilar о‘rtasida fayllar va boshqa tarmoq resurslarini
    taqsimlash hisoblanadi. Bunday munosabat korxona darajasi uchun
    qо‘llanilmaydi. Fayl va printerlarni taqsimlash bilan bog‘liq bazali servislar
    qatorida, korporatsiyalar uchun ishlab chiqariladigan tarmoq OTlari ancha keng
    servislar tо‘plamini qо‘llashi kerak. Bunday tо‘plamga pochta hizmati, kollektiv
    ish vositalari, uzoqlashgan foydalanuvchilarni qо‘llash, faks – servis, ovoz
    xabarlarini qayta ishlash, videokonferensiyalar tashkil qilish va h.k. lar kiradi. 
    Bundan tashqari, korporativ tarmoqlar uchun kichik masshtabdagi 
    tarmoqlarning masalalarini an’anaviy yо‘l bilan yechishdagi mavjud usullar va
    yondashishlar yaroqsiz bо‘lib chiqdi. Birinchi planga shunday muammolar va 
    masalalar chiqdiki, ular ishchi guruh tarmoqlarida, bо‘lim va hattoki kampus 
    tarmoqlarida yo ikkinchi darajali qiymatga ega bо‘lgan yoki umuman aktivligini 
    kо‘rsatmagan. Masalan, kichikroq tarmoq uchun eng oddiy masala foydalanuvchilar
    haqidagi ma’lumotlarni olib borish korxona masshtabidagi tarmoqlar uchun katta
    muammoga aylandi. Global aloqalarni ishlatish esa korporativ OTlardan past
    tezlikli chiziqlarda yaxshi ishlaydigan protokollar yordamini va bir xil an’anaviy
    ishlatiladigan protokollardan voz kechish talab qiladi.
    Korporativ OTlarni belgilariga quyidagi xususiyatlarni kiritish mumkin. 
    Ilovalar yordami. Korporativ tarmoqlarda murakkab ilovalar bajariladi, ular
    bajarilishi uchun katta hisoblash quvvatini talab qiladi. Bunday ilovalar bir
    nechta qismlarga bо‘linadi, masalan, bitta kompyuterda ma’lumotlar bazasiga
    bо‘lgan sо‘rovlarni bajarilishi bilan bog‘liq ilovalarning bir qismi bajariladi,
    boshqasida fayl – servisga bо‘lgan sо‘rovlar, kliyent mashinalarida esa ilova
    ma’lumotlarini qayta ishlash mantig‘ini amalga oshiruvchi va foydalanuvchi
    bilan interfeysni amalga oshiruvchi qismi bajariladi. Korporatsiya dasturiy tizimlari 
    uchun umumiy hisoblash qismi kliyentlarning ishchi stansiyalari uchun juda katta 
    hajmli va kо‘tara olmaydigan bо‘lishi mumkin, shuning uchun agarda ularning 
    murakkab va hisoblash munosabatidagi qismlarini maxsus shunga mо‘ljallangan


    =-85-= 
    kompyuter – ilova serveriga kо‘chirilsa ilovalar effektliroq bajariladi. Ilovalar
    serveri kuchli apparat platformasida joylashishi kerak. Ilova serveri OTlari
    hisoblashlarni yuqori ishlab chiqarishini ta’minlashi kerak, demak kо‘p yо‘lli
    qayta ishlashni, siqib chiqaruvchi kо‘p masalalikni, multiprotsesslashni, virtual 
    xotirani va eng kо‘p tanilgan amaliy muhitlar(UNIX, Windows, MS-DOS, OS/2)
    ni ta’minlashi kerak. Bunday munosabatda NetWare tarmoq OTni korporativ 
    mahsulotlarga kiritish qiyin, chunki unda ilovalar serveriga qо‘yiladigan deyarli
    hamma talablar mavjud emas. Shu bilan birga Windows NTdagi universal 
    ilovalarni yaxshi qо‘llashi unga korporativ mahsulotlar dunyosida о‘rin egallashiga 
    kurashishga yordam beradi.
    Ma’lumotnoma hizmati. Korporativ OT hamma foydalanuvchilar va
    resurslar haqidagi ma’lumotlarni shunday saqlash qobiliyatiga ega bо‘lishi kerakki, 
    unda bitta markaziy nuqtadan uni boshqarishni ta’minlashi kerak. Katta tashkilotlarga 
    о‘xshab 
    korporativ 
    tarmoq 
    о‘zi 
    haqidagi 
    iloji 
    boricha 
    butun
    ma’lumotlarni(foydalanuvchilar, server, ishchi stansiyalar haqidagi 
    ma’lumotlardan tortib, to kabel tizimi ma’lumotlarigacha) markaziy saqlanishiga
    muhtojdir. Bu ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasi kо‘rinishida saqlashni tabiiy
    ravishda tashkil qilish. Bu bazadan ma’lumotlar kо‘p tarmoq tizimlari ilovalari
    tomonidan talab qilinishi mumkin, birinchi navbatda boshqarish va
    administatorlash tizimlari tomonidan. Bundan tashqari, bunday baza elektron
    pochtani tashkil qilish, birga ishlash tizimlari, havfsizlik hizmati, tarmoqning
    dasturiy va apparat ta’minoti inventarizatsiyasi hizmati hamda deyarli hamma
    yirik biznes – ilovalar uchun foydalidir.
    Ideal holatda ma’lumotnomali informatsiya yagona ma’lumotlar bazasi 
    kо‘rinishida amalga oshirilishi kerak. Masalan, Windows NT da kamida beshta
    har xil turli ma’lumotnomali ma’lumotlar bazasi mavjud. Domen(NT Domain
    Directory Service)ning asosiy ma’lumotnomasi foydalanuvchilar haqida ularni
    tarmoqqa logik kirishni tashkil qilishda ishlatadingan ma’lumotlarni saqlaydi.
    Shu foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar Microsoft Mail elektron pochtasi
    tomonidan ishlatiladigan boshqa ma’lumotnoma tarkibida ham bо‘ladi. Yana


    =-86-= 
    uchta ma’lumotlar bazasi past darajali adreslar ruxsatini qо‘llaydi: WINS –
    Netbios – ismlarining IP – adreslarga mosligini о‘rnatadi, DNS ma’lumotnomasi –
    domen ismlari serveri – NT tarmoqlarini internetga ulanishida foyda keltirarkan,
    va nihoyat, DHCP protokoli ma’lumotnomasi tarmoq kompyuterlariga IP –
    adreslarni avtomatik tarzda tayinlashida ishlatiladi. Idealga yaqin 
    ma’lumotlarnomalar hizmati Banyan(Streettalk III mahsuloti) firmasi va Novell
    (NetWare Directory Services) firmasi tomonidan keltirilganlarda joylashgan, ular
    hamma tarmoq ilovalari uchun yagona ma’lumotnomani taklif qiladi. Tarmoq
    operatsion tizimlari uchun yagona ma’lumotnomalar hizmati borligi 
    korporativlikning eng muhim belgilaridan biridir.
    Havfsizlik. Korporativ tarmoq OT lari uchun asosiy muhimligini 
    ma’lumotlarni havfsizligi masalalari tashkil qiladi. Bir tarafdan, yirik masshtabli
    tarmoqlarda obyektiv ravishda sanksiyalanmagan ruxsat(kirish) uchun kо‘p
    imkoniyatlar mavjud, sabablariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni
    demarkazlashtirish va “qonuniy” nuqtalarni katta taqsimlanganligi,
    foydalanuvchilar sonining kо‘pligi, shuningdek, tarmoqqa ulanishda
    sanksiyalanmagan nuqtalar sonining kо‘pligi kabilardir. Boshqa tarafdan, 
    korporativ biznes – ilovalar korporatsiyaning butunligicha samarali ishlashi uchun
    muhim qiymatga ega bо‘lgan ma’lumotlar bilan ishlaydi. Shunday ma’lumotlarni 
    himoyasi uchun har xil apparat vositalari qatorida korporativ tarmoqlarda himoya 
    vositalarining operatsion tizimi tomonidan taqdim etilgan hamma
    spektrlari(saylangan yoki mandat ruxsat huquqlari, foydalanuvchilar
    autentifikatsiyasining murakkab protseduralari, dasturiy shifratsiya) ishlatiladi.
    “Qaysi tarmoq OT lari yaxshiroq” degan savol har doim, kompyuterga tegishli 
    gazeta va jurnallarda juda kо‘p muhokama qilinadi.Kimdir Windows NT – eng
    ideal ilovalar serveri deydi, m-n, Bill Geyts “Windows NT – UNIX” ning,
    UNIX ga qaraganda eng yaxshi varianti degan. (uni albatta tushunsa bо‘ladi).Har
    bir о‘z fikrini bildirayapgan mualliflar, о‘quvchilarning hammasida narhi qimmat 
    qurilmalar bir degan ishonch bilan gapiradilar.Biz esa amaliy tajribalardan kelib 
    chiqqan holda, asosiy tarmoq OT larini ya’ni Novell Netware 4.1, Microsoft


    =-87-= 
    Windows NT Server 4.0 va UNIX OT larni, ularni adminstrlash va real kо‘p
    platformali geterogen platformada ishlatish xususiyatlariga asoslanib, ularning
    asosiy siyosiy xarakteristikasini beramiz. Albatta, bu OT lardan boshqa OT lar ham 
    kо‘p, ammo biz о‘zimizda, SNG davlatlari va Rossiyada kо‘proq foydalanilgan shu 
    OT larni misol qilib oldik. Albatta, bu OT larning ham turli versiyalari mavjud, ba’zi 
    hollarda ularni ma’lum ilovalar bilan ishlatish mumkin va x.k.lardir, ammo biz
    ularning umumiy xarakteristikasi bо‘yicha taqqoslaymiz. Va eng umumiy 
    kо‘rsatkichlar bо‘yicha ularni kо‘rib chiqamiz. 
    OT lar asos xarakteristikalari. 
    Bu uchchala OT lar kо‘p masalalidir. Ammo Netware da kо‘p masalalik-
    kooperativdir, shu bilan bir qatorda, jarayonlar serverda tizim yadro
    rejimida bajariladi (ya’ni jarayonlar xotirasi ximoyasi yо‘qdir).
    Bu xususiyat esa о‘z navbatida bu tizimni, ilovalar serveri sifatida qо‘llashni
    xavfli qilib qо‘yadi, chunki ixtiyoriy notо‘g‘ri yozilgan ilova serverni “osib” 
    qо‘yishi mumkin. Shu bilan birga aynan shu xususiyat, OT ni yuqori darajada
    unumdorlikka erishishiga olib keladi, chunki bu xossa jarayondan jarayonga
    о‘tishda, foydalanuvchi rejimidan yadro rejimiga о‘tishda va teskarisida ham 
    xarajatlarni kamaytiradi va tez о‘tishga imkon beradi, atijada tizim katta tezlikda 
    ishlaydi. Bir xil sharoitda, Netware Windows NT yoki UNIX ga nisbatan yuqori 
    unumdorlikka ega. 
    Uchchala OT ham simmetrik, kо‘protsessorli ishlov berishni quvvatlaydi (SMP) 
    ammo bu xususiyat Netware uchun muhim emas, shuning uchun ham buni faqat
    sertifikatsiyalangan serverlarning tor doirasida ishlatiladi. Albatta kо‘protsessorli 
    ishlov berishni Windows NT yoki UNIX uchun qо‘llash qulay, ya’ni shuni
    ta’kidlash mumkinki, UNIX ning kо‘p versiyalari, о‘nlab protsessorli serverlarda
    a’lo darajada ishlaydi, ularning masshtablashtirilganli Windows NT ga nisbatan 
    yuqori. UNIX asosidagi klaster tizimlari ham о‘zlarini yaxshi kо‘rsatganlar, 
    ammo bu uchun UNIX ning hamma versiyalari ham yaray bermaydi. Windows NT 
    uchun klaster tizimi tugallangan emas. Netware tо‘liq apparat qat’iylikni 
    ta’minlaydi. (SFT III), Windows NT da bunday о‘xshash imkoniyat yо‘q, (bunday 


    =-88-= 
    xususiyat individual bо‘lib, apparat ta’minotga bog‘liq bо‘lsa ham) Buzilishlarga 
    qat’iylik uchun namuna albatta – meynfreymlardir. 

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 1,16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. Tarmoq operatsion tizimlari. Zamonaviy operatsion

    Download 1,16 Mb.
    Pdf ko'rish